Sizningcha, adabiy til me’yorlariga amal qilish ixtiyoriy ish bo’lishi mumkinmi


Download 27.48 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi27.48 Kb.
#184297
Bog'liq
aziz yoymkdan


1 Kazus

O‘zbek tili bayrami arafasidagi tadbirlarning birida notiqlardan biri savdo muassasalarda narxnomalarning o‘zbek tilida yuritilamayotganiga, shu orqali “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni talablari buzilayotganiga e’tibor qaratishni so‘raydi. Biroq ushbu tadbirda ishtirok etayotgan huquqshunos tadbirkorlarning qaysi tilda ish yuritishi uning xohishi ekanligini, uni davlat tilida ish yuritishga majburlash huquqlari buzishga urinish ekanligini bildirdi.



Sizningcha, adabiy til me’yorlariga amal qilish ixtiyoriy ish bo’lishi mumkinmi? O’zbek tilining davlat tili sifatidagi obro’sini mustahkamlash uchun qanday chora tadbirlarni amalga oshirishga ko’proq e’tibor qaratish kerak deb o‘ylaysiz?

Har bir davlat o‘z davlat tiliga ega. To‘gri,ba'zi bir davlatlarta davlat tili o‘z ona tili etib belgilanmagan.Bunga sabab ko‘pchilgimizga ma'lumki,tarixda XIX asr oxirlarida Yevropaning eng oldi davlatlarining yuritgan mustamlakachilik siyosatidir va mana shu siyosati ko‘p vaqt hukmronlik qilgani uchun xalqqa mustamlaka davlat tili zo‘ravonlik yo‘li bilan o‘tkazilgan. Endi tilning davlatgi o‘rniga kelsak, til davlat tomonidan qonun bilan himoyalanadi. Til davlat bayrog‘i, davlat gerbi , davlat madhiyasi singari davlat ramzlari qatoriga bemalol qo‘shiladi. Xususan ,bizning til o‘zbek tilining ham o‘rni yuqorida aytib o‘tganimizdek yuqoridir. O‘zbekistonda o‘zbek tili davlat tili maqomiga kelishi ,uning mustaqillikka erishishidan ham oldin qabul qilingan. O‘sha paytlarda , birinchi prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov davlat mustaqilligi fundamentini qo‘ygan . O‘zbekistonda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi 1989- yil 21-oktabrda berilgan . O‘zbekitonda davlat tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonun hujjati asosida faoliyat yuritadi. Ushbu qonunning 3-moddasida “O‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonunlar bilan belgilab beriladi.Tilning Qoraqalpog‘iston Respublikasida amal qilishiga bog‘liq masalalar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi.Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog‘liq udumlarni ado etishda qo‘llanishini tartibga solmaydi.Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar”1 Davlatimiz rahbarining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni millat tarixida tarixiy hodisa bo‘ldi desak, yanglishmaymiz. Chunki mazkur farmon asosida uzoq yillar yig‘ilib qolgan muammolar yechimini topyapti, har yili oktabr oyida mutaxassislar tomonidan kuyinchaklik bilan aytilib, so‘ngra qog‘ozlarda qolib ketgan takliflar, tavsiyalarning hukumat doirasida e’tiborga olinishi o‘chib borayotgan umid uchqunlarini yana yondirdi. Prezidentimiz tomonidan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyini oshirish bo‘yicha qator vazifalarning qo‘yilishi tilimizga bo‘lgan hurmatning yuksak namunasidir.Tilimizga davlat miqyosida maxsus farmon asosida e’tibor qaratilayotgan ekan, uning jamiyatdagi nufuzi, o‘rni, obro‘sini oshirish, huquqiy maqomini belgilash, tom ma’nodagi davlat tili darajasiga olib chiqish uchun nima qilish kerak? Ya’ni davlat tili muhofazasi qanday bo‘lishi lozim, degan masala ko‘pchilikni o‘ylantirishi, tabiiy. Buning uchun esa, birinchi navbatda, tilimizni har tomonlama mukammal ishlangan qonun vositasida himoyalab qo‘yishimiz kerak bo‘ladi.Ma’lumki, qonun — inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtayi nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi . Demak, tilimizning mavqeyi, martabasi qonun orqali himoyalanishi kerak. Shu sababli 30 yil avval qabul qilingan qonunni qayta ko‘rib chiqish, mukammal bir hujjat sifatida qabul qilish kun tartibidagi asosiy masa­lalardan biridir.1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonuni o‘z davrida buyuk hodisa bo‘lganligi e’tirof etilgan. Lekin Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “...bundan o‘ttiz yil muqaddam qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi qonunni bugungi kun talablari nuqtayi nazaridan har tomonlama chuqur tahlil qilib, takomillashtirish zarurati sezilmoqda” (2019-yil 21-oktabr­dagi o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda so‘zlagan nutqidan).Qonundagi noaniqliklar, kamchiliklar, tahrirga muhtojligi, yangi moddalar kiri­tish zarurligi xususida radio, televide­niye, matbuot orqali mutaxassislar tomonidan ko‘plab fikrlar, takliflar aytildi va aytilmoqda ham. Jumladan, mutaxassis M.Niyazmatov o‘zining “Davlat tili to‘g‘risidagi qonun tahrirga muhtojmi?” nomli maqolasida qonunning munozara talab moddalari xususida to‘xtalib, ularga aniqlik kiritish lozimligini aytadi. R.Jabborovning “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to‘ldi. Shu o‘tgan davr ichida nima o‘zgardi? Nimani o‘zgartirish kerak?” maqolasida shunday fikrlar bor: “Qonunni o‘qib chiqar ekanmiz, u o‘ta ehtiyotkorlik, muloyimlik bilan tuzilgani, ochig‘ini aytganda, qonundan ko‘ra ko‘proq tavsiyanomaga o‘xshashini ang­laymiz. Unda imkon darajasida o‘zbek tili­ning mavqeyini boshqa tillardan oshirib yubormaslikka harakat qilingandek tuyuladi. Qonun bilan yaxshi tanis hib chiqqan, boshqa tilda so‘zlaydigan yoki boshqa millatga mansub fuqarolar “davlat tilini o‘rgansak ham, o‘rganmasak ham bo‘laverar ekan” degan xulosaga bormasli­giga hech kim kafolat bermaydi. Davlat tilidagi qonunni buzish, davlat tiliga hurmatsizlikning huquqiy oqibatlari qonunda aniq ko‘rsatib berilmagan

Rasmiy hujjatlarni davlat tilida yuritish to'g'risidagi qonun loyihasi qizg'in muhokamalarga sabab bo'ldi. Qonun loyihasining o'zi e'lon qilingan. Konstitutsiyaning 9-moddasiga binoan "hukumat va idoralarda ish davlat tilida olib boriladi2" deb aniq ko'rsatilgan. Davlat tilini tartibga solish bilan bog'liq masalalar davlat ichki siyosatining mutlaq vakolati hisoblanadi va aralashuvni qabul qilmaydi. Ayni paytda, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova o'tgan hafta ushbu qonun tarafdorlari "aniq ozchilikni tashkil etishini" aytdi. 1995 yilda O'zbekistonda o'zbek tili rasmiy davlat tili sifatida qabul qilingan. Ushbu qaror mamlakat kelajagi uchun muhim voqea bo'ldi. Bu mamlakat uchun individual shaxsni yaratish va yaratish uchun qilingan. O'zbekiston aholisining 88 foizga yaqini o'zbeklardir. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Zaxarovaning bayonotiga o'z javobini e'lon qildi. Bayonotga ko'ra, respublikada mamlakat hududida yashovchi millatlar va millatlarning tillariga hurmat qonuniy ravishda o'rnatiladi. Qonun ona tilini, xususan, ta'lim sohasida, davlat organlariga kirishda, yuridik va boshqa ma'lumotlarga ega bo'lishida, shuningdek biznes aylanmasida to'siqsiz o'rganish va foydalanish imkoniyatlarini kafolatlaydi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, O'zbekistonda yashovchi boshqa millat ahvolidan xavotirlanish uchun hech qanday asos yo'q. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish bilan bog'liq masalalarni muhokama qilishda xolislik, xolislik va hurmatga umid bildirmoqda.

Yuqorida ro‘y bergan vaziyatda davlat tilining savdo muassasalarda narxnomalarning o‘zbek tilida yuritilamayotganiga, shu orqali “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni talablari buzilayotganiga e’tibor qaratishni so‘raydi. Biz ko‘pchiligimiz ko‘chalarda ko‘p ahamiyat beramizki,savdo do‘konlarida , dorixonalarda ko‘pincha chet el tillarida yoziladi.Masalan “скидка” , “распродажа” , “оптом” kabi so‘zlarni ko‘p duch kelganmiz.Ushbu so‘zlar xalq ongiga singib bo‘lgan. Biz bularni endi xalqimiz ongida sug‘irib ololmaymiz.Yana ba’zi bir savdo do‘konlarida savdo do‘konlarinig nomlanishida katta imloviy xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Bu davlat tili behurmatsizlik,past nazar bilan qarashdir va davlat tiliga bo‘lgan munosabat. “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonunning 7-modda.”Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi”3.Ushbu qonunning24-modda.”O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o‘zaro muomala, tarbiya va ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar4”. Balki uni yosh avlodga ta’sir o‘tkazishdan ya’ni bizga ta’sir etishini oldin olishimiz kerak.Bunday holatlarni biz davlat tilini mensimaslik deb aytishimiz mumkin.Lekin “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Tili haqida”gi Qonunning 20-moddasida.”Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin”.5 Mazkur fikrlar huquqshunos tadbirkorlarning qaysi tilda ish yuritishi uning xohishi ekanligini, uni davlat tilida ish yuritishga majburlash huquqlari buzishga urinish ekanligini aytib o‘tdi. Bu tortishuvda ikkala huquqshunosning fikrlari to‘g‘ridir.

Xulosa


Yuqorida bo‘lgan bahsda ikkala huquqshunos ham davlat tilini qonun va imkoniyatlarini keltirib o‘tdi.Ikkala huquqshunosning bildirgan fikrlari to‘g‘ri deb bilishimiz mumkin.Men ushbu mantiqiy savolni yechish paytida davlat tilini davlat masalasiga ko‘tarilgan masala ekanligini , davlat tilini yanada rivojlantirish yo‘llarini izlashni, dunyo miqyosida yuqori o‘rinlarga olib chiqish imkoniyatlarini topishni va davlat tiliga behurmatsizlik bilan qarash qonunda belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilishini bilib oldim . O‘zbek tilini yuksak marralarga olib chiqish biz yoshlarning qo‘lidadir. Zero, O‘zbekiston- buguni buyuk davlatdir!

1 “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonun 3-moddasi

2 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 9-moddasi. ‘

3 O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonun

4“ O‘zbekiston Respublikasi davlat tili haqida “

5 “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonun 20-moddasi.

Download 27.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling