Sodda psixik bilish jarayonlari diqqat


Ixtiyordan so‘nggi diqqat


Download 1.17 Mb.
bet2/5
Sana24.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1293899
1   2   3   4   5
Bog'liq
SODDA PSIXIK BILISH JARAYONLAR

Ixtiyordan so‘nggi diqqat.

Diqqatning yana bir turi mavjud. Ixtiyoriy diqqatga o‘xshash, maqsadga yo‘nalganlik xususiyatiga ega bo‘lib, va dastlab iroda kuchini talab etadi, lekin keyinchalik odam ishga «kirib boradi»: faoliyatning natijasi emas, balki, uning mazmuni va jarayoni ham qiziqarli bo‘lib, ahamiyat kasb eta boshlaydi. Bunday diqqat N.F. Dobrinin tomonidan ixtiyoriydan keyingi diqqat deb nomlandi. Masalan, o‘quvchi qiyin arifmetik masalani echa turib, dastlab, unga ma’lum kuch sarf etadi. Masala murakkab, o‘quvchi chalg‘ iy boshlaydi. U o‘zini, irodasini ishga solgan holda, masalani echishga majburlaydi.

Tabiiy diqqat o‘zida axborot yangiligi unsurini tashuvchi, u yoki bu tashqi va ichki rag‘ batlarga nisbatan tanlab javob qaytarishning tug‘ ma qobiliyati ko‘rinishida odamga tug‘ ilishi bilanoq beriladi. Tabiiy diqqat faoliyatini ta’minlovchi asosiy mexanizm taxminiy refleks deb ataladi.

  • Tabiiy diqqat o‘zida axborot yangiligi unsurini tashuvchi, u yoki bu tashqi va ichki rag‘ batlarga nisbatan tanlab javob qaytarishning tug‘ ma qobiliyati ko‘rinishida odamga tug‘ ilishi bilanoq beriladi. Tabiiy diqqat faoliyatini ta’minlovchi asosiy mexanizm taxminiy refleks deb ataladi.
  • Ijtimoiy belgilangan diqqat hayot davomida ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadi, hulq-atvorning iroda tomonidan boshqarilishi, ob’ektlarga tanlab ongli ravishda javob qaytarish bilan bog‘ liq bo‘ladi.
  • Bevosita diqqat odamning ehtiyojlari va dolzarb qiziqishlariga mos keladigan va o‘zi yo‘naltirilgan ob’ektdan tashqari, hech bir narsa tomonidan boshqarilmaydi.
  • Bilvosita diqqat maxsus vositalar, masalan, imo-ishoralar, so‘zlar, ko‘rsatkich belgilar, jismlar yordamida boshqariladi.
  • Hissiy diqqat afzalligiga ko‘ra, hissiyotlar va his-tuyg‘ u organlarining tanlab ta’sir ko‘rsatish faoliyati bilan bog‘ liq.
  • Intellektual diqqat fikrning yo‘nalganligi va jamlanganligi bilan bog‘ liq.
  • Hissiy diqqatda ong markazida biror-bir hissiy taassurot joylashgan bo‘ladi, intellektual diqqatda esa qiziqish ob’ekti bo‘lib g‘ oya xizmat qiladi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling