Sobirov Zuxriddin Mamur o’g’lining


Download 157 Kb.
bet12/17
Sana19.06.2023
Hajmi157 Kb.
#1603280
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Husan Amaliyot 2021

Operatsiyaning mazmuni

Debet schyot

Kredit schyot

Yozuvga asos bo‘luvchi hujjat

1.

Materiallar ta’minotchilardan qabul qilinganda:

1010-1090


4410

6010,
4110


6010

SHartnoma, schet-faktura



2.

Yordamchi ishlab chiqarishdan olinganda

1010-1090

2310

Hisobot, nakladnoy

3.

Hisobdor shaxslardan olinganda

1010-1090

4220-
4230

Bo‘nakhisoboti

4.

Yarim tayyor materiallar xomashyo va materiallar tarkibiga kiritilganda

1010-1090

2110

Qaror, nakladnoy

5.

Tayyor mahsulotlar materiallarga aylantirilganda

1010-1090

2810-2820

Qaror, nakladnoy, talabnoma

6.

Xo‘jalik inventarlari va buyumlari materiallarga aylantirilganda

1010-1090

1080

Qaror, talabnoma, nakladnoy

7.

Ta’sischilardan olinganda

1010-1090

4610

Ustav, shartnoma, dalolatnoma, schet-faktura

8.

Da’volarbo‘yichaolinganda

1010-1090

4860

Qaror, schet-faktura

9.

Bepul olinganda

1010-1090

8530,



Qaror, schet-faktura, dalolatnoma

10.

Moliyaviy yordam sifatida olinganda

1010-1090

9380

Shartnoma, schet-faktura, dalolatnoma

21-son BXMSga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”, 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” va 2510 “ Umum ishlab chiqarish xarajatlari” schyotlarida olib boriladi.


Ishlab chiqarish xarajatlari –bu bevosita mahsulotlarni (ish, xizmatlarni) ishlab chiqarishga ketgan, shuningdek ularning tannarxini tashkil etuvchi xarajatlar.
Tannarx – bu mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarishga ketgan barcha xarajatlarning pulda ifodalangan majmuasi.

7-mavzu. “BRADJUS” MCHJ QK da pul mablag’lari, xodimlar bilan hisob-kitoblar, olinadigan va to’lanadigan schyotlar hisobi va auditi.
Korxonalar moliyaviy xoʼjalik faoliyatini yuritishda va rivojlantirishda ular pul mablagʼlarining oʼrni hamda ahamiyati beqiyosdir. Korxonaning pul mablagʼlari qanchalik koʼp boʼlsa, u shunchalik oʼz faoliyatini yanada ravnaq toptirish, hisob-kitoblarni oʼz vaqtida amalga oshirish imkoniyatiga, yaʼni toʼlov qobiliyatiga koʼproq ega boʼladi. Pul mablagʼlari evaziga korxonani modernizatsiyalash, yangi texnika va texnologiyalarni sotib olish, innovatsiyalarni amaliyotga joriy qilishga erishiladi. Bundan tashqari, pul mablagʼlarining mavjudligi korxonalarga investorlar sifatida oʼz mablagʼlarini boshqa korxonalarga yoʼnaltirishga, shu yoʼl bilan nafaqat oʼzlari qoʼshimcha daromad olishlariga, balki oʼzga korxonalarni ham oyoqqa turishlariga imkon beradi.
Pul mablagʼlari deganda oʼta tez likvidlik xarakteriga ega boʼlgan, barcha munosabatlarda umumiy ekvivalent rolini oʼynaydigan, davlat tomonidan qogʼozli va metalli koʼrinishda maʼlum qiymatlarda chiqariladigan maxsus tovar tushuniladi.
Pul mablagʼlari bir qancha hususiyatlariga koʼra guruxlanadi:
1. Koʼrinishiga koʼra:
1.1. Milliy valyutadagi pul mablagʼlari.
1.2. Xorijiy valyutadagi pul mablagʼlari.
2. Turgan joyiga qarab:
2.1. Kassadagi pul mablagʼlari.
2.2. Yoʼldagi pul mablagʼlari.
2.3. Bankdagi pul mablagʼlari.
3. Daʼvo muddtiga koʼra pul mablagʼlari.
3.1.Muddati oʼtib ketmagan pul mablagʼlari.
3.2. Daʼvo muddati oʼtib ketgan pul mablagʼlari.
va boshqalar.
Pul mablagʼlari hisobini toʼgʼri yuritishning muhim sharti boʼlib korxonalarda kassa xoʼjaligi va kassa operatsiyalarini belgilangan tartiblarda tashkil etish hisoblanadi.
Korxonalarda kassa xoʼjaligini va kassa operatsiyalarini tashkil etish tartiblari Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan va Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya Vazirligi tomonidan 1998 yil 17 dekabrda 565-tartib raqami bilan roʼyxatga olingan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini oshirish Qoidalari»ga va ularga kiritilgan oʼzgartirishlar va qoʼshimchalar bilan belgilangan.
Ushbu Qoidalarga asosan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar kassa xoʼjaligi oʼz ichiga quyidagi elementlarni oladi:
 kassa boʼyicha tayinlangan moddiy javobgar shaxs, yaʼni kassir;
 kassir bilan moddiy javobgarlik toʼgʼrisida tuzilgan shartnoma;
 belgilangan tartiblarga toʼliq javob beradigan kassa xonasi;
 kassa boʼyicha belgilangan hujjatlar tizimi.
Har bir korxona yoki tashkilot naqd pul bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun kassaga ega boʼlishi kerak. Naqd pullarni qabul qilish, berish va vaqtinchalik saqlash uchun moʼljallanib, maxsus jihozlangan hamda ajratib qoʼyilgan xona kassa deb nomlanadi.
Kassir – bu korxona shtat jadvalida belgilangan va shu lavozimga tayinlangan shaxs.
Kassa boʼyicha qatʼiy belgilangan hujjatlar tizimi mavjud. Bu tizimga kassa kitobi, kirim kassa orderi, chiqim kassa orderi, kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnali kiradi.
Kassa operatsiyalari deganda naqd pullar kirimi va chiqimiga oid kassa operatsiyalari tushuniladi.
Kirim kassa operatsiyalari – bu naqd pullarni kassaga turli manbalardan kelib tushushi.
Chiqim kassa operatsiyalari – bu naqd pullarni kassadan turli maqsadlarda chiqim qilinishi, masalan ish haqi, nafaqa, safar xarajatlari va boshqa maqsadlarda sarflanishi va berilishi, shuningdek kelib tushgan savdo tushumi va boshqa maqsadlarda olingan pullarning bankka topshirilishi.
Kassadagi pul mablagʼlarining sintetik hisobini yuritish uchun 21- son BHMSda 5010 «Milliy valyutadagi pul mablagʼlari» va 5020 «Chet el valyutasidagi pul mablagʼlari» schyotlar koʼzda tutilgan. Ushbu aktiv schyotlarning debet tarafida pul mablagʼlarining qoldiqlari va davr maboynidagi kirimlari, kredit tarafida esa ularning chiqimlari aks ettiriladi.
19-son BHMS “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʼtkazish”ga muvofiq respublikamizdagi barcha xoʼjalik yurituvchi subʼektlar kassasidagi pul mablagʼlari oyda bir marta inventarlanadi.
Kassada inventarizatsiya qilish uchun tashkilot rahbarining buyrugʼi bilan komissiya tayinlanadi. Ushbu komissiya kassada boʼlgan barcha pullar va boshqa pullik hujjatlarni varaqma-varaq qayta sanab chiqadi. Inventarizatsiya natijalari quyida keltirilgan maxsus naqd pul mablagʼlarini inventarlash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Korxonaning hisob-kitob schyotiga pul mablagʼlari naqd va naqdsiz yoʼllar bilan kelib tushadi.
Naqd pullar hisob-kitob schyotiga korxonaning oʼzi tomonidan topshiriladi. Buning uchun kassir yoki pul topshirish vakolati berilgan boshqa shaxs bankda “Naqd pul topshirishga eʼlon” hujjatini toʼldiradi.
Korxona zamon talablariga mos xolda elektron-banking xizmatlaridan foydalanadi. Oʼz hisob-kitob schyotlarini internet orqali boshqaradi. Buning uchun korxona direktori va bosh buxgalteri elektron imzolariga ega, korxona hisob-kitob schyoti ochilgan bankning bank-klient dasturiga kirib kerakli operatsiyalarni amalga oshiradi.
Kassa muomalalarini yuritish Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1998 yil 24 yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» bilan tartibga solinadi. Ushbu qoidaga muvofiq, barcha yuridik shaxslar, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, oʼzlarining pul mablagʼlarini bank muassasalarida saqlashlari shart.
«Yuridik shaxslar oʼrtasidagi hisob-kitoblar hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʼliq fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar bank muassasalari orqali faqat naqd pulsiz amalga oshiriladi.
Tashkilotlar tomonidan bank muassasalaridan olingan naqd pullar qanday maqsadlar uchun olingan boʼlsa, faqat shunga sarflanadi.
Tashkilotlarning kassadagi naqd pullar qoldigʼi limitlari doirasida naqd pullarga ega boʼlishlari mumkin. Kassalardagi naqd pullar qoldigʼi limitlari va tushumni ishlatish meʼyorlarini bank muassasalari ushbu tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda belgilaydi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari bundan mustasno. Zarur boʼlgan hollarda koʼrsatilgan limitlar qayta koʼrib chiqilishi mumkin.
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar savdo va maishiy xizmatlar sohasi tashkilotlarining tushumdan ish haqi, pensiya va nafaqalar toʼlashga foydalanishlari man etiladi» .
Kassa muomalalarini yuritish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U oʼzi qabul qilib olgan pul va boshqa boyliklarni but saqlashi uchun toʼliq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi.
Pul mablagʼlarini auditorlik tekshiruvidan oʼtkazishning asosiy maqsadi: korxona kassasidagi milliy (5010) va xorijiy valyutadagi (5020) naqd pul mablagʼlarini, bankdagi hisob-kitob (5110), valyuta (5200) schyotlari va boshqa maxsus (5500), pul ekvivalentlari (5610) hamda yoʼldagi pul (oʼtkazmalari) mablagʼlari (5710) schyotlariga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan oʼtkazib, moliyaviy hisobotning «Pul mablagʼlari» boʼlimi boʼyicha maʼlumotlarning ishonchliligi va bankdagi schyotlarda pul mablagʼlarini hisobga olish uslubiyotining Oʼzbekiston Respublikasida amal qilayotgan meʼyoriy hujjatlarga muvofiqliligi toʼgʼrisida xulosa bildirish, ularni saqlanishi va ishlatilishining maqsadga muvofiqligi, buxgalteriya hisobida toʼgʼri aks ettirilishi hamda qonuniyligini taʼminlashdan iborat.
O’zbekiston Respulikasi Moliya vazirligi 1998-yil 16-oktyabrda tasdiqlagan va O’zbekiston Respulikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 5-noyabr 519-son bilan ro’yhatga olingan “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” deb nomlangan BHMS-9 pul mablag’lariga shunday ta’rif berilgan:
“Pul mablag’lari – kassadagi naqd pul vatalab qilib olinadigan depozitlar , shuningdek, hisob-kitob, valyuta va boshqa bank hisob varaqlaridagi mablag’lardir”.
Ko‘rinishiga ko‘ra pul mablag‘lari ikki turga bo‘linadi:
*milliy valyutadagi pul mablag‘lari;
* xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari
Turgan joyiga qarab pul mablag‘lari quyidagi guruhlarga bo‘linadi (2.2 chizma).


Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling