Soat Tok transformatorlari va relelarning cho‘lg‘amlarini sxemalari Nazariy qim
Download 3.56 Mb.
|
RELE AMALIYOT
11 – AMALIY MASHG‘ULOT (2 soat)
Avtomatika qurilmalarini tanlash va ularni o‘rnatmalarini hisoblash Nazariy qism Avtomatik qayta ulash (AQU) uskunasi PUE ga asosan AQU uskunasi quyidagilarda jihozlangan bo‘lishi kerak: – 1000 V dan yuqori barcha havo va aralash (kabelli havoli) liniyalarda; – 35 kV va undan kichik kuchlanishli kabel liniyalarida, agar liniya bir necha nimstansiyalarni ta’minlasa, bundan tashqari himoyani noselektiv ishlashini to‘g‘rilash maqsadida; – quvvati 1 MVA dan yuqori ta’minot tomonida o‘chirgich va MTH bo‘lgan barcha bittali pasaytiruvchi transformatorlarni o‘chirilishi iste’molchilar energiya ta’minotida uzilishlarga olib kelishi mumkin. Alohida holatlarda esa differensial himoya ishlatilgan bo‘lsa ham AQU ni ishlatish ruxsat etiladi. Bundan tashqari, AQU uskunasi elektr tarmoqning ba’zi elementlari bilan jihozlanadi, u ushbu topshiriqda ko‘rib chiqilmaydi. AQU uskunasi quyidagi talablarga amal qilgan holda bajarilishi kerak: o‘chirgichni qo‘lda o‘chirganda AQU avtomatik tarzda ishdan chiqarilishi kerak; AQU berilagan karralikni ta’minlashi kerak (bir va ikki marta) va ko‘p marta qo‘shishga imkon bermasligi kerak; AQU muvaffaqiyatli ishlab bo‘lgandan so‘ng avtomatik ravishda qayta ulash uchun tayyor bo‘lishi kerak muvaffaqiyatsiz AQU dan so‘ng himoya ishlashini tezlashtirish ko‘rib chiqilishi kerak. Bir tarafdan ta’minlanadigan taqsimlovchi tarmoqlarda AQU uskunasi uch fazali, bir martali (ba’zan ikki martali) ishlovchi bo‘lishi mumkin. O‘chirgichning yuritmasiga bog‘liq ravishda AQU: agar mexanik (yukli yoki prujinali) yuritmali bo‘lsa, mexanik bajariladi; agar o‘zgarmas operativ tokli yoki solenoidli yuritmali bo‘lsa, RPV turidagi elektrik rele bilan bajariladi AQU ning sabr vaqti yuritmaning tayyor bo‘lish vaqti (0,1–0,2 s), o‘chirgichning tayyor bo‘lish vaqti (0,2–2 s) va QT joyi atrofining deionizatsiya vaqti (0,1–0,3 s) dan katta bo‘lishi kerak. Amaliyotda o‘chirgichning turiga bog‘liq holda taqu = 0,8 – 3 s bo‘ladi. AQU uskunasini ishga tushishi, qoidaga asosan boshqaruv kaliti va usha o‘chirgichning vaziyatini nomutanosibligi asosida amalga oshiriladi. Ishlash vaqtlarini tanlash: tAQU L1, L2 = 0,8” tAKU L3 = 1,3” tAKU T3, T4(T5) = 1,8” tAKU L4 = 2,3” Download 3.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling