Sizning o’lim haqidagi firlaringiz yo’riqnoma


Download 7.13 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi7.13 Kb.
#1550940
Bog'liq
Суицидни аниқлаш натижаси 2


  1. SIZNING O’LIM HAQIDAGI FIRLARINGIZ

Yo’riqnoma: Sizning yoningizda o’lim ma’nosini anglatuvchi figura bor. Bu rasm tugatilmagan, sizning vazifangiz bu rasmni ohiragacha tugatish hisoblanadi. Rasmni ohirigacha chizing va tugating.
1. Agar siz rasmni davom ettirishni istasangiz, demak siz o’lim haqida o’ylamar ekansiz, ya’ni sizda o’lim to’g’risida chuqur fikrlar shakllanmagan. Siz salbiy fikrlarga berilmaysiz. Siz baxtli hayot kechirishni, hayotning yorqin tomonida bo’lishni afzal ko’rasiz.
2. Agar siz rasmni sinchikovlik bilan chizib yakunlasangiz va bu rasmda hassali yoki o’roqli kampir, oq surpdagi ayol yoki shunga o’xshash obralar chizadigan bo’lsangiz demak sizning o’lim haqida tasavvurlaringiz shunday: siz o’limdan qo’rqmaysiz, siz hayot shunday tuzilgan ekanligini, o’lim bu hayotning bir qismi ekanligini hamda barcha mavjudotlar bir kun kelib o’lishiga ishonasiz. Sizning o’lim haqidagi tasavvurlaringiz sog’lom hamda to’g’ri hisoblanadi.
3. Agar siz quyidagi rasmni to’liq bo’ysangiz va bunda sharpa bo’lsa yoki unga uzun o’roq yoki shunga o’xshash detalni orqasidan yoki yonidan chizgan bo’lsangiz, demak sizning o’limga bo’lgan munosabatingiz og’riqli va nafratli hisoblanadi. Ya’ni siz sizga bo’lgan qadrli insonlarni yo’qotgansiz va bunda o’limni ayblaysiz va undan qo’rqasiz shuning uchun ham o’limdan nafratlanasiz.
4. Agar siz berilgan rasmni g’alati qilib chizsangiz va bu rasmda g’alati antiqa elementlar bo’lsa demak sizda o’lim haqidagi fikrlar quyidagicha: Siz o’limga qiziqasiz va o’lim siz uchun sirli va ajabtovur hodisa. Siz o’zingizga “O’limdan keyin hayot mavjudmi?” Bu qiziq savolga javob topish uchun har doim izlanishdasiz. Siz bu izlanishlarga berilib ketmasligingiz kerak.
5. Agar siz ramsning fonini aniq va batafsil chizgan bo’lsangiz demak siz o’lim haqida ko’proq o’ylaysiz, agar siz asosiy shakldan ko’ra fonni yorinroq tasvirlagan bo’lsangiz demak siz salbiy fikrlarga bog’lanib qolgansiz, va negativ ustanovkalarga tayanasiz, siz uchun hayot ayanchli va shavqatsiz hisoblanadi.
6. Agar siz berilgan shakldan tashqari boshqa figuralarni tasvirlagan bo’lsangiz masalan shakl ustida oy yoki biror joyni tasvirlagan bo’lsangiz demak sizda yaratuvchilik qobiliyati mavjud va siz uchun shu mavzu yuzasidan odamlar bilan suhbatlashish yoqadi ya’ni bunda siz ularning fikrlari xilma xilligini eshitishni istaysiz. Siz o’limdan qo’rqmaysiz va uni to’g’ri qabul qilasiz.
Download 7.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling