Sodda tizimlar haqida tushunchalar


Avtomatlashtirilgan ilmiy tadqiqotlar tizimlari


Download 26.5 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi26.5 Kb.
#1506036
1   2   3   4
Bog'liq
SODDA TIZIMLAR HAQIDA TUSHUNCHALAR

Avtomatlashtirilgan ilmiy tadqiqotlar tizimlari. ATTda axborot texnologiyalari quyidagi vazifalarning bajarilishi uchun foydalanishi mumkin:

  • jarayonlarni boshqarish va asl, tabiiy (natural) eksperimentlarni o‘tkazish natijalarini qayta ishlash;

  • murakkab jarayonlarni modellash;

  • ekspertiza o‘tkazish va uni qayta ishlash;

  • hisobot va hujjatlarni idora kichik tizimida qurilgan komponentlar sifatida tayyorlash;

  • eksperimental ma’lumotlar bazasini qo‘llab-quvvatlash;

  • axborot-izlash, bibliografik va ekspert tizimlarini barpo etishda texnik vosita sifatida chiqish.

Ko‘rsatilgan komponetlar nisbati konkret ilovalarga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin.
ATT yuqori malakali katta mehnatni talab etuvchi murakkab dasturiy – texnik komplekslarni o‘zida namoyon etadi. Ko‘pgina sanoat ATTlarining qiymati millionlab dollar turishi bejiz emas. Xatto shaxsiy kompyuterdan foydalanilgan holda shaxsiy hisoblashga yo‘naltirilgan ATT ham ancha qimmat turadi. Masalan, ATTning Avto Disk firmasi ishlab chiqqan Avto CAD paketi versiya narxi 4000 dollar turadi.
Belgilangan maqsadlar va cheklanishlarni qondiruvchi yangi mahsulot yaratish vazifasi qo‘yilgan har bir joyda shundan foydalanish mumkin. Hozirgi paytda ATT mashinasozlik va radioelektronika kabi sohalarda eng ko‘p tarqalgan. Biroq ATTdan yangi namunadagi texnologiyalar yaratiladigan boshqa ko‘plab sanoat tarmoqlarida foydalanish mumkin. SHu bois ATT qurilishda ham, o‘yinchoqlar ishlab chiqarishda ham, nozik avtomatlashgan tizimlar arxitekturasini loyihalashda ham bir xil muvaffaqiyat bilan qo‘llaniladi. Xalq ho‘jaligining turli tarmoqlari uchun ATTni loyihalash jarayonlari juda ko‘plab umumiy xususiyatlarga ega. Avtomatlashgan loyihalashga bunday qarash yagona tamoyillar tizimini ishlab chiqish uchun asos yaratadi.Axborot uzatish uchun mo‘ljallangan har qanday fizik jarayonning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi signal deb ataladi. Signallarga misol sifatida inson nutqi (tovushi), Morze kodi, telefon simlaridagi kuchlanish, radio yoki televideniye uzatkichlarida hosil bo‘ladigan elektromagnit maydon, optik toladagi yorug‘likning o‘zgarishi kabilarni keltirish mumkin. Shovqin ham xuddi signalga o‘xshab vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi jarayondir. Ammo u hech qanday axborotni o‘z ichiga olmaydi. Shuning uchun u signalga zararli ta’sir qiluvchi jarayondir. Turli tizimlar signallar yordamida boshqariladi. Agar tizimning kirishiga bitta yoki bir nechta signal berilsa, ushbu tizim chiqishida bitta yoki bir nechta signallar hosil bo‘lishi mumkin. 1.1-rasmda bitta kirish va bitta chiqishga ega tizimning blok sxemasi keltirilgan. 1.1-rasm. Bitta kirish va bitta chiqishli tizimning blok sxemasi Aloqa tizimida uzatkich signalni shakllantiradi va uzatadi, qabul qilgich esa ushbu signalni qabul qilib oladi. Uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar oralig‘i aloqa kanali deb yuritiladi. Uzatkich, qabul qilgich va aloqa kanaliga har doim shovqin ta’sir etadi (1.2-rasm). Uzatkich, aloqa kanali va qabul qilgich qurilmalari tizimning tashkil etuvchilari yoki tizim osti qismlari deb yuritiladi. Tizimni tadqiq qiluvchi, ya’ni fizik hodisalar (harorat, bosim, tezlik va b.) ni o‘lchash qurilmalari ham tizimlar qatoriga kiradi va ushbu qiymatlarni kuchlanish yoki tok, signalga aylantiradi. Tijorat binolarining nazorat tizimlari (1.3-rasm), sanoat korxonalarining nazorat tizimlari (1.4-rasm), zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinalari (1.5-rasm), samolyotlardagi aviasion radioelektronika qurilmalari, avtomobillardagi o‘t oldirish va yoqilg‘i Tizim Kirish signali Chiqish signali Kirish Chiqish 6 nasos vositalari va boshqalar signallar asosida ishlovchi tizimlarga misol bo‘la oladi
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling