Sobirov Muzaffar 413-19-guruh 1-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Risklarni baholash


Download 121.32 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi121.32 Kb.
#154441
Bog'liq
kiberxavfsizlik 1-amaliy


Sobirov Muzaffar 413-19-guruh

1-AMALIY MASHG’ULOT.

Mavzu: Risklarni baholash.

  1. Tahdidlar jadvali. Risklar o’lchovi bo’yicha tahdidlarni ranjirlash.

Matritsa yoki jadvaldan oqibatlar omillarini (aktivlar qiymatini) tahdidning yuzaga kelish ehtimolligi bilan bog’lash uchun (zaifliklar aspektlarini hisobga olib) foydalanilishi mumkin. Birinchi qadam, xavf ostida bo’lgan har bir aktiv uchun, oldindan belgilangan, masalan, 1 dan 5 gacha shkala bo’yicha oqibatlarni baholashdan iborat (1-jadaval, “b” ustun). Ikkinchi qadam, har bir tahdid uchun, oldindan belgilangan, masalan, 1 dan 5 gacha shkala bo’yicha tahdidlarning yuzaga kelish ehtimolligini baholashdan iborat (1-jadaval, “c” ustun). Uchunchi qadam “b” va “c” ustunlarni ko’paytirish (b * c) yo’li bilan, risk o’lchovlarini hisoblab chiqishdan iborat. Nihoyat, tahdidlar risk o’lchoviga mos keladigan tartibda ranjlanishi mumkin. Bu misolda “1” eng kam oqibatlarga va yuxaga kelishning eng past ehtimolligiga to’g’ri kelishini ta’kidlab o’tish zarur.

1-jadval. Risklar o’lchovi bo’yicha tahdidlarni ranjirlash

Tahdidlar

Oqibatlar (aktiv bahosi)

(b)


Tahdidlarni yuzaga kelish ehtimolligi

(c)


Risk o’lchovi

(d)


Tahdidlarni ranjirlash

(e)


Tahdid A

5

2

10

2

Tahdid B

2

4

8

3

Tahdid C

3

5

15

1

Tahdid D

1

3

3

5

Tahdid E

4

1

4

4



Qo’yiladigan vazifa:

Har bir talaba quyidagi 2-jadval (tashkilotlar jadvali) dan elektron jurnaldagi raqamiga mos holda tashkilotni tanlaydi va shu tashkilotda bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlar misolida tahdidlar jadvalini hosil qilib, tahdidlarni ranjirlash amalni bajaradi. Eng oxirida tanlangan tashkilot uchun eng xavfli tahdidni aniqlab uni bartaraf etish choralarini ishlab chiqadi.




T/r

Tashkilot

T/r

Tashkilot

1

Dorixona

14

Elchixona

2

Arxiv

15

Yagona darcha

3

Moliya

16

G’azna

4

Mahalla

17

Turizm

5

Buxgalteriya

18

Iqtisodiyot

6

Universitet

19

Birja

7

Soliq tizimi

20

Neft va gaz

8

Sogliqni saqlash

21

Avtomatika

9

Tijorat

22

Elektrotexnika

10

Marketing

23

Harbiy

11

Maktab

24

Mehnat birjasi

12

Bank

25

Tadbirkorlik

13

Muzey

26

Ishlab chiqarish (ixtiyoriy)


2-jadval. Tashkilotlar jadvali

  1. Risklarni baholashning “Galstuk-babochka” usuli.



Usulni bajarish jarayoni

1. “Galstuk-babochka” markazlashgan usuli sifatida ko‘rsatilgan xavfli hodisani aniqlash.

2. Xavf-xatar (yoki xavf) manbalarini tadqiq qilish yordamida hodisa sabablarining ro‘yxatini tuzish.

3. Kritik hodisagacha xavflarning rivojlanish mexanizmini aniqlash.

4. Hodisa sababini ajratuvchi chiziq chizish (Babochkaning chap tomonini hosil qilish)

5. Kiruvchita’sirlarni oldini olish uchun to‘siqlar o‘rnatish.

6. Xavfli hodisaning oqibatlarini o‘ng tomonga akslantirish va hodisadan oqibatlarga olib keladigan chiziqlarni chizish.

7. Oqibatlarga yo‘naltirilga chiziqlarga to‘siqlarni akslantirish.

8. Boshqarish bilan bog‘liq yordamchi elementlarni “galstuk-babochka” diagrammasi ostida akslantirish.

Ma’lumot turlari

Chiquvchi ma’lumotlar - “galstuk-babochka” diagrammasini va ishlov berilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Kiruvchi ma’lumotlar – To‘siqlar, xavf-xatarlar hamda xavfli hodisa oqibatlari va sabablari haqidagi ma’lumotlardir.

Usulning afzalligi

- Muammoga qaratilgan fikrni beradi.

- xavfli hodisalarni oldini olish va /yoki oqibatlarini kamaytirish hamda ularni samaradarligini baholashga qaratilganligi.

- foydali oqibatlar uchun qo‘llanilishi mumkinligi, yuqori malakali mutahasislarga ehtiyoj yo‘qligi

Usulning kamchiligi

- bu usulda bir vaqtning o‘zida yuzaga keladigan va noxush oqibatlarga olib keladigan sabablar yig‘indisini ko‘rsatib berish imkoni yo‘qligi.

- ushbu usulda murakka vaziyatlar haddan tashqari soddalashtirilgan bo‘lishi mumkin.

Qo’yiladigan vazifa:

Har bir talaba 1-vazifa (tahdidlar jadvali va risklarni ranjirlash) dagi xavflilik darajasi bo’yicha eng yuqori hisoblanadigan riskni oladi va “galstuk-babochka” metodini bajaradi.



1-Amaliy mashg’ulot uchun namuna.

Mavzu: Risklarni baholash

Ishdan maqsad:

Kiber xavfsizlikning asosiy tushunchalari bilan yaqindan tanishish, tahdidlar va risklarni baholash bo’yicha ko’nikmalarni oshirish.



Nazariy qism:

Axborot deb inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha ma`lumotlarga aytiladi.  Axborot lotincha “ information” so`zidan olingan bo`lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi ma`lumot ma`nosini anglatadi.

Kiber xavfsizlik (Axborot xavfsizligi) deganda tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlardan axborot va uni qo’llab-quvvatlab turuvchi infrastrukturaning himoyalanganligi tushuniladi.

Axborot xavfsizligiga tahdid deganda axborotning buzilishi yoki yo’qotilishi xavfiga olib keluvchi himoyalanuvchi obyektga qarshi qilingan harakatlar tushuniladi .

Tahdidlarning toifalari: 1-paydo bo’lish tabiatiga ko’ra: tabiiy va sun’iy; 2-motivatsiya darajasiga ko’ra: tasodifiy va qasddan

Amaliy qism:

  1. Tahdidlar jadvali. Risklar o’lchovi bo’yicha tahdidlarni ranjirlash.

Tijorat tashkilotining tahdidlar jadvali

Tahdidlar ro’yhati

Oqibatlar

Tahdidlarni yuzaga kelish ehtimolligi

Risk o’lchovi

Tahdidlarni ranjirlash

Pulning yo’qolishi

9

8

72

6

Yong’in

5

3

15

8

Hisob-kitobdagi adashishlar

12

10

120

2

Qalbaki pullar

11

10

110

3

Hisob raqamlarining o’g’irlanishi

8

6

48

4

Tijorat tashkilotining saytiga qilinadigan hujum

9

6

54

6

Tarmoqdagi nosozliklar

7

6

42

7

Mijozlar haqidagi ma’lumotlarning adashtirib yuborilishi

11

12

132

3

Suv toshqini

2

1

2

9

Elektr manbayining o’chib qolishi

5

4

20

11

Terakt

1

1

1

12

Imzoni soxtalashtirish

6

8

48

6

Xulosa:

1-vazifa davomida berilgan tashkilotning tahdidlar ro’yhatini shakllantirishni o’rgandik. Bunda bu tahdidlarning oqibatlari, kelib chiqish ehtimolliklarini tahdidlar soni shkalasida o’zimiz belgilab chiqdik. Bu jarayon bizga qaysi tahdid eng ko’p zarar yetkazuvchi ekanligini aniqlashda yordam berdi. Natijada , tahdidlarni ranjirlash yordamida eng katta ziyon yetkazuvchi tahdidni topdik.



2.”Galstuk-babochka” usuli

Malakali xodimlarni yo`qligi

Xavfsizlik tizimini yangilash





Xavfsizlik xizmatining talabga javob bermasligi

Tajribali kadrlarni ishga jalb qilish



G`AZNA



Zamonaviy jihozlar bilan ta`minlanmaganlik

Zamonaviy kameralarni o`rnatish

Kamera va signalizatsiyaning ishlamasligi



Videokuzatuvni doimiy olib borish



Maxfiy ma`lumotlarni tez-tez o`zgartirish

Maxfiy ma`lumotlarning chetga chiqishi



Xodimlarning o`z ishiga loqaydligi



Avtomatik tarzda o`zgarishini ta`minlash

Korxanaga o`t ketishi

Sug`urta kompaniyalari bilan shartnoma tuzish



Elektr jihozlarning nosozligi yoki tabiiy ofatlar

Zararning qoplab berilishi

Xulosa:



2-vazifada esa eng zararli deb topilgan tahdidni “Galstuk-babochka ” usulida yana tahlil qildik. Bu tahlil bizga tanlagan tahdidimizni yanada yaxshiroq tushunishimizga yordam berdi. Vazifa davomida ushbu tahdidning kelib chiqish sabablari, ularning yechimlari, oqibatlari va oqibatlarni susaytiruvchi to’siqlarni yozib chiqdik. Bunday analiz risklarni iloji boricha to’g’riroq baholash imkonini beradi deb o’ylayman.

Adabiyotlar

Axborot xavfsizligi asoslari” (Darslik) Karimov I.M, Turg’unov N.A. O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi ,2016
Download 121.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling