Ma’lumotlarni uzatish bayonnomalari
Modemlarda ma’lumotlarni uzatish va ularni o’zgartirish qabul qilingan bayonnomalarga mos ravishda bajariladi.
Ma’lumotlarni uzatish bayonnomasi — bu ma’lumotlar shaklini va ularning aloqa kanalida uzatish jarayonlarini reglamentlovchi (tartiblovchi) qoidalar to’plamidir. Bayonnomada, xususan, quyidagilar ko’rsatilishi mumkin: ma’lumotlar qanday tasvirlanadi, ma’lumotlarni uzatishni tezlashtirish va himoya qilish maqsadida qanday modulyaciya turi tanlanadi, kanal bilan ulanish, kanalda amaldagi shovqinlarni bartaraf еtish va ma’lumotlarni uzatishning ishonchliligini ta’minlash qanday bajariladi.
Standart odatda o’z ichiga bayonnomalar to’plamini oladi, kam hollarda bitta bayonnomani oladi.
Modemlar uchun ma’lumotlarni uzatish bayonnomalari soxasidagi rasniy qonunchi telegraf va telefoniya bo’yicha Xalqaro maslaxat kengashidir — TTXMK (ko’pincha adabiyotda uning francuzcha abbreviaturasi — CCITT uchraydi). Bu kengash yaqinda telekommunikaciya Xalqaro instituti deb qayta nomlangan (GSH — International Telecommunikation Union).
Do'stlaringiz bilan baham: |