Smart mobil qurilmalar hamda ular bilan ishlash usul va vositalari


Download 163.6 Kb.
Sana29.04.2023
Hajmi163.6 Kb.
#1400121
Bog'liq
Smart mobil qurilmalar hamda ular bilan ishlash usul va vositalari


Smart mobil qurilmalar hamda ular bilan ishlash usul va vositalari.
Mobil aloqa muhiti – tayanch stansiyalar va bir guruh abonentlar tizimidan iborat bo’lib, abonentlarning bir-birlari bilan o’zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi texnik-dasturiy vositalar majmuasidir. Mobil aloqa xizmati operatorlari – abonentlar (mijozlar) uchun mobil aloqa xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotdir. Operatorlar vazifasiga radio chastotadan foydalanish va xizmat ko’rsatish uchun kerakli hujjatlarni olish;  o’zining mobil tarmog’ini tashkil qilish;  foydalanish;  xizmat shartlarini ishlab chiqarish;  xizmat to’lovlarini yig’ish va texnik xizmat ko’rsatish kiradi. Hozirgi paytda O’zbekiston hududida 5 ta mobil aloqa operatori xizmat ko’rsatmoqda, ular - UMS, Bilayn, Ucell, Perfektum Mobayl, O’zbektelekom Mobayl. Ushbu 5 ta mobil operator tomonidan bugungi kunda mobil so’zlashuv, SMS, MMS, GPRS, Internet va boshqa turli xizmatlar ko’rsatilmoqda. Hozirgi kunda mobil telefonlarning va boshqa mobil aloqa vositalarining shunday turlari ishlab chiqarilmoqda, ular funksional vazifalari jihatidan shaxsiy kompyuterdan qolishmaydi.

Bunday mobil aloqa vositalari yordamida  hujjatlar bilan ishlash,  musiqa tinglash,  videoklip tomosha qilish,  o’yinlar o’ynash,  hatto radioeshittirish va televideniyedan ham bahramand bo’lish mumkin. Foydalanishda esa hajmi kichikligi va bejirimligi tufayli kompyuterdan ancha afzaldir. Ularning ba’zi turlarini ko’rib chiqaylik: Smartfon (smartphone) inglizchadan «aqlli telefon» ma’nosini anglatadi. Funksionalligi jihatidan cho’ntak shaxsiy kompyuteriga yaqin bo’lgan mobil telefon.


Unda cho’ntak kompyuterining barcha imkoniyatlari mujassam topgan. iPhone - to’rt diapazonli multimediyali smartfonlar. iPhone o’zida, telefonning asosiy vazifalaridan tashqari, kommunikator va Internet planshetlarning asosiy vazifa(funksiya)larini ham qamrab olgan. Internet planshetlar – bu maxsus mobil qurilma bo’lib, shaxsiy kompyuterning klassik namunasidir. Planshetlar (masalan: iPad) tashqi ko’rinish jihatidan kompyuterdan butunlay farq qiladi. Planshetlar faqatgina ekrandan tashkil topgan bo’lib, boshqa qo’shimcha qurilmalar (sichqoncha, klaviatura) virtual ko’rinishda tashkil etilgan. Planshetlar to’liqligicha mobil aloqa muhiti orqali Internet xizmatlaridan foydalanishga va hujjatlar bilan ishlashga ixtisoslashgan. Kompyuter dasturiy ta’minoti Kompyuterning dasturiy ta’minoti tarkibi uning muhim funksional tavsifi hisoblanadi. Dasturiy ta’minot (DT) – bu doimiy qo’llaniladigan dasturlar to’plami bo’lib, ular foydalanuvchining masalalarini yechish, hisoblash texnikasini eng samarali ishlatish, foydalanuvchilarga ishlashda eng ko’p qulaylik yaratish uchun zarur hamda masalalar va ma’lumotlarni qayta ishlashni dasturlashda eng kam mehnat sarflashni ta’minlaydi. Dastur ta’minot tarkibiga quyidagilar kiradi:  tizimli (Bazoviy) DT;  amaliy DT;  uskunaviy DT. 17 Tizimli dasturiy ta’minot(TDT) axborotni qayta ishlovchi dasturlarni yaratish samaradorligini oshirish va ularni qo’llash hamda foydalanuvchilarga kompyuter resurslari bilan ishlash bo’yicha ma’lum xizmatlarni taklif etish uchun mo’ljallangandir. U quyidagilarni o’z ichiga oladi:  Operatsion tizim(OT) - TDT ning doimiy qismi bo’lib, u kompyuterning turli rejimlarda samarali ishlashini ta’minlaydi, dasturning bajarilishini hamda foydalanuvchi va kompyuter tashqi qurilmalarining o’zaro muloqot ishini tashkil etadi.  Servisli dasturlar – ular foydalanuvchiga va uning dasturlariga qo’shimcha xizmatlar to’plamini taklif etib, OT ning imkoniyatlarini kengaytiradi.  Texnik xizmat ko’rsatish tizimi, u diagnostika, jihozlarni tiklash va kompyuterni nuqsonlarini bartaraf etish, shu bilan birga uning yanada yuqoriroq ishonchliligini oshirish va axborotlarni o’zgartirish jarayonlarning bajarilishini ta’minlaydi. Boshqa tizimli dasturlar  Drayverlarning asosiy vazifalari: operatsion sistemaning kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarish bo’yicha imkoniyatlarini kengaytiradi.  Ixchamlovchi dasturlarning asosiy vazifasi: disklarda axborotlarni ixcham (kichik hajmda) nusxalarini hosil qilib beradi, bir nechta fayllar nusxalarini bitta arxiv fayliga biriktiradi.  Antivirus dasturlarining asosiy vazifasi: kompyuter virusi yuqishining oldini olish, tezkor xotira va disklardagi viruslarni topish va davolash.  Qobiq dasturlar - asosiy vazifasi: operatsion sistema bilan foydalanuvchi orasidagi muloqatni engillashtirib beradi. Instrumental (vositali-uskunaviy) dasturiy ta’minot - yangi dasturlarni yaratishga mo’ljallangan dasturiy vositalarni samarali ishlab chiqish va sozlash uchun mo’ljallangan. Amaliy dasturiy ta’minot(ADT) foydalanuvchining aniq bir muammoli masalani yoki shunday masalalar sinfini yechish uchun mo’ljallangan. Amaliy dasturiy ta’minot (ADT - dasturli ilova) o’z tarkibiga foydalanuvchining aniq bir muammo sohasida ishlatishga mo’ljallangan amaliy dasturlar paketini o’z ichiga oladi. Ko’pchilik ADT biror interaktiv muhit ko’rinishiga ega bo’lib, undan foydalanayotgan foydalanuvchi, ma’lumotlarni o’zgartirishning aniq bir jarayonlarini bajarishda qulay va oddiy vositalarga ega bo’ladi. Turli amaliy dasturiy paketlar(ADP) mavjud bo’lib, ular quyidagilardir:  matn muharrirlari, matnli protsessorlar va noshirlik tizimlari;  grafika muharrirlari va tadbirkorlik grafikasi vositalari;  katta o’lchamli elektron jadvallar (jadvalli protsessorlar);  telekommunikatsion tizimlarni boshqarish ADP;  ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi;  ma’lumotlarni qidirish tizimlari;  sun’iy intellekt tizimlari, shu jumladan, ekspert tizimlari;  avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlari;  ma’lumotlarni statistik qayta ishlash ADP;  matematik dasturlashtirish ADP (chiziqli, butun sonli va b.);  avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari;  paketlarning bir nechta turini o’zining tarkibiga oladigan integrallashgan ADP
Download 163.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling