So'fizoda yo'lchi yulduz gulnavoz Mamadaliyeva


Download 237.33 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi237.33 Kb.
#1491069
Bog'liq
Gulnavoz Mamadaliyeva



Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
20 
SO'FIZODA - YO'LCHI YULDUZ 
 
Gulnavoz Mamadaliyeva 
magistrant (NamDU) 
Annotatsiya: Mazkur maqolada Buyuk O‘zbek shoirlaridan biri, ma’rifat jarchisi, haqiqat 
tarafdori bo‘lgan, Muhammadsharif So‘fizodaning ijod yo‘nalishi, yoshlarni ma’rifat egasi 
bo‘lishi uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilganligi, ijtimoiy dard kuychisi ekanligi yoritilgan. 
Bundan tashqari uning ijod namunalari xalqona ruhda ekanligi va tarbiyaviy ahamiyatga 
egaligi alohida o‘rinda keltirilgan. 
Kalit so‘zlar: Muhammadsharif So‘fizoda, haqiqatgo‘y, ma’rifatparvar, yangi usul 
maktab, qushlar, xotin-qizlar, ilm-fan, 
 
Yuksak ma’rifat egasi, o‘z davrida achchiq, kinoyali qalam tebratishdan cho‘chimagan, 
maslak-e’tiqoddan hech qachon qaytmaydigan adiblarimizdan biri Muhammadsharif 
So‘fizodadir. U 20- yillardagi she’rlari bilan yangi o‘zbek poeziyasini yaratishda samarali 
xizmat qilgan shoirlarimizdandir. So‘fizoda ijodi, shuningdek, aynan kimga qaratilgani aniqligi 
bilan ham ajralib turadi. U o‘z asarini sodda, o‘sha davr adabiy til me’yoriga to‘la rioya qilgan 
holda yozgan. Davridagi vaziyatdan cho‘chimay, ochiq oydin ijodini cheklamagan, 
nohaqliklarga ko‘z yumib ketmagan. Qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar she’rlarini aytib 
yuboravergan, yoki eshik, devorlarga yozib ketgan. Masalan: 
Ishchi davlat sinfidan bir dasta vijdoni kasal, 
Yig‘ladi yolvordi, ,,yo‘qsulman‘‘, dedi, oldi amal... 
Yig‘la yetmay suvchi meshidek shishib bo‘ldi tarang, 
Men agar yolg‘on desam insof ko‘zi bilan qarang. 
She’r amaldorlardan biri, Sho‘rolar idorasida ishlaydigan Qayum maxsumga atab 
yozilganligi bilinib turardi, hatto So‘fizoda she’rni uning idorasi eshigiga yozib, Maxsumning 
sifatini aynan keltirgan edi. 
Muhammadsharif So‘fizodaning taxsinga sazavor amalga oshirgan ishlari ko‘p. Ulardan 
biri yangi usul maktabi ochganligidir, yana uning e’tiborga loyiq islohoti o‘z davri ayol, qizlarni 
ma’rifatparvarlikka chorlaganligidadir. 
Bu haqida shoirning zamondoshi O‘g‘iljon Xolboyeva yoshligini xotirlab: ,,Otam rahmatli 
mullo kishi edilar. Shuning uchun bo‘lsa kerak hamma farzandlari o‘qimishli, jumladan men 
ham eski maktabda o‘qiyotgan qizcha edim. Mahallamizdagi Zubayraxon otinda saboq olib, 
biroz savodim chiqqan edi. Kunlarning birida firqa aktivlari kelib: ,,Yangi maktabda 
o‘qiysanmi?‘‘- deb so‘radi. Men rizo bo‘lsam-da, onam bir daqiqa ko‘z yosh qilib oldilar, 
so‘ngra rozilik berdilar. 
Biz Kamsadada ochilgan ,,Uchtilxona‘‘ ga yetib keldik. Xonaga hammadan keyin kirib 
bordim, xonada chiroyligina, qoraqosh, qomatli kishi kutib oldilar. Bu ustoz So‘fizoda edilar. 
Bir ozdan so‘ng men tomonga yuzlanib, savolga tutdilar: 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
21 

Qayerda o‘qigansiz? 

Zubayraxon otinda. 

I – e, bizning qarindoshda o‘qigan ekansizda, - deb menga nazar tashladilar. 

Qaysi kitoblardan saboq oldingiz? 

Ko‘p kitoblarni o‘qidim, hozir ,,Amriy‘‘ni o‘qiyapman, - deb javob berdim. Xontaxta 
ustidagi kitoblarni olib o‘qib berishimni aytdilar. O‘qiganimdan so‘ng, qanoat hosil qildilar 
shekilli, suhbatni davom ettirib: 

Endi bizda o‘qiysizmi? 

Ha, - deb rozilik bildirdim. 

Har kuni ertalab o‘qishga kelib, peshinda uyga qaytasiz. 
O‘sha kundan boshlab yangi usul maktabida ta’lim ola boshladim. Darslar davomida 
ustoz: ,,Bu yerlar ziyoratgoh joylar, pokiza bo‘lib yuringlar‘‘, - der edilar.Olti oy deganda 
yangicha o‘qish va yozishni o‘rganib oldim. Yil oxirida hamma qatori o‘qish va yozishni 
o‘rganib oldim. Yil oxirida hamma qatori menga kech o‘qiganligimdan shahodat beruvchi 
qog‘oz topirdilar.‘‘ – deb aytgan. 
Dunyoda o‘qituvchilik ishidan ham og‘irroq va sharafliroq, undan ham buyukroq ish 
bo‘lmasa kerak. Chunki o‘qituvchi inson farzandini haqiqiy kamolot sari yetaklaydi. Har 
qanday jamiyatning inqirozi-yu tanazzuli, ravnaqi-yu istiqboli uning maktabga, ta’lim-
tarbiyaga va ayniqsa, o‘qituvchiga bo‘lgan munosabati bilan o‘lchanadi. 
Davr mutaassiblari So‘fizodaning maktablari tarqalishiga g‘ov bo‘lib, maktablarini 
berkitib, o‘zini quvg‘in qiladi. Ammo baribir ziyo tarqatishdan qaytmaydi. 
Ilg‘or ma’orifchi Muhammadsharif So‘fizoda ,,ona bo‘lg‘uvchi qobila qizlar‘‘ning ahvoliga 
achinadi, ularning ilm-fan egalari bo‘lishlarini orzu qiladi: 
Bechora ona bo‘lg‘uchi qobila qizlar, 
Nozik qo‘liga olmay, o‘tar xoma va daftar. 
Ibrat ko‘zimiz ko‘r, haqiqat qulog‘imiz kar, 
So‘z to‘g‘risi shul, bizda bor avra va na astar 
Shoir o‘z davri qiz va ayollarini ma’rifat egasi qilish uchun bor kuchi bilan harakat qilgan. 
U o‘z asarlarida ayollarning erk-ozozdliki, ilm-ma’rifatga qiziqishi, ota-onasining ra’yidan 
chiqolmay taqdir hukmiga bo‘yin egishini asarlarida yoritib bergan. Masalan: ,,O‘qing, onalar‘‘ 
deb nomlangan she’rida ma’rifatdan uzoqda savodsiz, omi bo‘lib qolayotgan ayollarning 
huquqini himoya qilgan holda ilm o‘rganishga chaqiradi. 
Muncha yomon sho‘rladi, peshonalar, 
Qizlarimiz joriyayi xonalar, 
Siz edingiz jonlara jononalar, 
Qadringizni bilmadi debonalar. 
Qumri bilan bulbulu bedonalar, 
Yaxshi o‘qir, siz ham o‘qing, onalar. 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
22 
She’r boshlanishidan, davr ayolining holiga achinishdan boshlangan. Baxti qaroligidan 
peshonasi sho‘r bo‘lgan ayollarning xonlarning cho‘risiga aylangani, qadrsizlangani 
ko‘rsatilgan. 
Qushlar jahon xalqlar mifologiyasida katta ahamiyatga ega bo‘lib, voqealar jarayonida 
birdaniga paydo bo‘luvchi, qahramonlarga yordam beruvchi va vaziyatni keskin o‘zgartiruvchi 
unsur sifatida e’tirof etiladi. Ular, asosan, ilohiyot bilan odamlarning o‘rtasidagi ko‘prik 
sifatida, yuksaklik va osmon ramzi timsolida talqin qilingan. 
Qushlar timsoli boshqa ko‘pgina xalqlardagi singari turkiy xalqlar mifologiyasida ham 
ilohiy olam bilan muloqot qiluvchi vosita sifatida ifodalangan. Tasavvuf adabiyotida qush 
timsoli Tangrisini izlayotgan solik(ning ko‘ngli yoki ruhi) shaklida qabul qilinadi. 
Qumri ham mumtoz adabiyotimizda sayroqi qush sifatida tasvirlanadi. Bulbul esa Sharq 
adabiyotida ,,oshiq‘‘ ramzida kelishi nafaqat adabiyotshunoslarga, balki barcha she’riyat 
muxlislariga ma’lum. Bedana ham insonlarga zavq beruvchi, ovozi yoqimli qushdir. 
So‘fizodaning ushbu she’rida qumri, bulbul, bedanalarni ovozi jarangdorligi, sayroqiligi 
bilan ajralib turishi nazarda tutilyapdi. Onalarni ham nutqingiz shu qushlar kabi jarangdor 
bo’lsin deb onalarni undayapdi. Shuning uchun har to’rt misradan so‘ng takror qo‘llagan. 
Millati islomiyaning bonusi, 
O‘zbek elening qorako‘z ohusi, 
Kar qilur bir kun jahl og‘usi, 
Ilmu amal ushbu kasal dorusi. 
Qumri bilan bulbulu bedonalar, 
Yaxshi o‘qur, siz ham o‘qing, onalar. 
Quyidagi misrada esa, ayollarni islom dunyosining bonulari, o‘zbek xalqining qorako‘zlari 
deya go‘zal ta’riflar orqali ifodalayapdi. Ushbu tuzmdan norozilik g’azabi bir kuni quloqlarni 
kar qilish darajasigacha yetadi va faqat buning davosi ilm-ma’rifat ekanligi uqtirilgan. 
So‘fizoda nega aynan onalarga o‘qing deb undayapdi? Hozirgi zamon tibbiyoti bola 
tarbiyasini ona qornidan boshlash kerakligini uqtiradi. Zero, ziyoli onadan, ziyoli farzand 
dunyoga keladi. Uzoqni ko‘ra olgan So‘fizoda esa buni oldindan bilib onalarga qarata aytgan. 
Ma’rifat egalari qancha ko‘p bo‘lsa, davlat ham gullab yashnaydi. 
So‘fizoda jaholat va nodonlik bosh ko‘tarib, ayollarni o‘qishga tashviq qilganiga 
,,Xonimlar isminda‘‘ she‘ridan bilishimiz mumkin. 
Na yerda qizlar uchun maktab etdingiz ta’sis, 
Na yerdadir u kitoblarki, biz o‘qib yozolim. 
Misrada: qayerda qizlar uchun maktab tashkil etdingiz, o‘sha kitoblar qayerda biz 
o‘qib,yozamiz. She’r xonimlar nomidan aytilgan bo‘lib, ilm o‘rganishga ishtiyoqi bayon etilgan. 
Deyursizlar uquyung vera eskilarda deyor
Usuli savtiya maktablarin yiqib yoqolim. 
Ma’nosi, o‘qing dersizlar eski maktablarda, usuli savtiya (harf-tovush maktablarini) 
yo‘qotib. 
Ajab shoshiradi bizi turli-turli tashviqot, 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
23 
Omon sho‘roilarning hangi birisin soyolim. 
Ma’nosi, bizni shoshiradi turli-tuman tashviqot, sho‘roilarga qanaqa nom beraylik. 
Darhaqiqat So‘fizoda adabiyotga ijtimoiy dard bilan yonib kirgan shoirlardan edi.U 
safdoshlari kabi ma’rifatparvar shoir sifatida tanildi. 
Uning yana boshqa bir she’rida quyidagi misralar uchraydi: 
Xonim, suyukli soching vor, na sud shonasi yo‘q, 
Ochib desam so‘zimi ma’rifat nishonasi yo‘q. 
Ma’nosi: xonim sevikli soching bor,lekin g‘unchasi yo‘q, so‘z aytaman desam, 
ma’rifatning belgisi yo‘q. 
Shoir tutqun va turg‘un o‘lkada she’riyatning o‘tkir g‘oyaviy qurol bo‘la olishini chuqur 
his etadi va o‘z qalamida ma’rifatni tarannum etadi. 
Shoir fikrini band etgan muammolar uning huzur-halovatini yo‘qotib, unga tinchlik 
bermagan va umrining so‘ngigacha fikrida sobit qolgan. Buni esa haqiqiy ma’rifat jarchisi 
deyish mumkin. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1.Mirvaliyev.S O‘zbek adiblari,-T.:,O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi ,,Fan‘‘,1993. 
2.Qosimov.B, Ahmedov.S, Dolimov.U. Tanlangan asarlar.-T.: Ma’naviyat.1999. 
3.Husaynxon.O.Muhammadsharif So‘fizoda. Namangan. 2007. 

Download 237.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling