Sm masofada bo’ladigan juda ko’p boshqa fizik xossalarini o’rganuvchi murakkab ko’p tarmoqli fandir


Download 25.46 Kb.
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi25.46 Kb.
#1470371
  1   2   3   4
Bog'liq
1. Kirish.Yadro tuzilishi.


KIRISH
Atom yadrosi fizikasi, yadroni ichki tuzilishini uni tashkil etuvchi zarralarning o’zaro ta’sirlashuvini, zarralarni bir – biriga aylanishini, turg’un va radioaktiv yadrolarni 10-12 – 10-13 sm masofada bo’ladigan juda ko’p boshqa fizik xossalarini o’rganuvchi murakkab ko’p tarmoqli fandir. Fizika fanining boshqa sohalariga qaraganda yosh va eng jadal sur’atda rivojlangan yadro fizikasi fani insoniyat hayotida, fan va texnikaning rivojlanishida juda muhim ahamiyatga ega bo’lib kelmoqda. Hozirgi kunda yadro fizikasining har bir tarmog’i o’z navbatida tarmoqlarga ega bo’lgan mustaqil fan sifatida o’rganilib, rivojlantirilib kelmoqda. Bularga yadro modellari, yadro reaksiyalari, radioaktivlik va yadro nurlanishlarini moddalar bilan ta’sirlashuvi, yadro elektronikasi, yadro energetikasi, og’ir ionlar fizikasi va o’ta og’ir elementlarni sintez qilish, kosmik nurlar fizikasi, elementar zarralar va ularning strukturasi kabi o’nlab sohalarni kiritish mumkin. Ushbu ma’ruza matni yadro fizkasi fanini o’rganishda qo’llanma bo’lib emas, balki yo’l ko’rsatuvchi qisqacha dastur bo’lib xizmat qilishi mumkin. Matnda keltirilgan adabiyotlardan samarali foydalanish, o’z ustida ko’proq ishlash va boshqa qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish natijasidagina talaba yadro fizikasi fani bo’yicha yetarlicha tushuncha va bilimga ega bo’la oladi. O’zaro kuchli ta’sirlashuvchi neytronlar va protonlardan iborat sferik yoki deformatsiyalangan yadrolarni xususiyatlarini o’rganishda turli yadro modellaridan foydalaniladi. Og’ir ionlarni tezlatuvchi tezlatgichlarning barpo qilinishi yadro reaksiyalari sohasida yangi davrni ochib berdi. Hozirgi kunda og’ir ionlar fizikasi, og’ir ionlar bilan bo’ladigan yadro reaksiyalari va tabiatda mavjud bo’lmagan o’ta og’ir elementlarni sun’iy sitez qilish jadal sur’atda rivojlanmoqda. Yerdagi asosiy energiya manbai bo’lgan quyosh energiyasi quyoshda kechadigan termoyadro reaksiyalari natijasida hosil bo’ladi. Yadro tuzulishi qonuniyatlarini va yadro kuchlarini o’rganish astrofizika fanida ham muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi zamon nazariy yadro fizikasi oldidagi eng asosiy vazifa yadro kuchlarini tugallangan nazariyasini yaratishdir. Bu masalani hal qilinishi elementar zarralar fizikasi uchun dolzarb muammo hisoblanadi.


Download 25.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling