Sizga bu nima uchun kerak aniqlashtirib oling
Sog’lom turmush tarziga rioya qilish siz o’ylaganchalik oson ish emas. Chunki sog’lomlik bu ko’p narsalarga bog’liq: genetika, kun tartibi, ovqatlanish tartibi, atrof-muhit. Bizlar genetikadan tashqari qolganlariga o’z ta’sirimizni o’tkazishga qodirmiz.
Nima uchun ozmoqchisiz avval oydinlashtirib oling. Хohlagan kiyimlaringiz yarashmayaptimi yoki o’zingizga bo’lgan ishonchsizlikdan charchadingizmi? Semizlikdan nafas olishga ham qiynaliyapsizmi? Oynaga qarashdan uyalasiz va bunga barham bermoqchimisiz?
Quyidagi 3 ta savolga javob berib ko’ring:
Bunga amal qilmasam nima bo’ladi?
Buni qilmasam nimani yo’qotaman?
Buni qilmasam nimaga ega bo’laman?
Do'stlaringiz bilan baham: |