Sog’ tanda-sog’lom aql
Download 38 Kb.
|
Sog\' tanda sog\'lom aql
“Sog’ tanda-sog’lom aql.” -Salom so’zi muqaddas Salom o’zi muqaddas Avvalo haqqa salom Qadrdon xalqqa salom -Quyosh osmon hammaga Do’st qadrdon o’rtoqqa Tog’a xola ammaga Salom deymiz hammaga -Assalomu alaykum mehri daryo ustozlar.Ilmga chanqoq o’quvchilar.Xush kelibsiz bizning “Sog’ tanda sog’lom aql” mavzusidagi mavzuli davraga. -So’g’lik-bu go’zallikdir.Ozodalik bu sizning sog’ligingizdir odamlar sizga havas bilan qarashadi,bunda siz nima ishga qo’l urmang uni bajara olasiz. Aziz:Tozalik sog’lik garovidir Javlon:Ozodalik sog’likni asraydi Javohir:Toza qo’llar pokizalik manbai Dilnoza:Toza qo’llar hayotni asraydi Nargiza Sog’lom bo’lish uchun ovqatlanishdan oldin va keyin qo’llaringni tozalab yuv Muzaffar: Tozalab yuvdi Lola Qo’l kirini sovunlab Yumshoqqina sochiqqa Artda so’ngra tozalab Sahna ko’rinishi: Tirnoq ostidagi dushmanlar. Jasmina Iflos qo’l bilan ovqat yeganda mikroblar oshqozoningizga tushadi.Oshqozonda ular kasallik qo’zg’atuvchi parazitlarga aylanadi. Sabina Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh esa assambleyasi va Yunisef hamda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti hamkorlikda 2008-yil 15-oktabr kunini “Xalqaro toza qo’llar kuni”deb e’lon qildi. Jasmine:Sog’lom bo’lay desangiz Epchil bo’lay desangiz Har kun erta turiboq Yugurishni boshlangiz Sport sog’lik garovi Oshno bo’lgan insonga Vaqtni boy bermasdan Shug’ullaning sizlar ham. -Bolalar tanamizning sog’lom,vujudimizning baquvvat bo’lishiga har qanday boshqa narsalarga nisbatan muhtojroqmiz.Zero barcha hayotiy ishlarimiz badan salomatligi orqali vujudga keltiriladi.Dunyoning barcha davlati salomatlik davlatiga yetmaydi. Muxlisa:Ertalab yuz qo’llarni Tishlarni yuvish kerak O’ynab kelsak qo’llarni Sovunlab yuvish kerak Tushlik kechki ovqatdan Oldin yuvamiz yana Bu odatlarning bari Deyilar “Gigiyena” Amir:Tirnoqlar o’sib yursa Kiyim boshlar kir bo’lsa Yuvilmasa mevalar Qaynatilmasa suvlar Yashaydi unda g’ij-g’ij Ko’zga ko’rinmaydi sira Kasalliklar tashuvchi Ming oyoq “Bakteriya” Javohir:Tong uyqumni shart bo’lib, Juda barvaqt turaman. Jismim kuchga to’lsin deb, Yuguraman yelaman Mashq qilaman erinmay Hammadan oldin turib Ruhimni va tanamni Chiniqtirdim yugurib Javlon:Sport haqida har on So’zlayman bo’lib shodon Shug’ullansa har inson Sog’lom bo’lar begumon Mehrangiz:Har gal uyqudan turib Badantarbiya qiling Bir necha bor yugurib Badanni chiniqtiring Aziz:Sport do’stingiz bo’lsa Uzoq umr ko’rasiz Tanangiz kuchga to’lsa Siz baxtiyor yurasiz Nargiza:Hozir ko’plab tengdoshlar Sport bina hamnafas Bizmiz barkamol yoshlar Bizga sport bo’lsa bas Kamola:Erinmasang sakrasang Koptok bilan o’ynasang Bo’lasan tezda sog’lom Kuchli epchil gar bilsang. Sevinch:Kashandalik,ichkilik Asli zahar deydilar Azoblangan ko’pchilik Chunki ruhan o’ldirar Nargiza:Sog’lom bola el ko’rki, Deydi dono xalqimiz. Polvon bola eng zo’ri Deydi ona xalqimiz Yurtboshimiz atganidek Ishonchimiz bu yurtning Kelajagi oq oydin Quvonchimiz bu yurtning Doim sog’lom bo’laylik Chaqqon polvon bo’laylik Umida:Doim harakat qiling Baquvvat bardam bo’ling Bunga e’tibor berib Sizlar sportni seving Umidjon:Xoxishla tanlang birin Qiziq voleybol turin Sportdagi eng zo’rin Sizlar sportni seving Navro’z:Chiniqing suvda suzing Kurashing dunyo kezing Futbol jamoa tuzing Sizlar sportni seving Shamshod:Yuguramiz chopamiz, Goho koptok tepamiz Shundan sog’lom ertamiz, Sportchi bolalarmiz. Imran:Ko’plab vitaminga boy Xo’p foydali mahsulot Ovqat hazmida yordam Meva hamda sabzavot Javohir:Salomatlik haqida maqollar Kamola:Osoyishtalik-eng yaxshi malham Jasmina:Ko’zing og’risa,qo’lingni uy Iching og’risa nafsingni uy. Dilnoza:Sog’lik umrning garovi Ozod:Oz yesang,ko’p yashaysan Nargiza:Bemorning ko’nglini ko’tarib qo’yish-unga yarim sog’liq baxsh etishdir. Nima bo’lar? Navro’z:Tashqarida muz,qahraton Qor bo’ralab,tursa bo’ron Boshga kiyilmasa qalpoq Cho’ntakdan chiqmasa qo’lqop Nima bo’lar? Asila:Azob bersa birdan tishing Yoqadimi yumush ishing Oliftalik qilib o’rtoq O’ramasang ip-bo’yinbog’ Nima bo’lar? Javohir:Qulay bo’lsa etiging gar Sovuq qishda joning kirar Suvga to’lar etik ichi Yursang doim ko’lmak kechib Nima bo’lar? Parvina:Tani sog’lik-jonga garov, Xulosani yasa darrov. O’zni o’zing asramasang Senga sog’lik bermas birov Mehrangiz:Men baxtiyor bolaman Har kun kuchga to’laman Sog’lom tanda- sog’ aql Sog’lom bola bo’laman Ozod:Maktab sari otlanib Ilmu zarga shaylanib Kimyogarga aylanib Sog’lom bola bo’laman Suxrob:Men baxtiyor bolaman, Ko’krak kerib yuraman Ozod hur zamonda Sog’lom bola bo’laman Imran:Vatanim ozod bo’lsin Baxtimsan-O’zbekiston Bunda yayrab bolajon, Sog’lom bola bo’laman Sahna ko’rinishi:Tanisihatlik-tuman boylik Qo’shiq:Salimjon-nimjon Ibn Sino bobo-ulashar davo Mehrangiz:Xom suvni ichma, Sog’liqdan kechma Suxrob:Yeb bo’lib ovqat, Yugurma faqat Dilnoza:Oshni taklifsiz,boshlar tartibsiz. Ozod:Ozoda hovli kasaldan xoli. Ma’mura:Ko’p dardga asos,shamollash xolos. Shamshod:Badantarbiya-kuch etar hadya Ruxshanda:Yurmoqlik iflos,kasalga asos. Amir:Og’rimay desang,chay meva yesang Ozod:Kim harakatda-sog’lom albatta Ruxshona:Hid chiqsa tishdan, Tish chiqar ishdan Sevinch:Tozalik yog’I,yengadi sovun Umidjon:Hatto soch tarash,sog’liqqa qarash Ruxshanda:Har qanaqa chang,songa solar chang Muzaffar:Tish yuvsang oqshom,og’izga orom Parvina:Yuqumli kasal aldaydi har gal. Javlon:Gohida sog’liq,naslga bog’liq Jasmine:Ariq bulg’atish-kasal qo’zg’atish Amir:Yashirin kirib,kelarkan gripp Sabina:Oyoq kiyiming-bo’lsin biroz keng Aziz:Pasta tish cho’tka,chiqmasin chetga Muxlisa:Pashshadan kasal,tarqar har mahal. Qo’shiq:Barkamol avlod. Download 38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling