Tuzuvchilar: Chilonzor Abu Ali Ibn Sino
nomidagi jamoat salomatligi
texnikumi katta o‘qituvchisi
M.X.Kozokboyeva.
Takrizchilar: Chilonzor Abu Ali Ibn Sino
nomidagi jamoat salomatligi
texnikumi o‘quv ishlari buyicha
direktor o‘rinbosari K G Abduraximova
1.O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar
O‘quv dasturining
nomi
|
Yuqumli kasalliklar.
|
Ajratilgan
soat
|
96
|
Mavzular soni
|
15
|
Dasturning maqsadi
|
-yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi ,rivojlanishi va kechishini chuqur o‘rgatish;
-o‘quvchilarni fanga oid bilimlarini tizimli yo‘sinda umumlashtirish orqali yuqumli kasalliklar etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi , davosi va profilaktikasi to‘g‘risidagi bilimlarni takomillashtirish;
-bevosita yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar bilan o‘zaro muloqot kilish , ularni obyektiv tekshiruv orqali ,taxlil qilish orqali kasallik to‘g‘risida to‘g‘ri xulosalar chiqarish;
- bemorlarni kasalliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan xolda parvarishlash;
- laboratoriya tekshiruvlarga material yig‘ish, shoshilinch xolatlarda birinchi yordam ko‘rsatish ,bemorlar davosiga oid muolaja va ko‘nikmalarni takomillashtirish, mustaxkamlash.
|
O‘zlashtirish
(o‘qitish)
natijalari
|
Stomatologik kasalliklar soxasida qon orqali kelib chiqadigan kasalliklarning xususiyatlarini;
qon infeksiyalarini oldini olishni;
Yuqumli kasalliklarni etiologiyasi,
epidemiologiyasi , asosiy klinik
belgilari , davosi . laboratoriya tashxisoti va profilaktikasini bilish ;
- Bemorlarni obyektiv va subyektiv tekshirishni, bemorlardan laborator tekshiruv uchun material yig‘ishni , tibbiy xujjatlarni to‘ldirishni ,kasbiy zararlanishni oldini olishni , yuqumli kasalliklarga qarshi chora tadbirlarni o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
|
Bilim
|
Stomatologik kasalliklar soxasida qon orqali kelib chiqadigan kasalliklarning xususiyatlari, kasalliklar xususiyatlari;
yuqumli kasalliklar epidemiyasiga qarshi chora –tadbirlarni o‘tkazish;
qon infeksiyalarini oldini olishni;
Yuqumli kasalliklarni etiologiyasi epidemiologiyasi asosiy klinik belgilari , davosi , laboratoriya tashxisoti va profilaktikasini bilishi kerak ;
|
Ko‘nikma
|
Bemorlarni obyektiv va subyektiv tekshirishni, bemorlardan laborator tekshiruv uchun material yig‘ishni, tibbiy xujjatlarni to‘ldirishni, kasbiy zararlanishni oldini olishni yuqumli kasalliklarga qarshi chora tadbirlarni o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
-mavzuga oid berilgan amaliy ko‘nikmalarni harakat algoritmini ketma-ketligini bajarish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |