Slayd muharriri


Download 0.52 Mb.
bet2/2
Sana04.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1078397
1   2
Bog'liq
UMUMIY PSIHOLOGIYA

Xotira mexanizmlari
Hozirgi kunda xotira mexanizmlari haqida juda ko`plab nazariyalar mavjud. Ularning barchasini bir necha guruhlarga birlashtirish mumkin.
Birinchi guruh nazariyalar - psixologik nazariyalar, ikkinchisi - neyrofiziologik nazariyalar. Ularga keyingi yillarda yangi nazariyalar, uchinchi yo`nalish - bioximik yo`nalishdagi nazariyalar qo`shilmoqda.
Barcha nazariyalar orasida eng oldin paydo bo`lib rivojlangan nazariyalarga psixologik nazariyalar kiradi. Bu nazariyalar xotira jarayonlarini tarkib toptirishda sub`ektning faolligiga qanday o`rin berilganligiga, sub`ekt faolligining o`ziga qanday qaralganligiga bog`liq ravishda klassifikatsiya qilinadi. Shunday oqimlardan biriga assosiativ nazariya kiradi.
Assosiativ nazariyaning asosiy tushunchasi assosiatsiya tushunchasidir. Assosiatsiya - aloqa bog`lanish degan ma`noni bildiradi va hamma psixik hodisalarni tushuntiruvchi universal mexanizm sifatida qaraladi. Ularning fikricha, agar ma`lum psixik hodisalar inson ongida ayni bir vaqtning o`zida bir-biridan ketma-ket hosil bo`lgan bo`lsa, ular o`rtasida assosiativ aloqa hosil bo`ladi. Agar shu assosiativ aloqaning biron-bir elementi qayta ta`sir qilsa yoki qayta nomoyon bo`lsa, ongimizda assosiativ aloqaning barcha elementlarini qayta tiklashga olib keladi.
Xotira turlari haqida ma’lumotga ega bo‘ling
Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo‘qolib ketmaydi, balki ma’lum darajada esda olib qolinadi, ya’ni esimizda saqlanib qoladi va qulay fursat yoki kerak bo‘lganda esimizga tushadi.
Shuningdek, kechirilgan tuyg‘u, fikr va qilingan ish-harakatlarimiz ham esimizda saqlanib qoladi va keyinchalik esimizga tushadi. Buni har kim o‘z tajribasidan yaxshi biladi. Kundalik tajribamiz shuni ko‘rsatadiki, esda qolgan narsalar har doim ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unutish ham xotiraga oid hodisadir. Kundalik tajribamiz shuni ko‘rsatadiki, esda qolgan narsalar har doim ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unutish ham xotiraga oid hodisadir.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling