Sobirjonov O'tkirbek


Download 88.66 Kb.
bet8/11
Sana25.01.2023
Hajmi88.66 Kb.
#1121060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
dotnet

Array.Exists()
Bu metod bizga massiv ichida berilgan shartga mos keluvchi element bor yoki yo’qligini aniqlab beradi. Kiruvchi parametr sifatida avvalroq e’lon qilingan bir o’lchamli massiv nomi va lambda ifoda kiritiladi. Lambda ifoda tekshirish uchun shart vazifasini bajaradi. Agar massivda biz bergan shartga mos keluvchi bir yoki bir nechta element mavjud bo’lsa bu metod bizga true qiymatini, aks holda false qiymatini qaytaradi. Keling, uning qanday ishlashini kodda ko’ramiz:
using System;
namespace NewApplication
{
class Program
{
public static void Main(string[] args)
{
int [] sonlar={2,4,6,8,11,14,15};

if (Array.Exists(sonlar, a => a>10)) Console.WriteLine("a>10");
else Console.WriteLine("a<10");

if (Array.Exists(sonlar, e => e<0)) Console.WriteLine("Manfiy son bor");
else Console.WriteLine("Manfiy son yo'q");

if (Array.Exists(sonlar,w => w%2==0 && ((w>15)||(w<3)))) Console.WriteLine("Yes");
else Console.WriteLine("No");

string [] qurilmalar={"protsessor","monitor","videokarta","klaviatura"};
Console.WriteLine(Array.Exists(qurilmalar, t => t.StartsWith("v") && t.EndsWith("a")));

Console.ReadKey();
}
}
}
output:
a>10
Manfiy son yo'q
Yes
True
Yuqoridagi misolda ishlatilgan a, e, w o’zgaruvchilari massiv elementlarini lambda ifoda ichida ifodalash uchungina ishlatilib, kodning boshqa qismida foydalanilmagan bo’lishi kerak.
Array.Sort()
Agar siz massivlarga doir masala ishlagan bo’lsangiz, massiv elementlarini o’sish tartibida tartiblash haqida bosh qotirib ko’rgan bo’lsangiz kerak. Baxtingizga, Array sinfida buning uchun ham tayyor funksiya bor. Array.Sort(); qavsi ichiga e’lon qilingan massiv nomini yozsangiz kifoya. Keling, buni ham kodda ko’ramiz:
using System;
namespace NewApplication
{
class Program
{
public static void Main(string[] args)
{
int [] raqamlar={5,2,8,4,0,1,7};
Array.Sort(raqamlar);
foreach (int b in raqamlar)
{
Console.Write(b+" ");
}
Console.ReadKey();
}
}
}
output: 0 1 2 4 5 7 8
Nafaqat sonlarni, string tipidagi ma’lumotlarni ham tartiblashimiz mumkin. Bu holatda elementlar alifbo tartibida tartiblanadi:
using System;
namespace NewApplication
{
class Program
{
public static void Main(string[] args)
{
string [] languages={"c#", "delphi", "paskal", "ruby", "python","c++","java","go"};
Array.Sort(languages);
foreach (string c in languages) {
Console.Write(c+"; ");
}
Console.ReadKey();
}
}
}
output: c#; c++; delphi; go; java; paskal; python; ruby;
Massivning faqat bir qismini o’sish tartibida tartiblab, qolgan elementlarni o’zgarishsiz qoldirish imkoniyati ham bor. Buning uchun uchta qiymat kiritiladi: massiv nomi, tartiblash boshlanadigan indeks, tartiblanadigan elementlar soni:
using System;
namespace NewApplication
{
class Program
{
public static void Main(string[] args)
{
int [] MyNewArray={3,2,6,1,9};

Array.Sort(MyNewArray,2,3);
foreach(int a in MyNewArray){
Console.Write(a+" ");
}

Console.ReadKey();
}
}
}
output: 3 2 1 6 9

Download 88.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling