Снижение пользовательской комиссии за совершение С2С переводов (card to card – c карты на карту) в мобильном приложении Humans
Download 387.94 Kb. Pdf ko'rish
|
decreased-user-commission-uz
“Humans mobil ilovasida C2C o’tkazmalarini (card to card – kartadan kartaga) amalga oshirganligi uchun foydalanuvchi komissiyasini kamaytirish” Aksiyasining qoidalari (yangi tahrirda). 2023 yil 26 yanvar “Humans mobil ilovasida C2C o’tkazmalarini amalga oshirganlik uchun foydalanuvchi komissiyasini kamaytirish” Aksiyasi Toshkent sh., Mirzo-Ulug’bek tumani, Navnihol ko’chasi, 86-uy manzili bo’yicha joylashgan “Maroqand” MChJ (STIR 305465762) va 100047, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Maxtumquli ko’chasi, 2B-uy manzili bo’yicha joylashgan “Humans” MChJ (STIR 306624856)larning Humans Sodiqlilik dasturi doirasidagi qo’shma aksiyasi hisoblanadi. 1. Aksiya to’g’risida ma’lumot. 1.1. Mazkur Qoidalarning matnida bosh harf bilan yozilgan so’zlar atamalar hisoblanadi. https://terms.upay.uz/oferta/ saytida joylashtirilgan UPAY to’lov xizmatining Ommaviy ofertasida, Humans Sodiqlilik dasturi Qoidalarida, www.humans.uz saytida joylashtirilgan “Humans maxsulot va xizmatlari Vitrinasi” xizmatidan foydalanish Qoidalarida, agarda ushbu Qoidalarda boshqacha qoida ko’zda tutilmagan bo’lsa atamalarning ma’nosi keltirilgan. 1.2. Aksiya ishtirokchilari – Humans mobil ilovasiga bank kartasini ulagan, Qoidalarning 2-bo’limida keltirilgan harakatlarni amalga oshirgan va “Humans maxsulot va xizmatlari Vitrinasi” xizmati foydalanuvchisi bo’lgan mijozlardir. 1.3. Aksiya o’tkaziladigan hudud: O’zbekiston Respublikasi. 1.4. Yangi tahrirdagi Aksiyaning o’tkazilish davri: 26.01.2023 yildan nomuayyan muddatgacha. 1.5. C2C o’tkazma - bu Aksiyaning mazkur Qoidalariga muvufiq Aksiya foydalanuvchisi tomonidan pul mablag’larini boshqa jismoniy shaxsga o’tkazish. 2. Aksiya tavsifi 2.1. Mazkur Qoidalarga rioya qilgan holda 2023 yil 26 yanvardan aksiya ishtirokchilari C2C o’tkazmalarini mijoz komissiyasisiz amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lishadi, bunda Aksiya ishtirokchisining kalendar oy davomidagi C2C o’tkazmalarining umumiy miqdori 5 000 000 (besh million) so’mdan oshmasligi lozim. 2.2. Agarda Aksiya ishtirokchisining kalendar oy davomidagi C2C o’tkazmalarining umumiy miqdori 5 000 000 (besh million) so’mdan oshsa, Aksiya ishtirokchisi Aksiya o’tkaziladigan davr mobaynida C2C o’tkazmalarini amalga oshirsa quyidagi jadvalda keltirilgan miqdorlarda mijoz komissiyasi kamaytiriladi: С2С_o’tkazma Mijoz komissiyasi Uzcard kartasidan Uzcard kartasiga 0,25% Uzcard kartasidan Humo kartasiga 0,25% Humo kartasidan Humo kartasiga 0,00% Humo kartasidan Uzcard kartasiga 0,25% Visa kartasidan Uzcard kartasiga 0,25% Visa kartasidan Humo kartasiga 0,25% Bunda, Jadvalda keltirilgan komissiya faqat Aksiya ishtirokchisi tomonidan kalendar oy davomida C2C o’tkazmalarining umumiy miqdori 5 000 000 (besh million) so’mga yetganidan so’ng C2C o’tkazmalaridan undirib olinadi. 2.3. “Humans maxsulot va xizmatlari Vitrinasi” xizmatidan foydalanishi to’xtatilmagan yoki tugatilmagan amaldagi mijozlar Aksiyada ishtirok etishlari mumkin. 2.4. Aksiya o’tkaziladigan davr mobaynida “Hisobni to’ldirganlik uchun bonus” Aksiyasining shartlari o’zgartiriladi, xususan Humans hisob raqamini to’ldirganlik uchun Bonusni hisoblashda maksimal limit kalendar oy davomida 10 000 (o’n ming so’m) joriy etiladi. Bonus hisoblanishi uchun Humans hisob raqamini to’ldirishning maksimal miqdori kalendar oy davomida 2 000 000 (ikki million) so’m. 2.5. Aksiya o’tkaziladigan davr mobaynida С2С o’tkazmalarini amalga oshirganlik uchun Keshbek hisoblanmaydi. 2.6. Aksiya ishtirokchisi amalga oshirishi mumkin bo’lgan С2С o’tkazmalarining miqdori chegaralanmagan. 3. Yakuniy xuloslar 3.1. Yangi tahrirdagi mazkur Qoidalar Humans saytiga joylashtirilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Humans saytida tegishli xabarni joylashtirgan holda ogohlantirib Humans va UPAY mazkur Qoidalarni bir tomonlama o’zgartirish, Aksiyani uzaytirish yoki bekor qilish huquqiga ega. Ogohlantirish sanasiga tegishli xabar Humans saytida joylashtirilgan sana hisoblanadi. Tegishli ma’lumot Humans saytida joylashtirilgan vqatdan boshlab Qoidalar o’zgartirilgan, Aksiya uzaytirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi. 3.2. Ishtirokchi tomonidan Humans mobil ilovasida С2С o’tkazmalarini amalga oshirishi uning jismoniy shaxslarga yo’naltirilgan ofertasi hisoblangan Qoidalariga to’liq va so’zsiz roziligini anglatadi. Download 387.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling