Sodda gaplarda shakl va mazmun munosabati muommosi


II BOB. SODDA GAPNING TARKIBIY QISMLARI


Download 269.43 Kb.
bet7/9
Sana03.12.2023
Hajmi269.43 Kb.
#1798871
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SODDA GAPLARDA SHAKL VA MAZMUN MUNOSABATI MUOMMOSI

II BOB. SODDA GAPNING TARKIBIY QISMLARI
2.1.“ SODDA GAP VA UNING TURLARI
Ma’lumki, biz tashqi olam tasirida tug‘ilgan o‘y-fikr, his-tuyg‘u, istak-niyatlarimizni asosan, gaplar orqali ifodalaymiz va suhbatdosh-tinglovchiga yetkazamiz. Biz bunda maqsadimiz,sharoit-vaziyat, bilim va malakalarimizga bog‘liq holda gaplarning turli tiplaridan foydalanamiz. Ana shunday gaplardan biri bir sostavli deb ham yuritiladigan bir bosh bo‘lakli gapdir. Bir bosh bo‘lakli gap sodda gapning bosh bo‘laklarning miqdoriga ko‘ra bir turidir. Ma’lumki, bu jihatdan sodda gaplar ikkiga bo‘linib, uning boshqa bir turi ikki bosh bo‘lakli gap deyiladi. Bunday gaplarda fikr ikki bosh bo‘lak, ya’ni ega va kesimning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan gap orqali ifodalanadi. Masalan: Bahor keldi Olam anvoyi gullar bezagan ko‘m-ko‘k libosga burkandi.
Bir bosh bo‘lakli gapda esa fikr shaklan ega yoki kesimni eslatuvchi bitta bosh bo‘lak bilan ifodalanadi. Biroq bu bunday gaplarda ega yoki kesimning «tushib qolganligi»ni yoki yetishmasligini bildirmaydi ( U to‘liqsiz gap emas). Ikki bosh bo‘lakli gap ham fikrning to‘liq ifodasidir. Bir bosh bo‘lakli gap ham ikki bosh bo‘lakli gap singari odatdagi, normal hodisadir. Boshqacha aytganda, ikki bosh bo‘lakli gap ham, bir bosh bo‘lakli gap ham fikrning sodda gap shaklidagi grammatik jihatdan to‘liq shakllangan mustaqil yashash formasidir. Ular o‘rtasidagi farq bosh bo‘laklarning miqdorida, xolos. Bir bosh bo‘lakli gapda bir-biriga nisbat berib o‘rganiladigan ikki bosh bo‘lak bo‘lmaydi. Shuning uchun bu yerdagi bosh bo‘lakni kesim yoki ega deb tushunilmaydi. Biroq u o‘z logik-grammatik xususiyatlariga ko‘ra yo kesim sostavini, yo ega sostavini eslatib turadi. Jumladan: Bahor. Erta tong. Oydin kecha kabilar egani yoki ega sostavini eslatadi. Bu suvni ichib bo‘lmaydi. Avval o‘yla, keyin so‘yla. Ketsang-ketaver kabi gaplar esa kesim yoki kesim sostavidan iboratdir.
Xullas, bir bosh bo‘lakli gaplar ikki sostavli gapning kesimi yoki egasi tushib qolgan qismi emas. Ular fikrning bir bosh bo‘lak orqali ifodalangan mustaqil bir ko‘rinishidir. Shuning uchun to‘liqsiz gaplarni bir bosh bo‘lakli gap deb bo‘lmaydi, chunki to‘liqsiz gaplarda bo‘laklar sharoit talabiga ko‘ra haqiqatan tushirilgan bo‘ladi. Hozir qaysi fasl haqida gapirayotgan edik ? – Bahor. Buni: Bahor. Hamma yoq ko‘m-ko‘k qurshovidagi Bahor bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Birinchi holdagi Bahor to‘liqsiz gapdir, u aslida to‘ldiruvchining qisqargan shaklda ifodalangan (aslida Bahor haqida), kesim avvalgi so‘roqdan anglashilib turgani uchun tushirib qoldirilgan. Keyingi holdagi Bahor esa fikrning shu shakldagi normal ifodasidir. U sharoit tufayli kesimidan ajratilib ifodalanilayotgani yo‘q. U fikrning shunday holatdagi ifodasidir. Gapga xos tugallangan intonasiya bu so‘zga gaplik sifatini baxsh etadi. Bular aksariyat predmetning nomini bildiruvchi so‘zlardan tashkil topgani uchun atov gap yoki nominativ gap deb yuritiladi.
Bir so‘zning fikr ifodalovchi birlikka aylanishi so‘z-gaplarga ham xosdir. Biroq shundan kelib chikib, ularni bir bosh bo‘lakli gap deb bo‘lmaydi. Chunki so‘z-gap deb ataladigan Ha. Yo‘q. Mayli. Barakallo. Xayr. Bas. kabi sintaktik hodisalarni bo‘laklarga ajratib bo‘lmaydi.Ularni sintaktik tabiatiga ko‘ra ma’lum gap bo‘lagi deb hisoblash grammatik qonun-qoidalarga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday so‘zlar yaxlit holda gap hisoblanib, bir so‘zdan iborat bo‘lganligi uchun so‘z-gap deb yuritiladi va sodda gaplarning yana bir alohida turini tashkil qiladi.
Shu munosabat bilan bir bosh bo‘lakli gap bosh bo‘lagining sintaktik maqomini aniqlab berish ehtiyoji tug‘iladi. Bu o‘rinda bir bosh bo‘lakli gaplarda bir-biriga nisbatan belgilanadigan ikki bosh bo‘lak yo‘q, shuning uchun bir bosh bo‘lakli gap bosh bo‘lagini ega yoki kesim deb bo‘lmaydi, biroq shu bilan birga, ularni ana shu bosh bo‘laklarni eslatib turadi deyish bilan ham ish bitmaydi. Har qalay, bunday fikr-talqin masalaga oydinlik kiritmaydi. Bu yerda bir bosh bo‘lakli gap bilan predikativlik va predikativlikning asosiy ifodalanmishi bo‘lgan kesim munosabatlarining aniqlanishi bilan masala ijobiy hal etiladiganga o‘xshaydi.
Ma’lumki, gap hammadan burun obektiv borliqni ifodalaydi. Bu-ularning obektiv manosi, mazmuni. Biroq gap orqali obektiv borliq konkret holda emas, umumlashtirilgan holda, kishining jamiyat hayotida tug‘ilgan ijtimoiy ongi nuqtai nazaridan ifodalanadi. Bu shundan iboratki,gapning mazmunida obektiv borliqdan tashqari kishining o‘sha borliqqa munosabati ham ifodalanadi.Bu munosabat modallik deb yuritiladi. Biroq obektiv modallik gap mazmunidagi asosiy narsadir. Unga qo‘shiladigan modal mano grammatik abstraksiya xarakterida bo‘lib, gapda kommunikativ funksiya tufayli yuzaga keladi. Chunki gap faqat aloqa jarayonida tuziladi. Aloqa jarayonida gap tuzish degan so‘z – nimaningdir belgi- xususiyatini tasdiqlash yoki inkor qilish,nimaningdir mavjud yoki mavjud emasligini tasdiqlash (keng manoda : iltimos,buyruq ham nimaningdir mavjud emasligidan kelib chiqqan tasdiq) demakdir.Tasdiqlash yoki inkor qilish esa predikativlik hodisasi bo‘lib, modallik ana shu predikativlikning bir elementidir.
Modallik grammatik zamon va shaxs shakllari bilan qo‘shilib predikativlikni tashkil qiladi. Masalan, Endi yozganingni izohlab ber deyilganida anglashiladigan ma’lum shaxs va harakat uning obektiv (material) mazmuni bo‘lsa, o‘sha shaxsning harakatini tasdiqlaydigan so‘zlovchining aniq ishonchi, undash manosi (modallik), harakatning nutq so‘zlanib turgan paytdan oldin yuz berganligi manosi (o‘tgan zamon), harakatning boshqaruvchisi II shaxs ekanligi manosi birgalikda gapning predikativligini tashkil qiladi.
Demak, predikativlik gap manosini ifodalaydi. U gapning grammatik manosidir.
Predikativlik, odatda,bitta so‘zning shaxs-son formasi bilan ifodalanishi mumkin bo‘lgani uchun gap bitta so‘zdan (yoki so‘z formasidan) iborat bo‘la oladi.Masalan: Eshitdim.-O‘qituvchiman.
Ko‘rinib turibdiki, ushbu tavsif-nazariy ma’lumot Endi yozganingni izohlab ber. Eshitdim. O‘quvchiman gaplari misolida isbotlab berildi. Bu gaplar esa bir bosh bo‘lakli gaplardir. Ayni gaplarni sen endi yozganingni izohlab ber, men eshitdim. Men o‘qituvchiman tarzida shakllantirish mumkin. Shaklda o‘zgarish bo‘lgan bo‘lsa-da, mazmunda o‘zgarish yuz bergani yo‘q. Biz nima qildik? Biz bir bosh bo‘lakli gapni ikki bosh bo‘lakli gapga aylantirdik. Demak,biz mazkur gaplarga yana bitta bosh bo‘lak qo‘shdik. Bu bosh bo‘lak, ma’lumki, ega deyiladi. Demak, biz yuqorida keltirgan bir bosh bo‘lakli gaplar ikki bosh bo‘lakli gaplarning kesimi mavqeidagi bosh bo‘lakka egadir. Bundan boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas Chunki gapning mohiyatini belgilovchi grammatik mano-predikativlik va intonasion tugallik kesim orqali voqelanadi. Shu manoda yuqorida keltirilgan bir bosh bo‘lakli gaplarning bosh bo‘lagini bemalol kesim deyish mumkin. Bu nafaqat bosh bo‘lagi fel bilan ifodalangan bir bosh bo‘lakli gaplarga, balki Bahor. Ko‘m-ko‘k dala! tipidagi atov gaplarga ham taalluqlidir. Chunki mazkur so‘zlar intonasiya va sintaktik qurshov tufayli atalmishlarining nutq so‘zlanib turgan paytda mavjudligi to‘g‘risidagi hukmni ham bildiradi. Bu esa faqat kesimga xos xususiyatdir. Demak, Bahor. Ko‘m-ko‘k dala tipidagi bir bosh bo‘lakli gaplar kesimsiz ega gaplar emas,balki aslida kesimning o‘zidir.
1.I, II shaxs manosini ifodalovchi shaxsli fellar bilan. Masalan: Gektariga 40 sentnerdan hosil yigishtirib oldik. Borasan, nima uchun bormas ekansan ?
2. I, II shaxs tuslovchi qo‘shimchalarni olgan otlar, fe’ldan boshqa so‘zlar bilan: Masalan: Xo‘jalik suvchisiman. Uch bolaning otasiman. Erkakmisan?
3. I – II shaxsdagi buyruq –istak maylidagi fellar bilan :
Yur dalaga! Birga ketaylik. Bor. yo‘qol, Dada, bir o‘ynab kelay.
Bir kelib keting qishlog‘imizga.
Bir bosh bo‘lakli gaplar bilan ikki bosh bo‘lakli gaplar chog‘ishtirilsa, shu narsa ham aniq bo‘ladiki, birinchi tipdagi gaplarda eganing yo‘qligi fikr materialiga ta’sir etmaydi, u grammatik jihatdan shu konsturiksiyada zarur element sanalmaydi.
Bazan mazmun va grammatik xususiyatlariga ko‘ra egasi ifodalanmaydigan gaplarda ham eganing qo‘llanishini ko‘ramiz. Bu grammatik holat bilan emas, poetik, stilistik xususiyatlar bilan bog‘liq.
Shaxsi aniq gaplarning kesimi harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turganligi uchun egani qo‘llab ularni ikki bosh bo‘lakli gapga aylantirish mumkin. Biroq shaxsi aniq gaplarning shunday turlari ham borki, ular deyarli hamma vaqt bir bosh bo‘lakli bo‘lib, odatda egasiz kullanadi: bunday gaplarni ikki bosh bo‘lakli gapga aylantirib bo‘lmaydi. Anglashiladiki, shaxsi aniq gaplarning egasi umuman qo‘llanilmaydigan (ega olib, ikki sostavli gapga aylanmaydigan) ko‘rinishlari ham bor. Bunday bir bosh bo‘lakli gaplar-topishmoqlarda uchraydi. Chunki topishmoqlarning talabiga ko‘ra topilishi lozim bo‘lgan predmet aytilmaydi. Demak, bu topilishi lozim bo‘lgan predmet ega vazifasida kelishi lozim bo‘lganda yuz beradi. Masalan, Kunduzi yerga qaraydi, kechasi osmonga qaraydi. Bu gapning egasi zanjir(u) bo‘lsa ham, lekin u qo‘llanilmaydi (topiladigan narsa zanjirning o‘zi). 2.Vaqtingni yo‘qotding-baxtingni yo‘qotding, tipidagi makollarda uchraydi. Bu yerda “sen”ni qo‘llab bo‘lmaydi: umumiylik ma’nolari yo‘qoladi. Tuya ko‘rdingmi? -Yo‘q tipidagi gaplarda ham egani qo‘llab bo‘lmaydi. Bular ham shu tipdadir.
3.Kesim «ketsak-ketdik» formasidagi fe’ldan bo‘lgan gaplarda uchraydi. Bu fe’l kesim odatda birinchi, ikkinchi shaxs formasida keladi. qani, yursak-yurdik. Yozsang-yoz kabi.
4.Mang (maqol) kabi gaplarda uchraydi. Ma, mang so‘zlari shaxs bildiradigan fe’llar bo‘lgan, keyinchalik kesim kabi qo‘llanib ketgan.
Demak, bunday o‘rinlarda grammatik shaxs aniq bo‘lsa-da (shunga ko‘ra, u shaxsi aniq gaplardir), lekin ma’lum sabablarga ko‘ra ega qo‘llanmaydi.
Kesimi harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turmaydigan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi noaniq gap deyiladi. Masalan: Jo‘jani kuzda sanaydilar. Uni institutga qabul qilishdi. Bu tipdagi gaplarning kesimi 3-shaxs shaklidagi aniq fe’llardan bo‘ladi (kesimning 3 shaxs formasida bo‘lishi bu turdagi bir bosh bo‘lakli gaplar uchun tipik hodisadir). Biroq shunga qaramay, bajaruvchi shaxs-kesimdan anglashilgan harakatning bajaruvchisi aniq bo‘lmaydi. Demak,bunda grammatik shaxs aniq bo‘lsa-da,u konkret shaxsni anglatmaydi: u so‘zlovchi ham emas, tinglovchi ham emas,umuman o‘zga, boshqa shaxslar, o‘zgalar, kimlarligi noma’lum. Ular gapning harakatni bajaruvchisi to‘g‘risida bundan ortiq ma’lumot bera olmaydi, ular bir bosh bo‘lakli gapning ayni shunga-harakatning bajaruvchisini aniq ifodalash zarur bo‘lmagan holatlarga moslashgan, shunday ehtiyojdan tug‘ilgan turlaridir. Masalan: Dalada ish qizg‘in: bir tomonda ariq-zovurlarni tozalayaptilar, bir tomonda ko‘chat ekyaptilar, bir tomonda daraxtlarni oqlayaptilar.
Shaxsi noaniq gapning bosh bo‘lagi, asosan, quyidagi fe’llar bilan ifodalanadi:
1. Uchinchi shaxsning ko‘pligi formasidagi fe’l bo‘ladi: Muxbirlarni bu yoqqa kirgizmaydilar. Test savollarini uch oy oldin e’lon qiladilar.
1.Birgalik nisbatidagi fe’llar bilan ifodalanadi: Salimjonni institutga qabul qilishdi. Eshnazarovni 21-maktabda uchratish mumkin deyishdi. Shu o‘rinda takidlab o‘tish lozimki, shaxsi noaniq gaplarning katta guruhining kesimi aytmoq, demoq, ma’lumot bermoq, xabar bermoq, e’lon qilmoq kabi fe’llar bilan ifodalanib, asosiy fikr boshqa shaxs yoki shaxslarga taalluqli bo‘ladi, shuning uchun ham bu xil gaplarni yarim o‘zlashgan ko‘chirma gaplar deb atash mumkin. Masalan: Otam sayohatga ketgan deyishyapti. Uni Karim nonvoy deyishardi.
Yarim o‘zlashgan ko‘chirma gap tamoman muallif gapiga singdirib yuborilishi ham mumkin: Direktorning soat o‘nlarda bo‘lishini aytishdi.
2. Shaxsi noaniq gapning kesimi ba’zan 3-shaxsning birlik formasidagi fe’l bilan ifodalanadi: Hozir paxtani mashina bilan teradi. Xey, senga gapirayapti.
Ko‘rinadiki, shaxsi noaniq gaplarda bajaruvchi shaxs aniq bo‘lmaydi va uni ko‘rsatish talab ham qilinmaydi, odatda, bajaruvchi sifatida noma’lum bir qancha shaxslar tushuniladi. Chunki bu xil gaplarda bajaruvchi shaxs emas, balki ish-harakatning o‘zi birinchi o‘rinda turadi, asosiy diqqat shunga qaratilgan bo‘ladi.
Umumshaxsga,hammaga qaratilgan ish-harakatni bildiruvchi bir bosh bo‘lakli gap shaxsi umumlashgan gap deyiladi. Masalan: Bir yoqadan bosh chiqarib ishlaylik. Avlodlarga ozod va obod Vatan qoldiraylik. YEtti o‘lchab bir kes. Suyanmang, xavfli.


Download 269.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling