So 'zning otasi


Hazm a'zolari kasalliklarida mantiqiy tashxis


Download 490 Kb.
bet27/61
Sana06.11.2021
Hajmi490 Kb.
#170998
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61
Bog'liq
So 'zning otasi

Hazm a'zolari kasalliklarida mantiqiy tashxis

  1. Agar ovqatdan 15-20 daqiqa o'tgandan so'ng va o'rta yoshdagi bemorning epigastral sohasida qattiq g'ijimlovchi og'riq paydo boiib, jig'ildon qaynashi bilan davom etsa, bu oshqozon yara kasalligi oqibati. Agar shunday og'riq ovqatlangandan keyin 1-2 soat o'tgach, kechasi yoki nahorda kuzatilsa, bu yara o'n ikki barmoq ichakdaligining dalolati. Bunday hollarda bemorlar oilaviy poliklinikaning kunduzgi shifoxonasiga yotqizilib, yara qonayotganligi yoki qonamayotganligini tekshirtirish kerak. Gregersen metodi - benzidin sinamasi bilan).

  2. Oshqozon yoki o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi bilan og'rigan bemorda to'satdan umumiy ahvolning yomonlashuvi (quvvatsizlik. bosh aylanishi, ko'z tinishi, rang o'chishi), qorin sohasidagi og'riqning keskin zo'rayishi - yaradan qon ketayotganligi, uning teshilganidan darak beradi. Bu holda zudlik bilan shifokor chaqirib, bemor jarrohlik bo'limiga o'tkazilishi kerak.

  1. Agar oshqozon yoki o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi bilan uzoq muddat og'riyotgan bemorning umumiy ahvoli asta-sekin yomonlasha borsa (ko'ngil aynashi, o'qchish, qusish, ishtahaning pasayishi, ozish simptomlari paydo bo'la boshlasa), bu pilorospazm yoki yaraning xavfli o'smaga aylanayotganidan dalolat beradi. Bunday kasallar darhol klinikalarga yoki jarrohlik bo'limlariga yotqizilishi lozim.

  2. Oshqozon va o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi bilan og'rigan yosh bemorda surunkasiga qusish (ovqat yegandan 3-4 soat o'lgach), ko'ngil aynishi, og'riqning davom etishi, qorin sohasida noxushlik, quldirash, ozish, ishtahaning pasayishi - oshqozonning o'n ikki barmoqli ichakka o'tish qismining stenozi (torayishi)dan darak beradi. Bunday bemorlar albatta, terapevtik yoki jarrohlik boiimlarida tegishli davo (ko'pincha, jarrohlik usulida) olishlari kerak. Shu klinik simptomlar yoshi o'tgan kasalda kuzatilsa, stenoz sababli oshqozon raki bo'lishi mumkin.

  3. Qorinning qaysi sohasida bolmasin, to'satdan og'riq paydo bo'lsa, eng avvalo, ko'richak chuvalchangsimon o'simtan'ng yallig`lanishi - appenditsitni taxmin qilish kerak. Chunki og'riq avvaliga qorinnig appendiks joylashgan yerida emas, balki epigastral yoki chap qismidan boshlanishi mumkin. Bunday holda albatta jarroh bilan maslahatlashiladi. Qorinda to'satdan bo'ladigan sanchiq-og'riqlar ko'pincha oshqozon-ichak yarasi teshilganda, o"tkir o't-tosh kasalligida, oshqozon osti bezining o'tkir yallig'lanishida, buyrak-tosh kasalligida, ayollarda bachadondan tashqari homiladorlikda uchraydi.

  4. Bemorda to'satdan paydo bo'lgan bo'shashish, bosh aylanishi. ko'z tinishi, badandan sovuq ter chiqishi, yuzning oqarishi, pulsning tez-tez urishi, tarangligining pasayishi, qorin sohasida og'riqlar paydo bo'lishi, ahlatning qora rangga bo'yalish va suyuq kelishi me'da-ichakdan yoki ichdan ko'p qon ketayotganligining (melena) belgilaridir. Buning asosiy sababi - yara kasalligining asoratidir. Agar axlatda laqqa qon topilsa, buni sababi gemorroy (bavosil) yoki vo'g'on ichak yarasi bo'lishi mumkin.

  5. Me'da-ichakdan qon ketishi belgilari (qusiq yoki axlat bilan) nafaqat yara kasalligiga, balki jigar sirrozining oxirgi bosqichlarida ham ko'p uchraydi (vena varikozi jarohati tufayli).

  6. To'satdan paydo bo'lgan o'tkir («xanjar sanchgan kabi» -«kinjalnaya bol») og'riq qorinning yuqori qismida kuzatilsa. oshqozon yoki o'n ikki barmoq ichak yarasi teshilganidan, o'ng qovurg'a pastki qismida kuzatilsa, o't qopi yorilishidan, o'ng yonboshda kuzatilsa appendiks yorilganidan darak beradi. Chidab bo'lmas darajadagi shunday kuchli og'riq qorin sohasida kuzatilsa, bu tif-paratif yoki yarali kolit kasalliklarida ichaklarning teshilishi alomatidir.

9.Kekirish, ayniqsa, yeyilgan ovqat hidi yoki oshqozonda uzoq turib qolgan ovqatning sassiq hidi bilai, davom etsa, bu oshqozon shirasi va kisiotasi kamligi bilan o'tadigan surunkali atrofik gastritning simptomidir. Bunday kasallikka chaiingan bemorlar albatta roentgen va ayniqsa, endoskopik ko'rikdan o'tib, doimo gastroenterclog nazoratida bo'lishiari kerak (me'da rakining oldini olish uchun).

  1. Agar qorinnig o'ng qovurg'a osti atroilda og'riq yoki og'irlik, og'izda taxiriik va achchiqlik alomatlai (ayniqsa ertalab) kuzatilishi jigar yoki o't qopining surunkali yallig'lanishidan dalolat beradi. Bunday bemorlar kunduzi shifoxonalarda ultratovush va bioximik tekshiruvlaridan (bilirubin va transaminazalar miqdori) o'tib, kasalliklarini aniqlatishi lozim.

  2. Bemorda sariqlik alomati - qonda o't pigmenti (bilirubin) miqdorining oshishi tufayli teri hamda ko'z, og'iz shililq pardalarining sariq rangga bo'yalishidir. Sariqlik jigar va o't qopi, o'sma, o't-tosh kasaliiklarining va gemolitik kamqonlikning asosiy klinik simptomlaridan hisoblanadi.

Bemorda sariqlik belgisi sinchkovlik bilan ko'zdan kechirish quyuq (qizg'ish-shafran) sariqlik (jigar sariqligi) -jigar kasalligidan: yashilsimon sariqlik o't-tosh yoki o't yo'li o'smasi kasalligidan («mexanik sariqlik»), oq-sariqlik (limonrang) esa gemolitik anemi) a («gemolitik sariqlik») kasalligidan dalolat beradi.

Sariqlik terida qichish simptomi bilan birga kechsa, bu -«mexanik» sariqlik belgisidir.




Download 490 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling