Soat Tok transformatorlari va relelarning cho‘lg‘amlarini sxemalari Nazariy qim
Download 3.56 Mb.
|
RELE AMALIYOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maksimal tokli himoya
Tokli kesim (sabr vaqtsiz)
Tokli kesimning ishlash toki quyidagi ifodadan aniqlanadi (10.8) bu erda, – zahira koeffitsienti, agar himoya to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiluvchi RTM relesida bajarilgan bo‘lsa 1,6–1,7 ga; RT–80 relesi uchun 1,5 – 1,6 ga; RT–40 relesi uchun 1,3 – 1,4 ga teng; – himoya o‘rnatilgan joydan oqib o‘tadigan, transformatorning qarama–qarshi tomonidagi uch fazali QT. Sezgirlik koeffitsienti quyidagicha topiladi: (10.9) bu erda, – himoya o‘rnatilgan joydagi ikki fazali QTning minimal qiymati (ta’minlash tomoni tarafidagi); – natijaviy sxema koeffitsienti (TT ni ulanishi, rele va QT turini hisobga olgan holda), agar TT “uchburchak” va uchta releda bajarilgan bo‘lsa 2 ga teng. Boshqa barcha hollarda 1 ga teng. Relening ishlash toki quyidagi ifodadan topiladi (10.10) Agar tokli himoyada TT va relening barcha mumkin bo‘lgan ulanish sxemasida sezgirligi etarli darajada talabga javob bermasa, u holda differensial himoya o‘rnatiladi. Maksimal tokli himoya Himoyaning ishlash toki (4.27) formuladan, quyidagilarni hisobga olgan holda aniqlanadi: 10.1–расм Bitta ishlayotgan transformator uchun ning qiymati sifatida transformatorning nominal toki va parallel ishlayotgan ikki transformator uchun qabul qilinadi. Agar topshiriqda dvigatelning yuklamasi haqida aniq ma’lumot berilmagan bo‘lsa, u holda o‘z–o‘zini ishga tushirish koeffitsienti 1,5–2 ga teng deb qabul qilinadi. Agar transformator shinasiga dvigatellar ulangan bo‘lsa, dvigatellar quvvati va ishga tushirish tokning karraligini ( va ) hisobga olgan holda o‘z–o‘zidan ishga tushish koeffitsientini haqiqiy qiymati aniqlanadi: (10.11) bu erda, quvvat MVA da, kuchlanish kV da, – esa % da ifodalanadi. Agar dvigatellarni soni bittadan ko‘p bo‘lsa ni hisoblashda ular qo‘shimcha qo‘shiluvchilar ko‘rinishida, har biri o‘zining va qiymatlarini hisobga oladi. Agar past kuchlanish tomonda ZAU bo‘lsa, xuddi shunday aniqlanadi. Hisoblarda sezgirlik koeffitsienti: (10.12) bu erda, – ta’minlovchi manba tomondan o‘tadigan, qarama–qarshi tomondagi ikki fazali QT tokning minimal qiymati Bunda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, agar kuch transformatori Υ/Υ ulangan bo‘lsa xuddi tokli kesimni hisoblangandagi kabi qabul qilinadi (4.57). Agar kuch transformatorining chulg‘ami Υ/Δ yoki Δ/Υ sxemasi bo‘yicha ulangan bo‘lsa, shuningdek TT va relelar uchta releli (uchinchi rele teskari simga ulanadi) to‘liq yulduz yoki to‘liq bo‘lmagan yulduz sxemasiga ulangan bo‘lsa , ikkita releli to‘liq bo‘lmagan yulduz sxemasiga ulangan bo‘lsa va relelar sonidan qat’iy nazar uchburchak sxemasiga ulangan bo‘lsa teng bo‘ladi. TT ni toklar farqiga ulanish sxemasi shikastlangan fazalarning ma’lum bir birikmasida himoya ishlamay qolishi mumkinligi sababli qo‘llanilmaydi Bundan tashqari agar ikkita transformator parallel ishlagandi ikki marta kamayadi, chunki shikastlanish tok ikkala transformatordan ham oqib o‘tadi Bu erdan himoyaning sezgirligini oshirish usullari kelib chiqadi. Agar sezgirlik talab etilgandan kichik bo‘lsa, bu hol ko‘pincha parallel ishlayotgan transformatorlar yoki ZAU qurilmasi mavjud bo‘lganda himoyani qo‘shimcha ravishda kuchlanish bo‘yicha blokirokani qo‘shish maqsadga muvofiq. Himoyaning ishlash toki va kuchlanishi quyidagi ifodadan aniqlanadi ; (10.13) bu erda, Inom.tr – bitta transformator ishlayotgan bo‘lsa, uning nominal toki va ikkita transformator parallel ishlyotgan bo‘lsa ikki baravar qiymati. Kuchlanishning Unom nominal qiymati esa kuchlanish transformatori (KT) kuch transformatorining qaysi tomoniga ulangan bo‘lsa o‘sha tomondagi kuchlanish qabul qilinadi. Tok bo‘yicha sezgirlik koeffitsienti (4.60) ifoda bo‘yicha aniqlanadi, kuchlanish bo‘yicha sezgirlik esa (10.14) bu erda, Uqold.max – transformatorning manbasiga qarama–qarshi tomondagi uch fazali maksimal QT bo‘lgandagi kuchlanishi bo‘yicha blokirovka zanjiri ulangan joydagi qoldiq kuchlanishning maksimal qiymati. Agar kuchlanish transformatori ta’minlovchi manba tomonga o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda bu erda, va mos ravishda kA i Om da ifodalanadi. Agar kuchlanish transformatori manbaga qarama–qarshi tomonga ulansa ksez.k=∞, chunki uch fazali QT nuqtasida Uqold nolga teng. Kuchlanish relesining ishlash o‘rnatmasi ifoda orqali, tok relesiniki esa xuddi kesimdagidek aniqlanadi. Himoyaning sabr vaqti 4.4.3.2. va 4.4.3.3. bo‘limlarga asosan tanlovchanlik pog‘onasiga bo‘yicha chiqib ketadigan birlashmalarning maksimal sabr vaqtidan katta tanlanadi. Download 3.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling