Sobiq Ittifoq davrida O’zbekiston bank tizimining holati qanday bo’lgan?


Download 19.98 Kb.
Sana26.03.2023
Hajmi19.98 Kb.
#1296671

2-3-4 savollar

  1. Sobiq Ittifoq davrida O’zbekiston bank tizimining holati qanday bo’lgan?

  2. O’zbekiston bank tizimining shakllanish jarayoni qanday kechgan?

  3. Mamlakat bank tizimining rivojlanishi necha bosqichni bosib o’tdi?

1.Inson o‘z hayot faoliyatining turli nuqtalarida beixtiyor tavakkal qilish hollariga duch keladi. Tavakkalchilik tushunchasi fanning turli sohalarida ma’lum bir ma’noni aks ettiradi. Rus tili lug‘atida tavakkalchilik so‘zi «risk» deb atalib, qadimiy grek so‘zidan olingan. U kemalarni halokatga olib boruvchi va odamlarning o‘limiga, mol-mulklarning cho‘kib ketishiga sababchi qoyani bildirib, «qoyalar orasidan shamol va boshqa to‘siqlarga chap berib suzib o‘tmoq» ma’nosini anglatadi. Bugungi kunda bu so‘z «xavf ostida qolmoq» degan yangi ma’noda qo‘llanilyapti. Mazkur tushuncha Rossiyada XIX asrning boshlarida tarqalgan. O‘zbekistonda ham sobiq Ittifoq davrida qo‘llanilib kelingan va «tavakkalchilik» so‘zi ma’nosi bilan bir qatorda «xavf ostida qolmoq» ma’nosini ham bildiradi. Shu o‘rinda turli lingvist (tilshunos) olimlar bu so‘zning ma’nosini izohlashda deyarli bir xil fikr bildirsalar-da, biroq ularning qarashlarida ayrim tafovutlar borligini aytib o‘tish joiz. Xususan, V.Dal «риск» so‘zini tavakkal qilmoq, xavfli ish qilmoq, «рисковать» tushunchasini esa tavakkal qilish, biror ishni to‘g‘ri mo‘ljallab ko‘rmay qilish, dadillik, qat’iyat bilan ish tutmoq, ma’lum xatarga o‘zini urmoq deb izohlaydi. S.Ojegov «риск» so‘zini sodir etilishi mumkin bo‘lgan tahlika yoki muvaffaqiyatli natija umidida tavakkalchilik qilish, tavakkal qilmoq, xavfli ishga qo‘l urmoq, «рисковать» so‘zini esa xavf-xatardan qo‘rqmay ish qilmoq kabi tasavvur qiladi. S.Ushakov «риск» so‘zini biror zarar yetkazish xavfi bo‘lgan tahlika yoki har qanday zarar yetkazish ehtimolini tushunadi. «Bank risklari va ularni kreditlash»14F 1 mavzusida doktorlik ishini himoya qilgan va monografiya chop etgan prof. Sh.Abdullayeva ham «риск» so‘zini tahlika, tahdid, tavakkal qilmoq, xavfli ish qilmoq deb, «рисковать» atamasini esa xavf ostida qoldirishga jur’at etmoq deb talqin qiladi. Bu ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, risk doimo noaniqlik bilan bog‘liq. Noaniqlik esa, o‘z navbatida, oldindan ko‘ra bilish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu voqealar ham ijobiy, ham salbiy natijalarga olib kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
2. Mustaqillik yillarida xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi banklarni tashkil etishga davlat tomonidan alohida e’tibor berildi. Hozirgi paytda Respublikamiz hududida «O‘zprivatbank», «KDF bank», va O‘zbekTurkiya «UT-bank»i hamda O‘rta Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankining Toshkentdagi sho‘ba banki, Eronning «Soderot» banki samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Hozirgi kunda Respublikamizda 2 ta davlat banki, 3 ta aksiyadorlik tijorat banki, 10 ta tijorat banki, 15 ta xususiy bank, 3 ta xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklar, 2 ta sho‘ba va qator minibanklar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. [69]. Tijorat banklari o‘z ustaviga ega bo‘lib, shu ustav asosida 101 faoliyat ko‘rsatadi. Bank ustavida: ­ bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va qayerda joylashganligi (pochta manzili); ­ ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimoti; ­ bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar; ­ bank auditi tartibi, shu jumladan, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Bank ustavida «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 8-moddasida belgilangan yuqoridagi talablardan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan quyidagilarni, ya’ni: ­ bankka yuridik shaxs maqomini berish to‘g‘risidagi nizom; ­ bankka qarashli muassasalar ro‘yxati, ularning maqomi; ­ bank va uning filiallarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi; ­ faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni matbuotda e’lon qilish majburiyati (tartibi); ­ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan o‘zaro munosabatlarini ham o‘zida aks ettirgan bo‘lishi lozim. Sherikchilik asosida tuzilgan bankning ustavi yuqorida keltirilgan talablardan tashqari, aksiyadorlik jamiyatlar va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirishi kerak. Tijorat banklar ustaviga o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridagi o‘zgarishlar munosabati bilan kiritiladi va ular belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. [70].Tijorat banklarining eng muhim vazifalari an’anaviy tarzda quyidagilar hisoblanadi: ­ vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lari, jamg‘armalar va yig‘malarni mujassamlashtirish; ­ hisob-kitob to‘lov mexanizmining faoliyat ko‘rsatishini ta’- minlash, xalq xo‘jaligida hisob-kitobni amalga oshirish va tashkil etish, to‘lov muomalasini yo‘lga qo‘yish; ­ alohida xo‘jalik birliklari, yuridik va jismoniy shaxslarni kreditlash, ichki va tashqi xo‘jalik aylanmasiga kredit xizmati ko‘rsatish; ­ veksellarni hisobga olish va ular bilan operatsiyalar o‘tkazish; ­ moliyaviy va moddiy boyliklarni saqlash;
3. «Buyuk depressiya» nomi bilan tanilgan 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy tangligi pul tizimlarining yangi turi – kredit va qog‘oz pullar tizimining shakllanishiga asos soldi. Bu tizimning vujudga kelishi quyidagi zaruriyatlar bilan izohlanadi: – oltinning muomaladan to‘la chiqib ketishi; – banknotlarni oltinga almashtirishni to‘xtalishi va ular qadrining oltin bilan o‘lchanishini bekor qilinishi; – davlat tomonidan tadbirkorlik sohasini keng kreditlash maqsadida pul emissiyasining ko‘paytirilishi; – naqdsiz aylanmaning sezilarli kengayishi. Bundan tashqari qog‘oz pullarning paydo bo‘lishi tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi hamda metall pullarning edirilishi, ishdan chiqishi va yo‘qolishi tufayli ularning haddan ziyod qimmatga tushishi hollari bilan bog‘liq. Likvidlikni boshqarish nazariyasi tijorat banklarining tashkil topishi va rivojlanishi bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan va rivojlanib kelgan. Dastlab bank likvidligi masalasiga ikki turdagi yondashuv mavjud bo‘lgan. Birinchi yondashuv bo‘yicha bank aktivlarining miqdori, tuzilishi va muddatlari bank passivlari tuzilishga mos tushishi lozim edi. Bu esa tijorat banklari tomonidan o‘z likvid mablag‘laridan faol foydalanishga imkon bermas edi. Bu nazariya asosida bankning oltin qoidasi ishlab chiqilgan edi. Unga ko‘ra bankning talablari miqdori va muddati uning majburiyatlari miqdori va muddatiga teng bo‘lishi zarur edi, ya’ni: Ikkinchi yondashuvda esa aktiv va passivlarning real hayotga mos kelmasligi asos qilib olingan. Chunki eng katta bank ham moliya-kredit siyosatidagi o‘zgarishlar, iqtisodiy inqirozlar va boshqa o‘zgarishlardan kafolatlanmagan. Bunday o‘zgarishlar ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lidan borayotgan davlatlarga xos bo‘lib, u bank likvidligini ta’minlash zaruriyatini, ya’ni tijorat banklari aktivlari va passivlarini samarali boshqarishni talab qiladi. Aktivlarni boshqarish nazariyasi quyidagi uslubiy qoidaga asoslanadi: Birinchidan, tijorat bank mablag‘larini qisqa muddatli ssudalarga berganda uning likvidligi saqlanadi. Bu qoida ba’zi g‘arb davlatlari qonunlarida o‘z aksini topsa-da, amaliyotda esa u «ikkinchi darajali zaxiralar» nomini olgan. Bank likvidligini boshqarish Aktivlarni boshqarish Passivlarni boshqarish Bankning oltin qoidasi Bankning majburiyatlari miqdori va muddati Bankning talablari miqdori va muddati = 131 Ikkinchidan, agar kreditni to‘lash grafigi uchun mijozning kelgusi davrda oladigan daromadlarning tushish grafigi asos qilib olinsa, u holda bank likvidligini rejalashtirish mumkin. Demak, bank likvidligiga kredit va investitsiyalarning to‘lash muddatini o‘zgartirish orqali ta’sir etish mumkin. Amaliyotda bu qoida investitsiya portfelini pog‘onali boshqarishda o‘z aksini topadi. Passivlarni boshqarish nazariyasi quyidagi qoidalarga asoslanadi: Birinchidan, tijorat banklarining likvidligi muammosini hal qilishga kapital bozoridan pul mablag‘larini jalb etish orqali erishish mumkin. Bu qoida g‘arb davlatlari amaliyotida o‘z tasdig‘ini va amaliy qo‘llanishini topgan. Ikkinchidan, tijorat banki o‘z likvidligini federal zaxira tizimi, bank-korrespondent, yevrovaluta bozorida ssudalariga murojaat etish yo‘li bilan ta’minlanishi mumkin. Tijorat banklari aktiv va passivlarni boshqarish nazariyalarini amaliyotga qo‘llayotganda doimo daromadlilik, likvidlik va to‘lovlilik o‘rtasidagi muvozanatni saqlashlari lozim. Bank passivlarini boshqarishdan asosiy maqsad – bankka daromad keltirmaydigan mablag‘lar miqdorini qisqartirish va «arzon» mablag‘lar jalb qilish orqali bank daromadliligini yuqori darajaga ko‘tarishdir. Demak, aktivlar va passivlarni boshqarishning muhim vazifasi eng past xatar darajasi asosida foiz tushumlari bilan foiz to‘lovlari o‘rtasidagi barqaror farqni ta’minlashdir. Nazariy jihatdan aktivlar va passivlarni boshqarishni alohida-alohida o‘rganish mumkin. Lekin amaliyotda ular bir-biriga uzviy bog‘- langan. Chunki balansning passiv qismidan joy olgan mablag‘lar manbayini tahlil qilmasdan turib, aktiv operatsiyalarni amalga oshirish mumkin emas. Masalan, mijozning kredit talabnomasini qondirish uchun bank o‘zining qancha mablag‘i mavjud ekanligini, agar zarur bo‘lsa, qancha miqdorda depozit mablag‘i jalb qilishi kerakligini aniqlashi lozim. Bank boshqaruvchisi aktivlar va passivlarni boshqarish orqali quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: ­ aksionerlar va omonatchilarni himoya qilish; ­ naqd pulga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida likvidlikni ta’minlash, shu bilan bir qatorda, harakatsiz aktivlarni investitsiyalarga yo‘naltirish; ­ daromadlilikni oshirish maqsadida jalb qilingan va kreditga berilgan mablag‘lar o‘rtasidagi foiz stavkalari orasidagi farqni boshqarish; 132 ­ tavakkalchilikning ma’qul darajasi bilan xorijiy valutani ayirboshlash operatsiyalaridan daromad olish; ­ moliyaviy tavakkalchilikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kapitalning yetarlilik darajasini ta’minlash. Buning uchun: ­ bankning daromadi va xarajati o‘rtasidagi marja spredni orttirish va saqlanishini ta’minlash; ­ bankning yuqori likvidligini ta’minlash; ­ kreditlarning xatar darajasi, qaytishining ta’minlanganlik shakllari va daromadlilik darajasi bo‘yicha joylashtirish; ­ foiz stavkalarining o‘zgarishini sezuvchan aktivlar bilan shu xususiyatga ega passivlarni teng nisbatini ta’minlash lozim. Shunday qilib, aktivlar va passivlarni boshqarish uchun quyidagilar bajariladi: ­ axborotlarni to‘plash; ­ ularni tahlil qilish; ­ kredit siyosati bo‘yicha qarorlar qabul qilish asosida bankning kelajakdagi rejalarini belgilash.
Download 19.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling