Sobir Mirvaliyev
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
OMON MUXTOR (1941)
Ham shoir, ham nosir, ham dramaturg Omon Muxtor 1941 yili Buxoroda tavallud topgan. O’rta maktabni tugatgach, bir necha vaqt nashriyotlarda adabiy xodim, O’zbekiston radio, televidenie Davlat Komiteti, «O’zbekfilm» hamda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir bo‘lib ishlaydi. Hozirgi kunda esa «Sharq yulduzi» oynomasida bosh muharrir o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning ijodi garchi 50-yillarning oxirlaridan boshlangan bo‘lsa ham, birinchi «Chorlar quyoshli yo‘llar» she’riy to‘plami 1965 yilda chop etiladi. Shundan so‘ng u hikoyanavis, qissanavis, romannavis, shoir va dramaturg sifatida yigirmadan ortiq kitob nashr ettiradi. Jumladan, «Nigoh» (1968), «Qushlar va tushlar» (1971), «Shaharlik kelinchak» (1973), «Hayot darvozasi» (1978), «Buxorolik donishmand» (1982), «Volshebnik» (1986), «Bolalikka sayohat» (1984) kabi hikoyalar to‘plami, pguningdek, «Uchqur poezdlar» (1981), «Vazifa» (1988) kabi hikoyalar, qissalar majmuasini chop ettirdi. U ayni chog‘da romannavis sifatida ham o‘zining «Yillar shamoli» (1976), «Egilgan bosh» (1989), «Ming bir qiyofa» (1992) kabi epik asarlarini yaratdi. Shuningdek, «Ohang» (1974), «Yog‘du» (1979), «Marvarid» (1985), «Shiddat» (1990) kabi she’riy to‘plamlar O.Muxtor qalamiga mansub. Ayni chog‘da u bolalar uchun «Buvim ertak aytadi” (1971), «Kunlardan bir kun» (1985), «Ming yilda] so‘ng» (1991) kabi she’r, ertak va hikoyalar to‘plamlari ni sovg‘a etgan. «Egilgan bosh» romani uchun 1990 yili Yozuvchilar uyushmasining adabiy mukofotiga sazovor bo‘ldi. Adib tavalludining ellik yilligida (1991) unga O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni berildi. Asarlari rus va qardosh tillarga tar jima ham etilgan.
Abdulla Oripov Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko‘z qishlog‘ida dehqon oilasida 1941 yili dunyoga keldi. Obidiyda qishloq sovetidagi o‘rta maktabni 1958 yili oltin medal bilan tugatgach, O’rta Osiyo Davlat dorilfununi jurnalistika bo‘limiga kirib, uni 1963 yili muvaffaqiyatli bitirib chiqdi. 1963 yildan buyon turli nashriyotlarda muharrirlik, Yozuvchilar uyushmasi kotibi, mualliflar huquqini himoya qilish idorasining rahbari vazifalarida xizmat qili! kelmoqda. A.Oripovning talabalik yillarida yaratilgan she’rlari respublika vaqtli matbuotida bosilib chiqdi. 1965 yili birinchi she’rlar to‘plami «Mitti yulduz» chop etildi, shundan buyon shoirning «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1967), «Onajon» (1969), «Ruhim» (1971), «O’zbekiston», «Qasida» (1972), «Xotirot» (1974), «Yurtim shamoli» (1974), «Hayrat» (1979), «Hakim va ajal» (1980) «Najot qal’asi» (1981), «Yillar armoni» (1983) she’riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Mazkur to‘plamlarga kirgan she’rlarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, unda shoirning she’rdan she’rga, to‘plamdan to‘plamga, yildan yilga o‘sib, ijodiy barkamollashib borganligiga guvoh bo‘lamiz. Ayniqsa, 60-yillardan keyingi asarlarida hayot va odamlar haqidagi jamiyat va tabiat haqidagi falsafiy mushohadalarning tobora chuqur tus olayotganligi seziladi. Kuchli ehtirosli tuyg‘ular bilan badiiy talqin birbiriga uyg‘unlashib boradi. Bu, bora-bora teran fikrlash bilan yuksak badiiylikning omuxtasiga aylanadi, shoirning kamolotidan darak beradi. U ona obrazini chizadimi, birinchi muhabbatga sodiq lirik qahramon obrazini yaratadimi, O’zbekiston haqida kuylaydimi, olam va odamlar haqida she’r to‘qiydimi, hamma-hamma o‘rinda hayot haqiqati bilan badiiy haqiqatga sodiq qoladi. Hatto eng qatag’onlik yillarida ham rostini, ha kuchi yetganicha, imkoni boricha va pardalarda bo‘lsa ham rost so‘zladi, shoir. «Toqat» she’rida ham shu ruh sezilib turadi.
Go‘sht qayda? Yog‘ qani? Va’da so‘zdami? Kampiri xo‘rsinib yupatar darhol. — O’kinmang, taqchillik faqat bizdami??
Abdulla Oripov she’riyatining hozirgi bosqichi yana ham o‘zgacha, ma’naviy-badiiy jihatdan yuksaklikka ko‘tarilmoqda. Uning «Haj daftari» (1992)ga kirgan «Hadis»lari ham buni to‘la tasdiqlaydi. Hozirgacha u 50 ta hadis-she’r yaratgan bo‘lsa, kelgusida uni yuzga yetkazmoqchi. U mustaqil O’zbekiston madhiyasining muallifi hamdir. Eng muhimi, unda shoir Qur’oni karim va hadisi shariflardagi ma’naviyatni qayta, zamon ruhida tiklash, yangi bosqichga ko‘tarishga intilyapti. Abdulla Oripov iste’dodli shoir bo‘lganidek, iste’dodli tarjimon hamdir. U Dantening «Ilohiy komediya» asarini o‘zbek tiliga yuksak mahorat bilan o‘girdi. Abdulla Oripov Nekrasov, L.Ukrainka, Shevchenko asarlarsh ham ona tiliga tarjima qilgan. Ijodkorning she’riy majmualari rus va boshqa qa dosh xalqlar tillariga tarjima qilingan va alohida kitob holida nashr etilgan. Abdulla Oripov — noyob iste’dod egasi. Chuqur falsafiyliklik, milliy g‘urur, isyonkor ruh, diniy- axloqiy teranlik shoir she’riyati asoslarini tashkil etadi. O’zbek xalqining milliy uyg‘onishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurash yo‘lida Abdulla Oripov shaxsi va o‘tkir shetzriyati misli ko‘rilmagan o‘rin tutganini qavd etib o‘tish joiz. Uning asarlari o‘zbek she’riyatini hamon boyitmoqda. O’zbekiston xalq shoiri (1989) Abdulla Oripov munosib taqdirlangan. U Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotining laureatidir.
Talantli yozuvchi O’tkir Hoshimov 1941 yili Toshkentda ishchi oilasida tugildi. U o‘rta maktabni bitirgach, 1959—1964 yillar Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limida ta’lim oldi. Utkir Hoshimov «Toshkent haqiqati», «Srvet O’zbekistoni», 1966 yildan «Toshkent oqshomi» ro‘znomasi muharririyatida bo‘lim mudiri, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bosh muharrir o‘rinbosari vazifalarida ishladi. Hozirgi kunda «Sharq yulduzi» oynomasining bosh muharriridir. O’tkir Hoshimov o‘z ijodini she’r va ocherklar yozishdan boshladi. Uning birinchi ocherklar to‘plami 1962 yilda «Po‘lat chavandoz» nomi bilan nashr etildi. So‘ngra «Cho‘l havosi» (1963), «Odamlar nima derkin...», «Shamol esaveradi», «Bahor qaytmaydi» (1970), «Qalbingga quloq sol» (1973), «Uzun kechalar» (1975), «Nimadir bo‘ldi» (1976), «Quyosh tarozisi» (1980), «Dunyoning ishlari» (1982) hikoya va qissalar to‘plamlari hamda «Nur borki, soya bor» (1979), «Ikki eshik orasi» (1986) romanlari bosilib chiqdi. Hozirgi kunda uning «Uyqudagi tushlar» romani «Sharq yulduzi» oynomasida bosilmoqda. Unda shaxsga sig‘inish va qatag‘onlik davri illatlari haqida hikoya qilinadi. 1974 yili esa «Birovning tashvishi» nomly psixologik dramasi sahnalashtirildi. Bundan tashqari, O’tkir Hoshimov O’rta Osiyo respublikalarining qator teatrlarida namoyish qilingan «To‘ylar muborak», «Sizdan ugina, bizdan bugina» kabi p’esalarning muallifidir. O’tkir Hoshimov E. Xeminguey, K. Simonov, A. Kuprin, O.Bergolts singari yozuvchilar asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Asarlari qardosh xalqlar va xorijiy tillarga tarjima qilingan. Ijodkor 80-yillar publitsistikasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan adiblardan biridir. Uning odob- axloq, ma’naviy olam, milliy qadriyatlar, sho‘ro davri adolatsizliklarini dadil yoritgan ocherk va teleko‘rsatuvlari bu davrning barkamol mevalaridir. O’zbekiston xalq yozuvchisi (1991) O’tkir Hoshimov «Dunyoning ishlari» qissasi uchun Oybek nomidagi (1982) hamda «Ikki eshik orasi» romani uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga (1986) sazovor bo‘lgan. MINHOJIDDIN HAYDAR (1941)
Jurnalist va shoir Minhojiddin Haydar 1941 yilning 3 may kunida Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani Maslahat (To‘n ko‘ygan) qishlog‘ida tavallud topgan. To‘liqsiz o‘rta maktabdan so‘ng Andijon meditsina bilim yurtida (1958—1960) o‘qiydi. 1963—1968 yillarda esa Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetida tahsil ko‘radi. So‘ngra «O’zbekiston madaniyati» (hozirgi «O’zbekpston adabiyoti va san’ati») ro‘znomasida, «Yosh gvardiya» va G’afur G’ulom nashriyotida yetakchi muharrir bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda esa u O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshida «Minhoj» saxovat nashriyotini ochib, unga o‘zi rahbarlik qilib kelmoqda. Mazkur nashriyot esa xalqimizning boy tarixi, madaniy merosiga oid noyob asarlarni chop etish bilan katta xayrli ish qilmoqda. Uning birinchi she’riy to‘plami 1971 yilda «Inson yuragi» nomi bilan chop etiladi. So‘ngra uning «Nina ustida qasr» (1979), «O’chmas bo‘ron» (1979), «Tirik alanga» (1984), «Bulbulsiz» (1991) kabi bir qator she’riy to‘plamlari va 1992 yilda «Musallo» nomli publitsistik asarlari bosilib chiqadi. U tarjimon va dramaturg sifatida ham sermahsul ijodkordir. Jumladan, «Onaizor» (1970), «Do‘zaxdagi shayton» (1976) kabi she’riy dramalari va pamfletlari kitobxon va tomoshabinda katta qiziqish uyg’otgan. MASHRAB BOBOYEV (1941)
Adib Mashrab Boboev o‘z tengdoshlari orasida ko‘p qirrali ijod sohibi ekanligi bilan farqlanib turadi. U bir vaqtning o‘zida kattalar va bolalar uchun she’r yozadi — shoir. Ayni paytda hikoyalar, qissalar muallifi — nosir, Yana sahna asarlari yozadi — dramaturg ham. U 1941 yili Samarqand viloyatishgag Poyariq tumanida oddiy dehqon, bog‘bon oilasida tavallud topgan. O’rta maktabni tugatgach, jamoa xo‘jaligida avval traktorchi, keyin esa kutubxonachi bo‘lib ishlaydi. 1958—1960 yillarda madaniy-oqartuv bilim yurtida, so‘ng Toshkent Teatr va rassomchilik instituti kechki bo‘limida tahsil ko‘radi. Institutni tugatgach, Samarqand viloyati xalq ijodiy uyiga rahbarlik qiladi. Tuman, viloyat, radio va ro‘znomalarda muxbir bo‘lib ham o‘z faoliyatini davom ettiradi. Toshkentga kelgach, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida, G’.G’ulom nomli Adabiyot va san’at nashriyotida, «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, «Sharq yulduzi» oynomasida adabiy xodim bo‘lib ishlaydi. Hozirgi kunda shoir va dramaturg Mashrab Boboev Madaniyat ishlari vazirligida ishlamoqda. Mashrab Boboev shoir va adib sifatida 60-yillardan boshlab matbuotda ko‘rina boshladi. Uning «Onamga xat» nomli birinchi she’riy to‘plami 1971 yilda nashr etiladi. So‘ngra «Bahor kayfiyati» (1972), «So‘z» (1978), «Olisdagi chiroq (1981), «Bag‘ishlov» (1984), «Men bilgan sir» (1991) kabi bir qancha she’riy to‘plamlari bosiladi. To‘plamdan o‘rin olgan deyarli barcha she’rlarda shoir yaxshi odamlar, urf-odatlar, beg‘ubor sevgi-muhabbat, kelajak orzular haqida to‘lib-toshib kuylaydi. Mashrab Boboev bolalar shoiri sifatida «Paxtam mening — baxtim mening» (1975) kabi qiziqarli she’riy majmua ham yaratgan. Adib yosh, iste’dodli dramaturg sifatida ham el-yurtga tanilgan adiblardan biri. U o‘ndan ortiq sahna asarlari yaratgan bo‘lib, bular orasida «O’ttiz yoshlilar» (1976), «Yer tomiri» (1979), «Gurung» (1979), «Onaizor» (1985), «Yashasin, afandi» (1985), «Mushkul savdo» (1989) kabi pesalari ko‘pchilikka manzur bo‘lgan. Dramaturg ushbu p’esalarni «Qani, mening yulduzim» (1987), «Nomsiz yulduzlar» (1991) nomi bilan to‘plam holida nashr ettirgan. Shular qatori «Iroda» (1986) nomli telespektakl, «Sevgi nidosi» (1991, «Sab’ai sayyor» asosida) telebaletining ham muallifidir. U mohir tarjimon, o‘tli publipist sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda. Xususan, u V.Katayevning «Xayol chechaklari» (1976), O. Chiladzening «Rangin dunyo» (1973), M. Bsisuning «Tashrif qog‘ozi” (1978) kabi asarlarini ham o‘z tiliga ag‘dargan. Mashrab Boboev ko‘p qirrali va sermahsul iste’dod egasi sifatida hozirgi adabiy jarayonda o‘z ovoziga ega adiblar sirasiga kiradi.
Shoir Muhammad Ali Andijon viloyatining Bo‘z tumanida 1942 yili dunyoga keldi. 1959 yili o‘rta maktabii tamomladi. 1960 yili O’zbekiegon Yozuvchilari uyushmasi tomonidan Moskvadagi M. Gorkiy nomli Adabiyot institutiga o‘qishga yuborildi. Muhammad Ali 1966 yilda institutni tamomlab, Toshkentga qaytadi va G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrirlik vazifasyada ishlay boshlaydi. Shoirning ilk she’rlari o‘quvchilik yillaridayoq vaqtli matbuotda bosiladi. Birinchi yirik asari «Mashrab» (1966) dostonidir. Shundan keyin «Fazodagi hislar», «Shafaq», «Otalar yurti», «Alvon chechaklar», «Dostonlar», «Hayot sadosi (rus tilida, 1975), «Ninachi haqida ertak» (1976) «Oq nur» (1977), «Ilhom parisi» (1980), «Boqiy dunyo” (1981), «Sevsam, sevilsam» (1983), «Soz» (rus tshgada) nomli kitoblari o‘quvchilar qo‘liga tegdi. Uning «Do‘stlik yo‘li» nomli she’r va dostonlari (1990) qozoq va qoraqalpoq tillarida nashr etilgan. Ma’lumki, Muhammad Ali shoir, publitsist yo'ki tarjimon emas, u romannavis sifatida ham shakllanib bormoqda. Uning «Boqiy dunyo» (1981) she’riy romani Mirmuhsinping «Ziyod va Adiba», Barot Boyqobilovning «Shukuhli karvon», «Notinch Xuroson», «Yulduzli osmon» kabi she’riy romanlariga hamohangdir. Adibning «Sarbadorlar» (1990) romani esa nasriy epik asar bo‘lib, ikki kitobdan iboratdir. Ayni chog’da u tarixiy roman sifatida XIV asrdagi eng yorqin tarixiy- ijtimoiy voqealarni — sarbadorlik harakati tarixini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Eng muhimi, bugun xalqimiz erishgan mustaqillik uchun kurash ildizlarini, manbalarini tushunishga yo‘l ochadi. Shuning o‘zi romanning zamonaviy qimmatini tayin etadi. Aytish mumkinki, Muhammad Ali ko‘p qirrali ijodkorlardan. Uning «Oshiq bo‘lmay, haq diydorin ko‘rsa bo‘lmas» (1992) nomli publitsistik maqolalar to‘plami ham shundan kafolat beradi. U ayni chog’da mohir tarjimon. Respublika tarjimonlar markazinnng rahbari sifatida ham faol ijod bilan band. U filologiya fanlari nomzodi (1992), O’zbekiston xalq yozuvchisi hamdir (1992). Shoir Muhammad Ali Pushkin, Bayron, Mitskevich, Tagor, Abay, Tumanyan va boshqalar asarlarini, buyuk hind eposi «Ramayana»ni o‘zbek tiliga o‘girdi. OYDIN HOJIYEVA (1942)
O’zbekiston xalq shoirasi Oydin Hojiyeva 1942 yili Buxoro viloyatining Qiziltepa tumani Bo’ston qishlog’ida tug’ilgan. 1960 yili o‘rta maktabni kumush nishon, 1966 yili Toshkent Davlat dorilfununining filologiya kulliyotini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1905—1976 yillar «Sharq yulduzi» oynomasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, 1976— 1985 yillar «Saodat» oynomasida bo‘lim mudiri, tahririyat a’zosi, 1985 yildan to hozir gacha «Gulxan» bolalar oynomasi bosh muharriri, 1971 yildan Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, 20 dan ortiq she’riy to‘plam muallifi. Oydin Hojieva ijodi garchi 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lsada, uning birinchi she’riy to‘plami 1970 yilda «Shabnam» nomi bilan chop ettiriladi. So‘ngra «Manzillar» (1975), «Men sevgan qo‘shiq» (1972), «Zar kokil qiz va quyosh» (1972), «Utrennyaya rosa» (1973, rus tilida), «Orzu guli» (1975), «Navo» (1977), «Tarovat» (1978), «Buvisining o‘z qizi» (1979), «Dostonlar» (1980), «Xushxabar» (1983), «Mushfiq onajon» (1983), «Tamal toshi» (1989), «Saylanma» (1989), «Najot» (1991), «Olisdan kelgan ovoz» (1991) kabi ko‘plab she’riy guldastalari dunyo yuzini ko‘rdi. Ular orasida «Chashmalarni izlayman» (1987) kabi publitsistik asarlar majmuasi, bolalar uchun yozilgan ajoyib she’rlar ham bor. Uning deyarli barcha to‘plamlarida pokiza va mehribon, kechirimli va sadoqatli ona tuyg‘ulari, vafodor yor, didli, farosatli va nozik ta’b shoira qalbi jo‘sh uri turadi. Ayni chog‘da dunyo voqealariga hamdardlik, insonlar mushkulini yengillatish uchun kurash, o‘z ona xalqi, ona tuprogi, madaniy merosiga mehr alohida yangrab turadi. Shoiraning eng keyingi «Istiqlolga qasida» nomli she’rida shu ona zaminga, ona xalqqa va uning kelajagi taqdiriga jonfidolik alohida eshitilib turdi. U mohir shoiragina emas, ajoyib publntsist, tarjimon hamdir. Ayni chog‘da uning asarlari qator qardosh tillar va rus tiliga tarjima bo‘lgan. Ana shu faol va samarali ijodi unga O’zbekiston xalq shoirasi (1992) degan sharafni keltirdi.
Shoir, dramaturg, jamoatchi Habib Sa’dulla 1942 yilda Namangan shahrida tug’ilgan. Avval aloqa texnikumi bilim yurtida o‘qib, Toshkentdagi ekskavator zavodida elektro payvandlovchi bo‘lib ishlagan. Sobiq sovet Armiyasi saflaridan qaytgach, «Mushtum» oynomasida xizmat qiladi. So‘ngra «Lenin uchquni» ro‘zpomasida adabiy xodim, «Namangan haqiqati» viloyat ro‘znomasida muharrir o‘rinbosari bo‘lgan. 1973 yildan 1990 yilgacha O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasining Namangan viloyati bo‘yicha mas’ul kotibi vazifasida ishlagan. Hozirgi kunda u Namangan vnloyati Madaniyat boshqarmasining boshlig‘idir. U 1971 yilda Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika bo‘limini sirtdan tugatadi. Uning birinchi she’rlari 50-yillarning oxirlarida Namangan viloyat gazetalarida ko‘rinadi. 1969 yilga kelib uning birinchi she’riy to‘plami «Dengizdan shabada» nomi bilan nashr etiladi. Shundan so‘ng uning «Bahor bilan suhbat» (1975), «Muloqot», «Yana ostonangdaman» kabi bir qator she’riy turkumlari paydo bo‘ladi. So‘ngra uning Ulug’ Vatan urushi fojealarini ifodalovchi uch dostoni — «Onajonim», «Men tug’ilgan yil», «Tirik qurbonlar» yaratiladi. Shuningdek, shoirning «Usmon atlas» degan dostoni ham nashr bo‘ladi. Shoirning mazkur to‘plamlari, she’riy guldastalari, dostonlari va g‘azallarida jonajon ona yurtini, mehribon, mehnatkash va saxovatli xadqini ulug‘laydi. Chin muhabbat, muhabbatga vafo, sadoqat tuyg‘ulari baralla yangraydi. U shoir, g‘azalnavis va qo‘shiqchigina emas, dramaturg sifatida ham ma’lum. Habib Sa’dulla yaratgan «Yusuf va Zulayho” dramasi ko‘p yillardan buyon Andijon drama teatri sahnasidan tushmay keladi. Unda muallif Yusuf va Zulayholar muhabbati orqali yoshlarni chinakam insoniy sevgiga, sadoqat va mehrga chorlaydi. Uning niyati she’r yozish,
she’rning yaratilishiga tilakdoshmiz. Unga 1992 yilda O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni berilgan.
Iste’dodli o‘zbek shoirlaridan biri Omon Matjon 1943 yili Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tavallud topgan. O’rta maktabni tugatib, Samarqand Davlat dorilfununida tahsil oladi. Sho‘ro armiyasida xizmat etadi. 1969—1980 yillar mobaynida u Gafur G’ulom pomli Adabiyot va san’at nashriyotida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib xizmat etadi. So’ngra “Yoshlik” oynomasida bosh muharrir bo‘lib ishlaydi. Hozirgi kunda u Resiublika Prezidenti devonida mas’ul vazifani ado etib kelmoqda. Omon Matjon 60-yillardan boshlab matbuotda o‘z she’rlari bilan ko‘rina boshlaydi. Keyinchalik shoirning eng yaxshi she’rlari uning «Ochiq derazalar» (1970) «Karvon qo‘ngirog’i» (1973), «Yonayotgan daraxt» (1977) «Yarador chaqmoq» (1979), «Haqqush qichqirig‘i» (1979) «Seni yaxshi ko‘raman» 1983), «Gaplashadigan vaqtlar» (1986) kabi to‘plamlardan munosib o‘rin oldi. Xususan «Seni yaxshi ko‘raman» to‘plamiga ayrim muhabbat haqidagi she’rlari qatorida avvalgi sanab o‘tilgan majmualaridagi eng yaxshi asarlari saylab olingan. Shunga ko‘ra mazkur she’riy to‘plamni shoirning kichik «Tanlangan asarlari» desa ham bo‘ladi. To‘plamlardagi «Amu», «Oybek», «Shu’lalardan hayratlanish», «Ona degan so‘z», «Turnalar», «Mezon», «Chorlov», «O’n uchinchi eshik» «Umrimiz haqida» kabi she’rlari hozirgi o‘zbek poeziyasi xazinasidan munosib o‘rin egallaydi. Binobarin, shoir she’riyati inson qalbining turfa kechinmalari va jilolarini rang-barang tashbehlarda, jozibali obrazlarda ifodalaydi. Omon Matjon ijodida uning «Cho‘ldagilar» nomli doston-xronikasi, ayniqsa, «Gaplashadigan vaqtlar» nomli she’riy qissasi alohida o‘rin egallaydi. Unda shoir qayd etganidek, asarning yangicha shakli, ohangi kitobxon e’tiborini tortadi. Qolaversa, qissada yuksak insoniy e’tiqod, ma’naviyat va qadriyatlar haqida jonli bahslar davom etadi. Xususan, har qanday qirg’in urushlar, zulmning har qanday ko‘rinishi la’natlanadi. Yana muhimi, unda muhabbat tasviri asarga, xarakterlarga yangicha ruh, yaigicha fayz bag‘ishlaydi. Shularning hammasi shoir kamolatiga xizmat etadi, kitobxon bilan munosabatini yanada mustahkamlaydi. Omon Matjon tarjimon sifatida qardosh va chet ellar adabiyotlaridan ko‘plab asarlarni o‘z ona tiliga mahorat bilan ag‘dara olgan. Xususan, F.Shiller, Sh.Bodder kabi jahon klassiklaridan qilgan tarjimalari e’tiborga loyiqdir. U adabiyot oldidagi ana shunday samarali hissasi uchun Yoshlar mukofoti, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan. Ha, xalq shoiri (1993) aytganday: «... boshqa juda muhim gap ham aytilmoqchiday, juda muhim, juda yangi... gaplashadigan» vaqtlar kelishiga yana bir bor ishonsa bo‘ladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling