Soat ma’ruza, soat laboratoriya ishi Reja Axborotlashtirilgan jamiyat


Zamonaviy jamiyat axborot resurslari


Download 214.88 Kb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi214.88 Kb.
#1507895
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
18 mavzu

Zamonaviy jamiyat axborot resurslari.
Resurs bu – qaysidir vositalarning manbasi yoki zahirasidir. Har qandar jamiyat, davlat, firma yoki jismoniy shaxs o‘z hayotiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lum resurslarga ega bo‘ladi. An’anaviy resurslarga xom ashyo (tabiiy) resurslar, energetic resurslar, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar kabi material resurslar kiradi.Bularga qo‘shimcha ravishda zamonaviy jamiyatning muhim resurs turi bu – axborot resurslaridir. Vaqt o‘tishi bilan axborot resurslarining ahamiyati ortib boradi; buning tasdig‘i sifatida zamonaviy jamiyatning hozirgi bosqichida axborot resurslari narxi material resurslaridan past bo‘lmagan tovar ekanligi faktini keltirishimiz mumkin. ”Axborot resurslari” tushunchasiga turli ta’riflar berilgan bo‘lib, “Axborot, axborotlashtirish va axborot xavfsizligi to‘g‘risidagi gonunda keltirilgan ta’rifga asosan: ”Axborot resurslari – axborot tizimlaridagi xujjatlar va xujjat massivlaridan iborat .Fxborot tizimlari – kutubxonalar, arxivlar, fondler, berilganlar bazalari va boshqalardan iborat.
Jamiyatning axborot resurslari boshqa material resurslari kabi strategic ahamiyatga egadir. Ammo axborot resurslari va boshqa turdagi resurslar o‘rtasida juda muhim farq mavjud: axborot resursidan boshqa har qanday resurs foydalanilgandan keyin yo‘qoladi (yoqilg‘ini yoqish, sarflangan mablag‘ va b.), axborot resursi esa kamaymaydi, aksincha ortib boradi.Undan ko‘p marta foydalanish, cheksiz marta nusxa ko‘chirish mumkin.Axborot resurslarini klassifikatsiya qilishga qanchalik urinmaylik, bu klassifikatsiya to‘liq bo‘la olmaydi. Klassifikatsiya asosiga quyidagilarni qo‘yish mumkin:tarmoqlar printsipi(fan, sanoat, ijtimoiy soha va hokazo asosida) ;taqdim etilish shakli bo‘yicha (axborot tashuvchi turi, formallashganlik darajasi, qo‘shimcha izoxlanganligi va hokazo xususiyatlar bo‘yicha) va boshqa prinsiplar. Milliy axborot resurslari klassifikatsiyasini quyidagi shaklda amalga oshirish mumkin:
Rivojlangan davlatlarda axborot resurslarining ulkan massasi kutubxonalarda jamlangan.
Arxivlar mamalakat tarixi va madaniyati bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p asrlik axborotlarni saqlaydi. Bu turdagi axborotlarning to‘planish tezligi ko‘pincha ularni qayta ishlash tezligidan katta bo‘ladi.
Ilmiy-texnikaviy axborot ko‘p sonli maxsus nashrlar, patent xizmatlari va hokozolarni saqlaydi.
Xuquqiy axborot qonun xujjatlari, kodekslar, normative aktlar va hokazolarni o‘zida saqlaydi.
Sohalar bo‘yicha axborot resurslariga alohida olinga xo‘jalik tarmoqlari: ta’lim tizimi, qishloq xo‘jaligi, meditsina, mudofaa, sanoat va hokazo tarmoqlar bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
Ulkan massali axborot resurslarining mavjudligi va ularni electron ko‘rinishda ifodalash imkoniyati zamonaviy axborot resurslari, tovarlari va xizmatlari bozorini vujudga keltirdi. Hozirgi kunda ko‘pgina mamlakatlarda milliy axborot resurslari bozoro shakllangan .Bu bozorlar ko‘p jihatdan material resurslar bozoriga o‘xshash bo‘lib, ma’lum tovarlar nomenklaturasiga ega. Bu tovarlar sifatida axborot mahsulotlari va xizmatlari taqdim etiladi.Bu tovarlarga quyidagilar misol bo‘ladi:
Oddiy tovarlar va ularning narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ilmiy-texnikaviy xarakterdagi ma’lumotlar (patentlar, avtorlik guvoxnomalari,ilmiy maqolalar va hokazo)
Axborot texnologiyalari, Kompyuter dasturlari;
Axborot tizimlari, berilganlar bazalari
Turli xil ma’lumotlar.
Har qanday bozor kabi axborot bozorida ham xaridorlar va sotuvchilar mavjud bo‘ladi. Axborot egalari yoki axborot ishlab chiqaruvchilarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Berilganlar bazalarini yaratuvchi va saqlovchi markazlar;
Aloqa va telekommuniktsiya vositalari;
Maishiy xizmatlar;
Axborotlar bilan savdo qiluvchi tijorat firmalari
Konsultativ firmalar;
Birjalar;
Jismoniy shaxslar.
Axborot iste’molchilari – jismoniy shaxslar, tashkilotlar, [ukumat organlari va hokazo. Axborot xizmatlari – axborot bozoridagi alohida Tovar turi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, kutubxona xizmatchilari tomonidan mijozlar buyurtmsi bo‘yicha konkret mavzudagi adabiyot yoki boshqa turdagi materialni to‘plash kabi xizmatlar. Axborot xizmatlarini faqat kutubxonalargina ko‘rsatmaydilar.Ko‘pgina davlatlarda turli bilin sohalari bo‘yicha ilmiy-texnikaviy axborotlarni qayta ishlovchi institutlar mavjud bo‘lib, to‘plangan ma’lumotlar bo‘yicha obzorlar, referatlar, ma’lumotnomalar tayyorlaydilar.Biznes sohasidagi axborot xizmatlariga ma’lum mavzu bo‘yicha axborotlarni taqdim etish, konkret masala bo‘yicha maslahat berish va boshqalatr kiradi. Kommunukatsiya sohasida aloqa operatorlari, Internet provayderlar xizmat ko‘rsatadi. Axborot xizmatlari sohasining rivojlanish darajasi jamiyat axborotlashuvi darajasini belgilaydi.Axborot tovarlari va xizmatlari bozori bir necha rivojlanish bosqichlarini o‘tadi. Bozorning shakllanish bosqichi XX asrning 50- yillariga to‘g‘ri keladi. 80- yillarga kelib gullab-yashnash bosqichiga o‘tdi. Jaxon axborot tovarlari va xizmatlari bozorida AQSh, Yaponiya, Angliya, Fransiya va boshqa G‘arbiy evropa davlatlari asosiy rol o‘ynaydi.

1-Rasm. Milliy axborot resurslarining tarkibi

2-Rasm. Oliy O‘quv yurti axborot resurslarining tarkibi

Axborot texnologiyalari fanining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati


Axborot ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashkil qilingan javraen axborot texnologiyasi deb ataladi. Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo‘llaniladi.
Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli boskichlarida ham mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining uziga xos xususiyati shundaki, tsivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga yerishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch yenergiya, xom ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik kilmokda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida etakchi urinni egallamokda. Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini Kompyuter , aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan boglik faoliyat soxalari tashkil kiladi. Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi turlarga ajratish mumkin.Birinchi turdagi texnologiyalar mexnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol bo‘ladi. Yaratuvchi (ijodiy) axborot taxnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy kism sifatida uz ichiga oladigan tizimlardan iborat.
Axborot texnologiyalarining xozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha soxalarini axborotlashtirish zarurligini ko‘rsatmokda. Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-taxnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi. Darxaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish—inson xayotining barcha jabxalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan boglik ob’ektiv jarayon xisoblanadi. Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy yextiyojlarning kondirilishiga, iqtisodning o‘sishi hamda fan-texnika tarakkiyotining jadallashishiga xizmat kiladi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yunalishga ajratish mumkin:
Mexnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.
Ilmiy tadkikotlar, loyixalash va ishlab chiqarish axborotlashtirish.
Tashkiliy- iktisodiy boshkarishni avtomatlashtirish.
Axoliga xizmat ko‘rsatish soxasini axborotlashtirish.
Talim va kadrlar taerlash jarayonini axborotlashtirish.
Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni uzlashtirishda Kompyuter tizimining yordami benixoya kattadir.Axborot qanday ko‘rinishda ifodalanishidan qat’i nazar, uni yigish, saqlash, kayta ishlash va foydalanishda Kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi: 
Birinchidan, o‘qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an’anaviy) tizimga nisbatan ukuv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga kizikishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini ustiradi, bilim berishga differentsial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustaxkamlash va nazorat qilishni engillashtiradi, talabani ukuv jarayonining sub’ektiga aylantiradi.
Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo‘ladi:

  • muayyan pedmetlarni ukitishda Kompyuter darslari;

  • Kompyuter darslari—kurgazmali material sifatida;

  • talabalarning guruxli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;

  • talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;

  • talabalarning ukishdan bush vaktlarini to‘g‘ri tashkil qilish masalalarini xal yetishda va x.k. 

Mexnat samaradorligining bundan keyingi o‘sishi va farafonlik darajasini ko‘tarish. katta xajmdagi multimediya axborotini (matn, grafika, video tasvir, tovush, animatsiya) qabul qilish ishlashga yangi intellektual vositalar va inson mashina interfeyslardan foydalanish asosidagina erishish mumkin.
Informatikada mexnat unumdorligini oshirish suratlari etarli bo‘lmasa, butun halq xo‘jaligida samaradorligini o‘sishi anchagina kamayib ro‘y berishi mumkin.
Xozirgi dunyodagi barcha ish joylarining 50 foizi ga yaqin axborotni qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan.
Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnalogiyalari bilan ta’minlash insonlarning turli – tuman ma’lumotlarga bo‘lgan yehtiyojini qondirishda muxim o‘rin tutadi. Inson axborot olami ichra yasharkan , voqeya xodisalar jarayonlarning bir – biriga aloqadorligini, o‘zaro munosabatlari va moxiyatni tashkil etish, o‘z xayotidan kelib chiqayotgan murakkab savollarga ilmiy javob topish maqsadida ko‘pdan - ko‘p dadil va raqamlarga murojat qiladi. Axborot tufayli nazariya amalyot bilan birikadi. Amaliyot nazariyasi nazariya yesa amalyotsiz mavjud ham bo‘lmaydi, rivojlanmaydi ham.
Zavodlarimizning asosiy maqsadi informatika vositalarining ahamiyati to‘g‘risida fikir yuritish yemas, balki jamiyatning axborotga bo‘lgan yextiyojini qondirishdagi usul va vositalar to‘g‘risida tushunchaga yega bo‘lishdir .
Mazkur ehtiyoj doim mavjud bo‘laveradi va biror -bir axborotli muxit doirasida qondiriladi. «Axborotli muxit» tushunchasiga xozirgi kunda ingformatika masalalarini o‘rganishda muxim o‘rin yegallaydi. Insoniyatni o‘rab tturgan muxit o‘z xizmatlariga ko‘ra turlichadir – tabiy siyosiy, ijtimoiy, milliy va oylaviy ruxiy bo‘lishi munkin. Aniqrog‘i bular xar birimiz yash bir butun muxitninig tekisliklaridir. 
Mazkur tekisliklarining markazida axborotli muxit turadi va u barcha axborotli odimlarni boshqaradi: voqealikning moddiy axborotli muxitni boshqarish vositalari – yenergetik tamonlarini to‘ldiradi, rivojlantiradi va bunda u turli ijtimoiy faktorlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Axborotli muxitning tabiyatni tushunishda axborotning bilimga aylanishini o‘rganish katta ahamiyatga yega. Bir qarashda bir xildak tuyiladi ammmo ular munosabatini chuqurroq o‘rganishda axborotda bilimning kommunikativ «boshqa vositalar» o‘rtasidagi bog‘liqlik xususiyati borligini ko‘ramiz. Jamiyatda odamlar o‘rtasidagi aloqa faktori bo‘limlar o‘rtasidagi «ko‘prik» - bu axborotdir. Demak, bilimni «o‘zi uchun» axborotga aylantirish mexanizii axborotli muxitini vujudga keltirishda aloxida o‘rin yegallaydi. +adimda axborotli muxit juda qashshoq bo‘lib ,u tor doiradagi yeng kerak va chekli ma’lumotlar majmuasidan iborat yedi, bu xol odamlar orasidagi bog‘liq doirasini ming yillab chegaralab keladi va odamning jamiyat axborotli muxitidagi xissani kamaytirib yuboradi. Bugungi kunda ijtimoiy turli ko‘rinishdagi axborotlar majmuasi keng va rivojlangan bo‘lib ,uning jamiyatda tutgan o‘rni bexisobdir. Oxirgi davrda axborotli muxitda katta o‘zgarishlar bo‘lib bormoqda. Ana shu o‘zgarishlar qog‘ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu yesa o‘z navbatida, YeXM ning yanada keng rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Axborotli muxitning kelajakda inson xayotida o‘rni va ahamiyati, bugungi holatdan ancha yuqori bo‘lishi uchun bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar qo‘llamini kegaytirish talab etiladi. Respublikamizda axborotlashtirish keng yo‘lga qo‘yilishi bilan undagi xar bir fuqoroga kerakli paytda, kerakli miqdorda, kerakli sifatda olish imkoniyatlari ochilmoqda. Respublikamizdagi viloyatlar, shaxarlar, tumanlarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zamonaviy Kompyuter texnikalari bilan jixozlanib, ular maxsus qurilmalar (telefon tarmog‘i, modem va boshqalar) yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga yega bo‘lmoqda. Insonning iqsodiy, yekologik, siyosiy va boshqa soxalarda fikirlash doirasining kengayishi axborotli muxitninig sifat va miqdor jixatdan o‘zgari ,yangi xusiyatga ega bbo‘lgan axborotli muxitning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Demak axborotlashtirish vaqtinchalik tadbig‘ yemas, rivojlanishning zarur vositasidir va axborotli muxitning hozirgi rivojlanish darajajasidagi holatini informatikasiz qo‘llab bo‘lmaydi. Axbortllarni tez, sifatli yg‘ish saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi vazifalarni bajarishda hisoblash texnikasining xizmati beqiyos yekaniga ishonch hosil qilmoqda. Iqsodiyotning boshqarishdagi o‘zgarishlar, bozor munossabatlarga o‘tish buxgalteriya xisobini tashkil qilish va olib berishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xisobning xalqaro tizimlarga o‘tishi amalga oshirilmoqda bu uning uslubiyatini yangi shakillarini ishlab chiqarishni talab qilad. Buxgalteriya xisobining axborot tizimi va uning Kompyuter da ishlab chiqarishning tashkil qilishning ananaviy shakillari katta o‘zgarishlarga uchragan. Xisobchidan korxona moliyaviy xolatining ob’ektiv baholarini bilish, moliyaviiy taxlil usullarini yegallash, qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashni bilish bozor jarayonlarida pul mablag‘lar investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi.



Download 214.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling