Sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi
Download 0.78 Mb.
|
o`zbek majmua tkk oxirgisi (3) (2)
Shifobaxsh vannalar.
Umumiy va maxalliy bo‘ladi. Vannalar kunora va kuni tayinlanadi. Shifobaxsh vannalar tarkibiga kepak, kraxmal, xar xil o‘tlardan tayyorlangan damlamalar, gorchitsalar ko‘shilishi bilan farq qiladi. Vannani tayyorlashdan oldin uni yaxshilab yuvib dezinfeksiyalash kerak. Shifobaxsh vannalarni kunning istalgan paytida qabul qilish mumkin, lekin engil nonushtadan 30-40 dakikadan so‘ng yoki tushlikdan 2-3 soat o‘tgandan so‘ng qabul qilish maksadga muovofikdir. Agar kasal charchagan bo‘lsa vanna qabul kilmasdan va qabul kilgandan keyin yarim soat dam olish kerak. Umumiy vanna qabul kilayotganda suv kasalning ko‘krak qafasini yuqori qismidan boshqa hamma yerini koplab turishi kerak. Kasal vannada tinch, bemalol hamma muskullari bo‘shashgan xolda yotishi kerak. Ayrim xollarda vanna /masalan gorchitsali/ qabul kilayotgan kasalning boshiga va yuragi ustiga sovuq /30-32S / kompress tayinlanadi. Umumiy issiq vannalar o‘tkir respirator kasalliklarida qo‘llaniladi. Bolani 37 S temperaturali vannaga yotqiziladi, so‘ngra uning oyoq qismiga issiq suv ko‘yilib, suv temperaturasini 39-40Sgacha ko‘tariladi. Vannaning qabul qilish vaqti 2-5 dakika bo‘lib, davolash kursi 4-6 marta bo‘ladi. Bola tanasini vannadan so‘ng quruq kilib artib adyolga o‘rab, issiq choy ichiriladi. Kraxmalli vannalar terini yumshatadi va uni kichishini kamaytiradi. Bu vannani ekssudativ diatezda qo‘llaniladi. Kartoshka kraxmalini (100 gr bir chelak suvga) sovuq suvda eritib, vannada aralashtiriladi. Vannadagi suv xarorati 37-380C bo‘lib, 7-10 dakika davomida xar kuni yoki kunora, bir kursga 10-12 ta vanna tayinlanadi. Sodali vannalar / bir osh koshik soda bir chelak suvga/ xam teri kichishini koldiradi Kaliy permanganat bilan qabul kilingan vanna esa dezinfeksiyalovchi taʼsir kilganligi uchun ularni teri kasalliklarida va bichilishda tayinlanadi. Vannaga kaliy permaganatning 5% li eritmasi, to suv okish kizg‘ish rangga kirgunga kadar ko‘shiladi. Vannadagi suv xarorati 36-37S bo‘lib, 5-10 dakika davomida qabul kilinadi. Bir kursga esa 6-8 ta vanna tayinlanadi. Gorchitsali vannalar nafas yo‘llari yallig‘langanda, zotiljam, bronxit, bo‘g‘im kasalliklarida tayinlanadi. Buning uchun 10 litr suvga 100 gr quruq gorchitsa olinadi, gorchitsani suvga solmasdan oldin uni issiq suvda yaxshilab aralashtirib olish kerak, chunki uni parlari burun shillik qavatini va ko‘zni achitadi. Vannadagi xarorat 36-38 S bo‘lishi kerak. Bolani vannada to uning terisi engil kizarguncha koldiriladi.Shu tarika maxalliy vannani, yaoni oyoqlarga xam tayyorlanadi, lekin bunda suvning xarorati 2- 3 S ga baland, qabul qilish vaqti esa 10- 15 dakika bo‘ladi. Vannaga bolani oyog‘i tushuriladi, uni oyog‘i va tog‘oracha adyol bilan o‘raladi. Vanna qabul kilgandan so‘ng bolani tez o‘rniga yotkazish va issiq o‘rab ko‘yish kerak. Xvoyli vannalar asab tizimining funksiyasi buzilgan bemorlarga tayinlanadi. Bu vannani tayyorlash uchun suyuk xvoy ekstrakti 2-3 ml - bir chelak suvga , yoki 1-2 choy koshik maydalangan kukun bir chelak suvga solinadi.Vannadagi xarorat 36-37 S bo‘lib , 7-10 dakika davomida qabul kilinadi. Bir kursga esa 15-20 ta vanna tayinlanadi. Natriy xloridli (tuzli) vannalar modda almashinuvini yaxshilab, organizmning tonusini oshiradi. Shuning uchun raxitni davolashda ishlatiladi va teri kasalliklarida man kilingan. Qaynatilgan 10 litr suvga 100-150 gr tuz solinadi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga suvning xarorati 36-36,5 S dan asta-sekin xar 3-4 kunda 35 S gacha tushiriladi.Vannani qabul qilish 3 dakikadan 10 dakikagacha, bunda xar 2-3 vannadan so‘ng qabul vaqti 1 minutga uzaytirilib boriladi. Vannani kunora yoki kuni tayinlanadi. Bir kursga esa 15-20 ta vanna qabul qilish kerak. Tuzli vannadan so‘ng bolalarni qaynatilgan suvda chayintiriladi, suv orati 1 S pastrok bo‘lishi kerak, yaxshilab artiladi, adyolga o‘raladi, o‘ringa yotqiziladi. Sachratki o‘tidan tayyorlangan vanna teri kasalliklarida va yuvintirishda ishlatiladi. Bolalar vannasi uchun 1 stakan sachratki damlamasi kifoya. Damlama 1 osh koshik maydalangan sachratki o‘tini 1 stakan qaynatilgan suvga solib tayyorlanadi. / 10 dakika turishi kerak /. Romashkali vannalar /maxalliy/ shillik qavatlarning xar xil yallig‘lanish kasalliklarida ishlatiladi. Damlama 1 osh koshik o‘tni 1 stakan qaynagan suvga solib tayyorlanadi. / 10 dakika damlanadi/. TESTLAR 1.2 yoshli bola.Eksudativ kataral diatez bilan og‘rigan.Bolaga qanday sbat tavsiya etiladi. A. apelsinli B. pomidorli. V. kulupnayli G. uzumli D. olmali 2. Bolada raxit belgilari bor. Qanday vannani qo‘llash maksadga muovik. A. natriy xlorli B. kraxmalli V. xvoyli G. moychechak va sachratki o‘tli D. kaliy permanganatli 3. Yuzaki yoki ichkariga tarkalangan yarali- nekrotik jarayon nima deb nomlanadi. A. Yotoq yara B. Bichilish V. Issiqlik toshishi G. Abssess D. eroziya 4. Romashkali damlamani tayyorlash uchun 1 stakan qaynagan suvga kancha quruq o‘tni olish kerak? A. 1 osh koshik B. 2 osh koshik V. 3 osh koshik G. 4 osh koshik D. 5 osh koshik 5. Yotoq yaralarni davolashda qaysi dorilarni ishlatish mumkin? A. 1% anilin eritmasini, 1% xloramin eritmasini B. Vishnevskiy mazi , 1% xloramin eritmasini V. 1% anilin eritmasini, Vishnevskiy mazi G. 1% xloramin eritmasini D. Gipertonik eritmasi Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling