Sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi


Qanday asbob tanlash kerak?


Download 71.02 Kb.
bet2/5
Sana14.05.2023
Hajmi71.02 Kb.
#1460635
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nodirbek Biofizika 1-mustaqil ish.

Qanday asbob tanlash kerak?
Mustaqil foydalanish uchun avtomatik tonometr (qon bosimini o‘lchash asbobi) ko‘proq mos keladi, chunki yolg‘iz holatda stetoskop bilan urinishlar noqulay va natija noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Ba'zi turdagi avtomatik tonometrlar ham doimo aniq natijani ko‘rsatmaydi.
Nomunosib rostlangan manjyet razmeri ham o‘lchov natijasiga o‘z ta'sirini ko‘rsatishini inobatga oling. Shuning uchun ham xarid qilish jarayonida qo‘lning tonometr qamrab oluvchi aylanasini o‘lchab ko‘ring. 
Asbob natijani ko‘rsatish vaqtida chalkashmasligi uchun tonometrni dorixonalar yoki maxsus tibbiy uskunalar uchun mo‘ljallangan do‘konlardan sotib oling va mablag‘dan tejab qolish haqida o‘ylamang. Ishlatishdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing (hatto ushbu maqolani o‘qigandan keyin ham) va batareyalarni vaqtida almashtirib turing.
Bosimni qanday o‘lchaymiz?
Shoshilmang. Tinch vaziyatda 5 daqiqa o‘tiring, kuchli yuklamalardan so‘ng darhol tonometrni ishlatish yaramaydi. O‘lchab ko‘rishdan avvalgi yarim soat davomida chekmang va kofe ichmang.
Orqangiz tekis holatda bo‘lishini ta'minlash uchun stulga o‘tiring. Oyoqlarni chalishtirmang. Ular yer yuzasiga tizzalar yuqoriga ko‘tarilmaydigan holatda qo‘yilishi kerak. 
Manjyetni qo‘lga muammosiz kiygizish uchun yengni qayirish yoki yaxshisi uzun yengli kiyimni yechib qo‘yish kerak. 
O‘lchanayotgan qo‘l shunday qo‘yilishi kerakki, tonometr manjyeti taxminan yurak bilan bir chiziqda bo‘lsin. Ba'zida bu holatni bajarish uchun qo‘l ostiga yostiqcha qo‘yish zarur bo‘ladi.
Manjyetni to‘g‘ri taqing. Uning quyi qismi tirsak bukiladigan joydan 2-2,5 sm yuqorida bo‘lsin.
Manjyetni uning ostida 1 yoki 2 barmoq sig‘ishi mumkin bo‘lgan darajada torting. Tonometrning sezuvchi elementlari pulsni aniqlashi uchun uning naychasi tirsakning ichki qismidan chiqishi kerak.
Barcha naychalar tekis, o‘ralmagan bo‘lishi va halqa holatida emasligiga ishonch hosil qiling. Bu qiyin emas, shu ko‘rinishda o‘tirish kifoya:

Dasturni ishga tushirishingiz bilan tonometr manjyetni havoga to‘ldiradi yoki bu ishni mustaqil amalga oshirasiz (bu siz qaysi modelni sotib olganingizga bog‘liq). Asbob havoni chiqarib yuborguncha kuting yoki klapanni oching va havoni o‘zingiz chiqaring. 
Tonometr ko‘rsatkichini yozib olib bir necha daqiqadan so‘ng jarayonni ikkinchi qo‘lda qaytaring.

Download 71.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling