Slyudalar


Download 41 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi41 Kb.
#1488838
Bog'liq
Slyudalar

Slyudalar

REJA:

  1. Jins hosil qiluvchi minerallar

  2. Muhim foydali qazilmalar


Slyudalar — jins hosil qiluvchi minerallar (alyumosilikatlar) guruhi; qatqatsimon silikatlar kichik sinfiga mansub, murakkab va bekaror tarkibli: R,, R23 [AlSi3OJ (OH,F)2, bunda R,=K, Na; R2, = Al, Mg, Fe, Li. Bu guruh keng tarqalgan intruziv, metamorfik va choʻkindi togʻ jinslarining jins hosil qiluvchi minerallaridan boʻlib, muhim foydali qazilma hisoblanadi. Yer poʻstidagi umumiy miqdori 3,8%ga yetadi. S. monoklin (soxta trigonal) singoniyada kristallanadi. Tabiatda turli otqindi va metamorflashgan togʻ jinslari orasida, yirik kristallari pegmatitlarda, baʼzan yuqori va oʻrtacha trlarda yuzaga kelgan volfram, molibden va boshqa foydali qazilmalarning gidrotermal konlarida uchraydi. S. yopishkrkligi va egiluvchanligi tufayli shaklini tez oʻzgartiradi, yengil jilolanadi. S. guruhiga kiradigan minerallarning kimyoviy tarkibi oʻzgaruvchan. Bir xil kationlarning boshqa bir kationlar bilan almashinish hollari juda koʻp uchraydi. Kimyoviy tarkibiga koʻra, S. quyidagi turlarga boʻlinadi: alyuminiyli S. — muskovit, paragonit; magnezial temirtoshli S. —flogopit, biotit, lepidomelan; litiyli S. — lipidolit, sinnvaldit, tayniolit; shuningdek, vanadiy l i S. — roskoelit; xromli S. — xromli muskovit yoki fuksit va boshqalar. S. tarkibida koʻpincha kamyob elementlar (Be, V, Sn, Nb, Ta, Ti, Mo, W, U, Th, Y, TR, Bi) boʻladi. Mineralning qatqatsimon koʻrinishi, juda yupqa, egiluvchan va mustahkamligini saqlab qoluvchi qatlarga boʻlinishi S.ning paketlararo aloqasining kuchsizligi bilan bogʻliq. Qattiqligi 2,5—3; zichligi 2,8 g/sm³ (muskovit), 3,3 g/sm³ (biotit), 2,2 g/sm³ (flogopit). Muskovit va flogopit rangsiz, yupqa qatlamlari shaffof; kuchsiz qoʻngʻir, binafsha, yashil tuslari Fe2+, Mn2+, Sg2+ va boshqa birikmalar bilan bogʻliq. Temirli S.ning qoʻngʻir, jigarrang , toʻq yashil va kora boʻlishi tarkibidagi Fe2+, Fe3+, Sg2+va boshqa nisbatiga bogʻliq. S. elektrotexnika sanoatida izolyator sifatida qamda slyuda kukuni, oʻtga chidamli materiallar, gulqogʻozlar, slyudali karton, issiqqa chidamli boʻyoq, har xil keramik mahsulotlar tayyorlashda ishlatiladi. S. konlari xorijda RF (Irkuts viloyati, Kareliya, Murmansk viloyati, Kola ya.o., Saxa), Hindiston, Braziliya, AQSH va Kanadada mavjud.
SLYUDALAR - jins hosil qiluvchi minerallar ( alyumosilikatlar ) guruhi; qatqatsimon silikatlar kichik sinfiga mansub, murakkab va bekaror tarkibli: R ,, R23 [AlSi3OJ (OH, F) 2, bunda R, = K, Na; R2, = Al, Mg, Fe, Li. Bu guruh Keng tarqalgan intruziv, metamorfik va cho'kindi tog'jinslarining Jins hosil qiluvchi minerallaridan bo'lib, muhim foydali qazilma hisoblanadi. Yer po'stidagi umumiy mikdori 3,8% ga yetadi. Slyudalar monoklin (soxta trigonal) singoniyada kristallanadi. Tabiatda turli otqindi va metamorflashgan tog'jinslari orasida, yirik kristallari pegmatitlarda, baʼzan yuqori va o'rtacha trlarda kelgan volframmolibdenva b. foydali qazilmalarning gidrotermal konlarida mavjud. Slyudalar yashashi va egiluvchanligi tufayli shaklini tez o'zgartiradi, yengil jilolanadi. Slyuda guruhiga kiradigan minerallarning tarkibi o'zgaruvchan. Bir xil kationlarning boshqa bir kationlar bilan almashinish hollari juda ko'p bor. Kimyoviy tarkibiga koʻra, Slyudalar turlarga boʻlinadi: alyuminiyli Slyudalar - muskovit, paragonit ; magnezial temirtoshli Slyudalar - flogopit, biotit,lepidomelan ; litiyli Slyudalar - lipidolit, sinnvaldit, tayniolit; haqida, vanadiy li S. - roskoelit; xromli Slyudalar - xromli muskovit yoki fuksit va boshqalar.Slyudalar tarkibida ko'pincha kamyob moddalar (Be, V, Sn, Nb, Ta, Ti, Mo, W, U, Th, Y, TR, Bi) bo'ladi. Mineralning qatqatsimon ko'rinishi, juda yupqa, egiluvchan va mustahkamligini saqlab qoluvchi qatlarga bo'linishi Slyudalarning paketlararo aloqasining kuchsizligi bilan bog'liq. Qattiqligi 2,5-3; zichligi 2,8 g / sm3 (muskovit), 3,3 g / sm3 ( biotit ), 2,2 g / sm3 ( flogopit ). Muskovit va flogopit rangsiz, yupqa qatlamlari shaffof; kuchsiz qo'ng'ir, binafsha, yashil tuslari Fe2 +, Mn2 +, Sg2 + va b. birikmalar bilan bog'liq. Temirli Slyudalarning qo'ng'ir, olinadi, to'q yashil va kora bo'lishi tarkibidagi Fe2 +, Fe3 +, Sg2 + va b. nisbatiga bog'liq. Slyudalar elektrotexnika sanoatida izolyator sifatida qamda slyuda kukuni, o'tga ishlab materiallar, gulqog'ozlar, slyudali karton, issiqqa tayyor bo'yoq, har xil keramik mahsulotlar tayyorlati Slyudalar konlari xorijda RF (Irkuts viloyati, Kareliya, Murmansk viloyati, Kola ya. O., Saxa), Hindiston , Braziliya, AQSH va Kanadada mavjud.


Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling