Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Ushbu mavzu o‘zbek
tilshunosligida qator tilshunoslar tomonidan o‘rganilgan. Jumladan,
G‘.Abdurahmonov, N. Mahmudov, A.Nurmonov, B.O‘rinboyev,
A.Sayfullayev, I.Toshaliyev va boshqalar tomonidan ushbu mavzning
sintaktik xususiyatlarini yoritishga qaratilgan tadqiqotlar mavjud. Lekin
bu tadqiqotlarda murakkablashgan sodda gaplarning tarkibiy tuzilishi va
nomlanishi yuzasidan bir to‘xtamga kelinmagan.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Yuqorida ta’kidlaganimizdek,
ushbu sintaktik birliklar yuzasidan turli munosabat va qarashlar mavjud.
Biz ushbu ishimizda ustozlarning fikrlarini inobatga olga holda,
murakkablashgan sodda gaplar xarakterini chuqurroq o‘rganishga qaror
qildik. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagilarni o‘rganishni
vazifa qilib oldik.
- mavzu yoritilgan barcha ilmiy adabiyotlarni o‘rganib chiqish;
-ushbu mavzu yuzasidan boshqa tillarda yaratilgan asarlar va
ulardagi fikrlarni aniqlash;
- badiiy adabiyotlardan mrakkablashgan sodda gaplarga xilma-xil
misollar to‘plash;
- barcha materiallarni o‘rganish, taqqoslash natijasida o‘z fikrmulohazalarimizni o‘rtaga tashlash.
Kurs ishining obyekti. Ushbu mavzu yuzasidan tadqiqot obyekti
sifatida tilshunoslikning sintaksis bo‘limiga oid tadqiqotlarni o‘rganib
chiqish, ularni bir-biriga taqqoslash masalasi olindi. Shuningdek, turli
janrdagi badiiy adabiyotlardan murakkablashgan sodda gaplarga misollar
topish, ularni qiyoslash va xulosalar chiqarish ham tadqiqot obyektiga
kiradi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Ushbu
Kurs ishining mumiy tavsifi, kirish, ikki asosiy bob,
umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib,
jami----- betni tashkil etadi.
1 BOB. Murakkablashgan sodda gaplar haqidagi nazariy qarashlar
1.1. Sodda gap va murakkablashgan sodda gaplar.
Do'stlaringiz bilan baham: |