Smm haqida umumiy ma’lumot


Download 174.46 Kb.
bet1/2
Sana10.11.2020
Hajmi174.46 Kb.
#143352
  1   2
Bog'liq
8-sinf informatika


1-MAVZU

SMM haqida umumiy ma’lumot



08.11.2017

Internetda pul ishlash

8,410



SMMatamasi Social Media Marketing so’zlarining bosh harfidan tashkil topgan. Bu soha ijtimoiy tarmoqlarda marketing bilan shug’ullanishni anglatadi. Facebook, Odnoklassniki, Telegram va boshqa har qanday ijtimoiy tarmoqda sayt, mahsulot yoki xizmatni ommalashtirishga qaratilgan harakatlar SMMga misol bo’lishi mumkin.

Qaysi sayt ijtimoiy tarmoqlarda qanchalik faol bo’lsa, uning qidiruv natijalarida chiqadigan o’rni ham shunchalik yuqori bo’ladi. Tadqiqotlar natijasida qidiruvdan foydalanayotgan 90% kishi natijalarning birinchi sahifasidan boshqasiga o’tmaydi. 70% holatda esa qidiruvchi natijalarning eng yuqori uchtasini bosib, saytga o’tadi, xolos. Shu sababli saytlar uchun qidiruvning natijalari sahifasining imkon boricha eng yuqori qismidan o’rin olish katta ahamiyatga ega. Qidiruv natijalarida saytlarni ko’tarib beradigan eng katta kuchlardan biri – bu saytning ijtimoiy tarmoqlarda faolligidir.

Har bir saytning ijtimoiy tarmoqlarda sahifasi (guruhi, kanali) bo’lishi shart. Bu sahifa, guruh yoki kanal orqali foydalanuvchilar sayt (tashkilot, kompaniya) bilan jonli muloqotga kirishadi. Kompaniyaga har qancha yaxshi mahsulot tayyorlamasin, sayt har qancha yaxshi xizmatlarni taklif qila olmasin, agar odamlar bilan jonli shaxsiy muloqotga kirisha olmasa, har doim iste’molchilar va kompaniya o’rtasida bo’shliq bo’laveradi. Ijtimoiy tarmoqlarda to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish imkoniyati bilan odamlar kompaniyaga yaqinlashishadi: savol so’rashadi, javob olishadi, taklif yoki shikoyatlarini bildirishadi. Bu esa, o’z navbatida, iste’molchilar va kompaniyalar o’rtasidagi munosabatni iliqlashtirishdan tashqari kompaniya saytining qidiruvda yuqoriroq o’rin egallashiga zamin yaratadi.

SMM bilan qanday shug’ullanish mumkin?

SMM bilan ikki xil usulda shug’ullanish mumkin: 1. Faol tarzda, 2. Sust holatda. Agar SMM bilan faol shug’ullanishni istasangiz, ijtimoiy tarmoqlarning maxsus SMM uchun mo’ljallangan xizmatlarini harid qilishingiz kerak bo’ladi. Bu xizmatlarga o’ziga xos postlar, foydalanuvchi qiziqishlaridan kelib chiqib ko’rsatiladigan reklamalar, tarmoq qidiruvidagi natijalarda tavsiya sifatida ko’rsatilishi va boshqalar kiradi. Xullas, faol SMM chiqimni talab qiladi va ko’proq foydalanuvchiga yetib borish uchun kuchli vositalardan foydalaniladi. Sust holatda SMM bilan shug’ullanishga esa tabiiy tarzda postlar, statuslar, xabarlar yozish orqali foydalanuvchilarga yetib borish misol bo’lishi mumkin. Agar ijtimoiy tarmoq platformasiga pul to’lamasangiz, shunchaki o’zingiz guruh, sahifa yoki kanal ochib uni yuritish orqali foydalanuvchi yig’sangiz, Siz sust holda SMM bilan shug’ullanayotgan bo’lasiz. Albatta, har ikki holatda ham SMM bilan shug’ullanish sayt reytingi uchun yaxshi foyda keltiradi.

Hozirgi vaqtda saytlar SMMga juda muxtoj. Ayniqsa, yangi ochilgan va imkon qadar tezroq foydalanuvchilarga tanilishni istovchi saytlar ko’tarib berilishi uchun pul to’lashga doim tayyor bo’lishadi. SMM mutaxassislari, SEOni yaxshi tushungan tadbirkorlar ham kam.

Nima qilish kerak?

Agar Siz SMM va ijtimoiy tarmoqlarda ommalashtirish tijoratiga qiziqib qolgan bo’lsangiz, bu soha bilan kelajakda yaxshi daromad qilishni istasangiz, Facebook (yoki istalgan boshqa ommabop ijtimoiy tarmoq)da sahifa yoki guruh oching. Bu mutlaqo bepul. Boshlanishiga guruhingizga qiziqarli ma’lumotlar joylang, ko’proq foydalanuvchilarni jalb qiling. Ularning har biri bilan shaxsiy muloqotda bo’lishni ham unutmang. A’zolar 10 mingtadan oshgandan so’ng guruhingiz yoki sahifangizga reklama joylash uchun buyurtma olishni boshlashingiz mumkin. Bundan tashqari, o’zingiz istagan saytni sahifa yoki guruhingizda ommalashtira oladigan bo’lasiz. Eng muhimi, soha bo’yicha ko’proq izlanib, ko’proq o’rganishga va doim rivojlanishga harakat qiling.

O’zingiz yoqtirgan ish bilan daromad ko’rishingiz mumkin SMM sohasi Siz uchun shunday yo’nalishlardan biri bo’lsa ajab emas.

2-MAVZU


Facebook(talaffuzi: feysbuk) — 2004-yilGarvard universitetitalabasi Mark Zuckerbergtomonidan va qoʻshni xonadagi Eduardo Saverin, Dustin Moskovitzva Chris Hughestomonidan asos solingan ijtimoiy tarmoq.

Facebook — dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri. Uni Mark Zukerberg Harvard universitetida oʻqib yurgan kezlarida — oʻquv yurti yotoqxonasidagi hamxonalari — Eduardo Saverin, Dastin Moskovits hamda Kriss Hyuzlar bilan birgalikda 2004-yildayaratishgan. Saytning butun dunyoda ommalashib ketgani bois, Mark Zukerberg 23 yoshida sayyoramizning eng yosh milliarderi deya tan olindi.

Tarixi[tahrir]

Facebookni yaratish fikri Mark Zukerbergga Nyu-Hemshirdagi Philips Exeter Academy maktabida oʻqib yurgan kezlarida keladi. Oʻsha vaqtlarda maktabda har yili oʻquvchilarning rasmi va manzili qayd etilgan qoʻllanma chop etilardi. (Tom maʼnoda „yuz kitobi“, „yuz sahifasi“, „face book“). Harvardga oʻqishga qabul qilingan Zukerberg oliy taʼlim muassasasi maʼmuriytiga analog tarmoq resursini yaratish gʻoyasi bilan chiqadi. Biroq taʼlim muasassasi bu innovatsion gʻoyani baʼzi sabablarga koʻra rad etdi.Zukerber 2003-yilning 28-oktabr kuni, Facemash internet sahifasi uchun kod yozadi va unda Harvard universiteti kompyuter tarmogʻiga kirib koʻchirib olingan, shaxsiy rasmlarni nashr qiladi. Facemashda 450 ta tashrif qayd etiladi va tashrif buyurvchilar Zukerberg tomonidan qoʻyilgan, ikkita rasmni bir biriga qiyoslab, birini tanlash orqali 22 000 marta rasmni koʻrib chiqishadi. Sayt qisqa muddat ichida ommalashib ketadi, biroq Harvard maʼmuriyati tomonidan yopib qoʻyiladi. Zukerbergni esa maʼmuriyat xavfsizlik qoidalarini buzishda, mualliflik huquqini poymol qilishda hamda insonning shaxsiy hayotiga daxl qilganlikda ayblab, oʻqishdan haydashga qaror qiladi. Keyinchalik esa ayblov bekor qilinadi. Zukerber ilk loyihasidayoq hammaning diqqat markaziga tushib qoladi. Facemashda boʻlib oʻtgan loyihani muhokama qilish maqsadida, oʻzining guruhdoshlariga alohida sayt yaratadi.Keyingi semestrdan boshlab, Zukerberg yangi veb-sahifa uchun kod yoza boshlaydi. Unga „Harvard Crimson“da Facemash muajorolari haqida yozilgan maqola ilhom bagʻishladi.Va nihoyat 2004-yilning 4-fevralida Zukerberg Thefacebookni www.thefacebook.com internet manzilida joylashtiradi. Gʻoya Facebook nomini oladi, bu Markning eski maktab davridagi xotiralari bilan bogʻliqdir.

Saytning internetga joylashtirilganiga olti kun boʻlganda, Harvardning yuqori kurs talabalari Kameron Uinklvoss, Tayler Uinklvoss va Divya Narendalar Zukerberg ustidan universitetning „Harvard Crimson“ gazetasiga arz qilishadi. Arzdorlarning fikricha Zukerberg ularga HarvardConnection.com deya nom olinishi kerak boʻlgan saytni yaratishga koʻmak berishini aytgan, biroq Mark ularning maqsadlaridan oʻzining saytini yaratish ustida foydalangan. Tergov ishlari boshlanib ketadi bu hatto, Zukerbergni sudga tortilishigacha borib yetadi.

Ijtimoiy tarmoqqa aʼzo boʻlish Harvard talabalari uchun avvaliga cheklangan boʻlib, cheklov olingandan soʻng undan universitetning yarmidan koʻp talabalari roʻyxatdan oʻtishadi. Tez orada saytning faoliyat yuritishida Zukerbergga yordam uchun, moliyaviy direktor — Eduardo Saverin, dasturchi — Dastin Moskovits, badiiy rassom — Endryu Mak-Kolum va Kris Hyuzlar qoʻshiladi. Avvaliga thefacebookdan faqat Harvard universiteti talabalarigina foydalana olishardi holos. 2004-yilning mart oyidan boshlab Thefacebook Stenford, Yelya va Kolumbiya universitetlarigacha, keyinchalik Ligi Plyusha, Boston, Nyu-York universitetlarida va Massachustet texnologiya institutida, shuningdek AQSHva Kanadaningkoʻpgina oliygohlarida ommalshib ketdi. Saytdan AQSHning har qanday .edu elektron manzil domeni boʻlgan taʼlim muassasasi foydalanish huquqini qoʻlga kiritdi.

2004-yilning iyun oyida Facebook Palo-Alto (Kaliforniya)ga koʻchib oʻtadi. Bu yerlarga kelishdan oldin, Zukerberg va Saverin Manxettandagi Xitoy restoranlaridan birida Shon Parker bilan tanishib qolishadi. Bir necha haftadan soʻng esa ular Shon Parker bilan Palo-Altoda uchrashib qolishadi. 2004-yilning oʻrtalarida Facebook kompaniya sifatida roʻyxatdan oʻtadi va Parker uning birinchi prezidenti lavozimini egallaydi. Oʻsha oyning oʻzida „PayPal“ tizimi asoschisi Piter Til saytga investitsiya kiritadi. Aynan Shon facebook uchun Piter Til va Rid Hoffman kabi investorlarni jalb qilgan. Parkerning investitsiya kiritishdan koʻzlagan maqsadi, Mark uchun direktorlar kengashidagi joriy 5 ta joyni 3 taga kamaytirish boʻlgan. Piter Tilning aytishicha Shon, kompaniyadagi u koʻrgan birinchi potensial inson ekan. „Mark, Shondan zarracha shubhalangan paytlarda, Shon bu shubhalarni darhol bartaraf qilar edi“ deydi Piter Til. Piter Facebookni 2005-yilda tark etadi. Biroq, Zukerber bilan muntazam koʻrishib turadi.2005-yilda kompaniya oʻzining nomidagi „The“ artiklini olib tashlab, facebook.com domenini 200 000 AQSH dollariga sotib oladi. 2006-yilning sentyabr oyidan esa sayt har qanday 13 yoshdan oshgan va elektron manzili boʻlgan foydalanuvchilar uchun saytda roʻyxatdan oʻtishga ruxsat berdi.2007-yilning 26-sentabr kuni MicrosoftFacebook kompaniyasini 15 milliard AQSH dollarigabaholab, 1,6 foiz aksiyasini 240 million AQSH dollariga qoʻlga kiritdi. Bu bilan Microsoft Facebook orqali xalqaro eʼlonlarni chop etish huquqini qoʻlga kiritdi. Bir yil oʻtib oktabr oyida Facebook Dublinda oʻzining xalqaro shtab kvartirasini ochganligini eʼlon qildi. 2009-yiling sentabr oyida saytning sof daromadi eʼlon qilindi. 2010-yilning noyabr oyida esa SecondMarket Inc maʼlumotlariga asoslanib, kompaniya 41 milliard AQSH dollariga baholandi. Bu Facebook AQSHdagi enf yirik internet-kompaniyalari orasida, Googleva Amazondansoʻng uchinchi oʻrinni egallaydi degani. 2011-yilning 2-yanvarida The New York Times gazetasi maʼlumotlariga koʻra Facebook 50 milliard AQSH dollariga baholandi.

Ayni damda (2012-yil 4-oktabr) Facebook foydalanuvchilari 1 milliardan oshib ketgan boʻlib,ular bu saytga kirib roʻyxatdan oʻtgan va unda hech boʻlmaganda bir oyda bir marta yoki muntazam „Like“ tugmalarini bosuvchilardir. 2012-yil mart oyida kuzatilgan natijalarga koʻra saytda bir sutkada 526 million foydalanuvchi muntazam va faol harakat qilgan. Facebookning mobil versiyasidan esa bir oy davomida 500 millionga yaqin inson foydalanadi. Shuningdek, sayt foydalanuvchilari kuniga 3,2 milliard marta „like“ tugmachasini bosishadi, oʻz izohlarini qoldirishadi va 300 million donaga yaqin rasmlar nashr qilishadi. Saytda, ayni vaqtda 125 milliard „doʻstlik munosabatlari“ qayd etilgan. Bu koʻrsatkich 2011-yil 31-dekabrga qadar 100 milliardni tashkil qilar edi. Kompaniyaning 2012-yilning I-kvartalidagi daromadi 1 milliard 58 million AQSH dollarini tashil qildi, bu summa avvalgi kvartalga qaraganda 6,5 foizga kamroqdir. Bundan kelib chiqadi, har bir Facebook foydalanuvchisi kompaniya uchun har kvartalda 1 AQSH dollaridan koʻproq pul ishlab berib, foyda keltirgan. Saytga joylashtirilgan reklamadan tushgan foyda kompaniyaga 872 million AQSH dollarini, ayrim manbalarda esa kamroq, 186 million AQSH dollarini olib kelgan. Facebookga eng koʻp tashrif 2011-yilning oktabr oyida qayd etilgan — 750 million foydalanuvchi. Sahifalar esa 1 trillion marta koʻrilgan.

3-MAVZU


YouTubeVikipediya, ochiq ensiklopediyaJump to navigationJump to search

YouTube





Tijoratmi

Ha

Sayt turi

Videohosting

Roʻyxatdan oʻtish

majburiy emas

Qaysi tillarda

76 til[1]

Egasi

Google

Ochilgan sanasi

14-fevral, 2005

URL

youtube.com

Download 174.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling