Sog’ tanda-sog’lom aql


Download 38 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi38 Kb.
#1436939
Bog'liq
Sog\' tanda sog\'lom aql


“Sog’ tanda-sog’lom aql.”
-Salom so’zi muqaddas
Salom o’zi muqaddas
Avvalo haqqa salom
Qadrdon xalqqa salom
-Quyosh osmon hammaga
Do’st qadrdon o’rtoqqa
Tog’a xola ammaga
Salom deymiz hammaga
-Assalomu alaykum mehri daryo ustozlar.Ilmga chanqoq o’quvchilar.Xush kelibsiz bizning “Sog’ tanda sog’lom aql” mavzusidagi mavzuli davraga.
-So’g’lik-bu go’zallikdir.Ozodalik bu sizning sog’ligingizdir odamlar sizga havas bilan qarashadi,bunda siz nima ishga qo’l urmang uni bajara olasiz.
Aziz:Tozalik sog’lik garovidir
Javlon:Ozodalik sog’likni asraydi
Javohir:Toza qo’llar pokizalik manbai
Dilnoza:Toza qo’llar hayotni asraydi
Nargiza
Sog’lom bo’lish uchun ovqatlanishdan oldin va keyin qo’llaringni tozalab yuv
Muzaffar:
Tozalab yuvdi Lola
Qo’l kirini sovunlab
Yumshoqqina sochiqqa
Artda so’ngra tozalab
Sahna ko’rinishi:
Tirnoq ostidagi dushmanlar.
Jasmina
Iflos qo’l bilan ovqat yeganda mikroblar oshqozoningizga tushadi.Oshqozonda ular kasallik qo’zg’atuvchi parazitlarga aylanadi.
Sabina
Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh
esa assambleyasi va Yunisef hamda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti hamkorlikda 2008-yil 15-oktabr kunini “Xalqaro toza qo’llar kuni”deb e’lon qildi.
Jasmine:Sog’lom bo’lay desangiz
Epchil bo’lay desangiz
Har kun erta turiboq
Yugurishni boshlangiz
Sport sog’lik garovi
Oshno bo’lgan insonga
Vaqtni boy bermasdan
Shug’ullaning sizlar ham.
-Bolalar tanamizning sog’lom,vujudimizning baquvvat bo’lishiga har qanday boshqa narsalarga nisbatan muhtojroqmiz.Zero barcha hayotiy ishlarimiz badan salomatligi orqali vujudga keltiriladi.Dunyoning barcha davlati salomatlik davlatiga yetmaydi.
Muxlisa:Ertalab yuz qo’llarni
Tishlarni yuvish kerak
O’ynab kelsak qo’llarni
Sovunlab yuvish kerak
Tushlik kechki ovqatdan
Oldin yuvamiz yana
Bu odatlarning bari
Deyilar “Gigiyena”
Amir:Tirnoqlar o’sib yursa
Kiyim boshlar kir bo’lsa
Yuvilmasa mevalar
Qaynatilmasa suvlar
Yashaydi unda g’ij-g’ij
Ko’zga ko’rinmaydi sira
Kasalliklar tashuvchi
Ming oyoq “Bakteriya”
Javohir:Tong uyqumni shart bo’lib,
Juda barvaqt turaman.
Jismim kuchga to’lsin deb,
Yuguraman yelaman
Mashq qilaman erinmay
Hammadan oldin turib
Ruhimni va tanamni
Chiniqtirdim yugurib
Javlon:Sport haqida har on
So’zlayman bo’lib shodon
Shug’ullansa har inson
Sog’lom bo’lar begumon
Mehrangiz:Har gal uyqudan turib
Badantarbiya qiling
Bir necha bor yugurib
Badanni chiniqtiring
Aziz:Sport do’stingiz bo’lsa
Uzoq umr ko’rasiz
Tanangiz kuchga to’lsa
Siz baxtiyor yurasiz
Nargiza:Hozir ko’plab tengdoshlar
Sport bina hamnafas
Bizmiz barkamol yoshlar
Bizga sport bo’lsa bas
Kamola:Erinmasang sakrasang
Koptok bilan o’ynasang
Bo’lasan tezda sog’lom
Kuchli epchil gar bilsang.
Sevinch:Kashandalik,ichkilik
Asli zahar deydilar
Azoblangan ko’pchilik
Chunki ruhan o’ldirar
Nargiza:Sog’lom bola el ko’rki,
Deydi dono xalqimiz.
Polvon bola eng zo’ri
Deydi ona xalqimiz
Yurtboshimiz atganidek
Ishonchimiz bu yurtning
Kelajagi oq oydin
Quvonchimiz bu yurtning
Doim sog’lom bo’laylik
Chaqqon polvon bo’laylik
Umida:Doim harakat qiling
Baquvvat bardam bo’ling
Bunga e’tibor berib
Sizlar sportni seving
Umidjon:Xoxishla tanlang birin
Qiziq voleybol turin
Sportdagi eng zo’rin
Sizlar sportni seving
Navro’z:Chiniqing suvda suzing
Kurashing dunyo kezing
Futbol jamoa tuzing
Sizlar sportni seving
Shamshod:Yuguramiz chopamiz,
Goho koptok tepamiz
Shundan sog’lom ertamiz,
Sportchi bolalarmiz.
Imran:Ko’plab vitaminga boy
Xo’p foydali mahsulot
Ovqat hazmida yordam
Meva hamda sabzavot
Javohir:Salomatlik haqida maqollar
Kamola:Osoyishtalik-eng yaxshi malham
Jasmina:Ko’zing og’risa,qo’lingni uy
Iching og’risa nafsingni uy.
Dilnoza:Sog’lik umrning garovi
Ozod:Oz yesang,ko’p yashaysan
Nargiza:Bemorning ko’nglini ko’tarib qo’yish-unga yarim sog’liq baxsh etishdir.
Nima bo’lar?
Navro’z:Tashqarida muz,qahraton
Qor bo’ralab,tursa bo’ron
Boshga kiyilmasa qalpoq
Cho’ntakdan chiqmasa qo’lqop
Nima bo’lar?
Asila:Azob bersa birdan tishing
Yoqadimi yumush ishing
Oliftalik qilib o’rtoq
O’ramasang ip-bo’yinbog’
Nima bo’lar?
Javohir:Qulay bo’lsa etiging gar
Sovuq qishda joning kirar
Suvga to’lar etik ichi
Yursang doim ko’lmak kechib
Nima bo’lar?
Parvina:Tani sog’lik-jonga garov,
Xulosani yasa darrov.
O’zni o’zing asramasang
Senga sog’lik bermas birov
Mehrangiz:Men baxtiyor bolaman
Har kun kuchga to’laman
Sog’lom tanda- sog’ aql
Sog’lom bola bo’laman
Ozod:Maktab sari otlanib
Ilmu zarga shaylanib
Kimyogarga aylanib
Sog’lom bola bo’laman
Suxrob:Men baxtiyor bolaman,
Ko’krak kerib yuraman
Ozod hur zamonda
Sog’lom bola bo’laman
Imran:Vatanim ozod bo’lsin
Baxtimsan-O’zbekiston
Bunda yayrab bolajon,
Sog’lom bola bo’laman
Sahna ko’rinishi:Tanisihatlik-tuman boylik
Qo’shiq:Salimjon-nimjon
Ibn Sino bobo-ulashar davo
Mehrangiz:Xom suvni ichma,
Sog’liqdan kechma
Suxrob:Yeb bo’lib ovqat,
Yugurma faqat
Dilnoza:Oshni taklifsiz,boshlar tartibsiz.
Ozod:Ozoda hovli kasaldan xoli.
Ma’mura:Ko’p dardga asos,shamollash xolos.
Shamshod:Badantarbiya-kuch etar hadya
Ruxshanda:Yurmoqlik iflos,kasalga asos.
Amir:Og’rimay desang,chay meva yesang
Ozod:Kim harakatda-sog’lom albatta
Ruxshona:Hid chiqsa tishdan,
Tish chiqar ishdan
Sevinch:Tozalik yog’I,yengadi sovun
Umidjon:Hatto soch tarash,sog’liqqa qarash
Ruxshanda:Har qanaqa chang,songa solar chang
Muzaffar:Tish yuvsang oqshom,og’izga orom
Parvina:Yuqumli kasal aldaydi har gal.
Javlon:Gohida sog’liq,naslga bog’liq
Jasmine:Ariq bulg’atish-kasal qo’zg’atish
Amir:Yashirin kirib,kelarkan gripp
Sabina:Oyoq kiyiming-bo’lsin biroz keng
Aziz:Pasta tish cho’tka,chiqmasin chetga
Muxlisa:Pashshadan kasal,tarqar har mahal.
Qo’shiq:Barkamol avlod.
Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling