Sog'liqni saqlashni mablag' bilan ta'minlash asoslari va
Download 290.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu №17
Sog'liqni saqlashni aniq iqtisodiyoti faoliyatining taxlilining 8
ta asosiy yo'nalishi quyidagicha. • Sog'liqni saqlashning tarmoqdan tashqari iqtisodiy samarasini asoslash (tibbiy xizmatni ko'rsatishga qaratilgan xarajatlarning xalq xo'jaligidagi samarasi) • Tarmoqni samaradorligi va sog'liqni saqlashdagi mavjud resurslarning taxlili • Sog'liqni saqlashda mexnatni me'yorlashtirishning nazariy va amaliy masalalari • Aholini davolash-profilaktika xizmatiga bo'lgan extiyojini qondirish imkoniyatlarini iqtisodiy asoslash • Sog'liqni saqlashni boshqarishning xo'jalik mexanizimi takomillashtirish • Sog'liqni saqlash muassasalari rahbarlarini xuquqlarini kengaytirilishi tufayli sog'liqni saqlashni mablag' bilan ta'minlash masalalarini optimallashtirish. • Kriteriyalarni (mezonlarni) ishlab chiqish va sog'liqni saqlashdagi qiymatli ko'rsatkichlardan foydalanish. • Eksperimental yo'nalish – sog'liqni saqlashda iqtisodiy tadqiqotlar Sog'liqni saqlashni iqtisodiyoti, uning ilmiy va amaliy faoliyatini hisobga olgan holda quyidagi muammolar bilan shug'ullanadi: - Aholining salomatlik ko'rsatkichlari dinamikasini aniq sanoat ishlab chiqarish hajmiga ta'siri, xususan alohida kasalliklarni oldini olishning iqtisodiy samarasi; - Profilaktik tadbirlarning iqtisodiy samarasi, aholining tibbiy xizmatga bo'lgan extiyoji va uni iqtisodiy, ijtimoiy axamiyatini hisobga olgan holda qondirish darajasi: - Mehnat xarajatlarini hisobga olgan holda sog'liqni saqlash uchun zarur bo'lgan mexnat resurslarini xajmini aniqlash - Sog'liqni saqlash tizimidagi asosiy jamg'armalarni ortishini ta'minlovchi kapital sarmoyalarning samaradorligi sog'liqni saqlashga kapital sarmoyalar dinamikasini belgilovchi omillarni taxlilini baholash - Sog'liqni saqlashning normal faoliya ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan material xarajatlarning xajmini aniqlash: - Aholiga tibbiy xizmatni taklif etish va tibbiy muassasalar tarmog'ini joylashtirish, tibbiy xizmatning eng samarador shakillarini tanlash - Alohida diagnostik va davolash choralarining qiymatini aniqlash - Sog'liqni saqlashning ichki rezrevlari va ularning ishlatilishini taxlil etish. Sog'liqni saqlashda tibbiy ijtimoiy dokturlar samaradorligini baxolashning uslublari O'tkazilgan tadqiqotlarning umumiy tomoni shu bo'ldiki, davolash- profilaktika muassasalari faoliyati turli qirralarining qiymatli ko'rsatkichlarini aniqlash, shuningdek aniq nozologik shakillardagi kasalliklar tufayli aholining kasallanishi va o'limini kamaytirishdagi iqtisodiy samaradorlikni hisoblash bo'ldi.
Bunda iqtisodiy samaradorlikning formulasi quyidagicha bo'ldi Iqtisodiy samaradorlik = iqtisodiy samara kattalik xarajatlar Mavjud o'rin fondida foydalanish samaradorligini taxlil etish uslubi quyida keltiriladi Kasalxonalarda o'rinlarni turib qolishi nafaqat aholiga ko'rsatilayotgan statsionar yordamning xajmini qisqartiradi va umuman tibbiy xizmat ko'rsatishni yomonlashtiradi. Bu xolat shu bilan bog'liqki o'rinlarini ta'minlashga bo'lgan xarajatlar bemorlarni ovaqatlanishi va dori- darmonlarni xarid qilishga ketgan xarajatlardan tashqari o'rinlar faoliyat ko'rsatayotgan vaqtlarda ham olib boriladi.
Bitta o'rin-kunning hisobdagi va amldagi qiymatlari orasidagi farq o'rinlarni turib qolishi natijasida kelib chiqadigan iqtisodiy yo'qotishlarning kattaligi hakida fikr yuritish imkonini beradi. Bunda o'rin kunlarning hisobli raqami (soni) yil davomida o'rinning optimal bandligi asosida olingan bo'ladi.
Masalan, N-tumanidagi markaziy tuman shifoxonasida o'rinning optimal o'rtacha bandlik vaqti hisoblanganda 325 kunni tashkil etgan, amalda esa o'rin o'rtacha 320 kun band bo'lgan, shunday qilib yil davomida xar bir o'rin 5 kun turib qolgan. Bitta o'rinning turib qolish kunlari sonini o'rinlarning yillik o'rtacha soniga ko'paytirib butun kasalxona bo'yicha o'rinlar turib qolishining umumiy o'rinlar sonini aniqlaymiz 5 kun x300 o'rin =1500 o'rin kun Faraz qilaylik, ushbu kasalxona statsionarini ta'minlash uchun bir yilda amaldagi xarajatlar 95. 944 bajarilgan o'rin –kunlari bo'lgani xolda 41.316.000 so'mni tashkil etdi. Hisoblaganda ushbu kasalxona 97.500 o'rin kun bajarishi kerak (300 ta yillik o'rtacha o'rinlarning 325 kuni)
Ushbu ma'lumotlar bo'yicha N-tumandagi kasalxonadagi o'rinlarni turib qolishi natijasida kelib chiqadigan iqtisodiy yo'qotishlar quyidagicha hisoblanadi Bitta o'rin-kunga ketgan xarajatlar (amaldagi) =41. 316. 000 944 kun =400 so'm 31 tiyin Hisoblash ma'lumotlari bo'yicha bitta o'rin kunga =41. 316. 000 97. 500 = 400 so'm 24 tiyin Bitta o'rin-kunning hisobdagi va amaldagi qiymatlari orasidagi farq quyidagini tashkil etadi. 400 so'm 31 tiyin –400 so'm 24 tiyin = 0 so'm 07 tiyin Xozirgi davrda vaqtincha mexnatga layoqotsizlik yoki nogironlikni kamaytirish yoki oldini olishga qaratilgan davolash-profilaktika chora- tadbirlarning samaradorligini o'rganishga qaratilgan ishlar aloxida axamiyat kasb etmoqda.
Vaqtincha mexnatga layoqotsizlikning iqtisodiy samarasi tejalgan mehnat xajmi orqali o'rganiladi:
R=Q xP
Bu yerda: R- boshlang'ich iqtisodiy natija Q- yil xajmida tejalgan mexnat P- bitta ishchi hisobiga nisbatan olingan yillik milliy daromad Inson umrini saqlab qolishning iqtisodiy samarasini baholash uslubi Bevaqt o'lim tufayli xalq xo'jaligining yo'qotishlari (Usm) nafaqa yoshigacha yashay olmagan yillari uchun ishlab chiqarilmagan milliy daromatning kattaligi bo'yicha aniqlanadi, ya'ni
Usm=D xNg xUum D- yil davomida bitta ishchi tomonidan ishlab chiqariladigan milliy daromad, so'm; Ng –bitta o'lgan odamga nisbatan nafaqa yoshgacha yashay olmagan yillarni o'rtacha soni Uum –nafaqa yoshga yetmay o'lgan shaxslar soni Xisoblashning bu usulda bevaqt o'limni kamaytirishdagi samara bazis yiliga nisbatan xisobot yilidagi milliy daromadning oldi olingan yo'qotishlarning yig'indisi ko'rinishida namoyon bo'ladi. Nogironlikning kamaytirishning iqtisodiy samarasini baholash Mexnat qobiliyatini to'liq yo'qotish bilan bog'liq nogironlikda xalq xo'jaligidagi yo'qotishlar quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi:
• nogironlik natijasida ishlab chiqarilmagan milliy daromad (sof maxsulot) • ijtimoiy ta'minot bo'yicha nafaqalar • nogironlarga ko'shimcha tibbiy xizmat ko'rsatish bo'yicha qo'shimcha xarajatlar • nogironlarni malakasini o'zgartirish bo'yicha o'qitishdagi xarajatlar Nogironlikdan iqtisodiy yo'qotishlarni (Un) hisoblashda quyidagi formulani qo'llash mumkin: Un =(Dp +Pso +Lp) +N xn
Dp-nogironlik natijasida 1 ta ishchi tomonidan ishlab chiqarilmaydigan milliy daromadni qiymati Pso –nogironlik bo'yicha nafaqalarning yillik o'rtacha miqdori Ln – bitta nogironga tibbiy xizmat ko'rsatish uchun yil davomida ketgan qo'shimcha xarajatlar, so'm N –nogironlar soni P- bitta nogiron tomonidan nogironlik bo'yicha yo'qotilgan o'rtacha mexnat yillari
Davolash muddatlarining qisqarishi natijasida kasalxonalarning byudjet vositalarini shartli ravishda samaradorligini aniqlash Kasalxona muassasalari faoliyatiga iqtisodiy tasnif berishda o'rinning yil davomidagi ishlashining rejali ko'rsatkichlarining bajarilishini taxlil etish muhimdir. Statsionarning o'rin-kunlar bo'yicha rejani (Us) bajara olmaganligi bilan bog'liq iqtisodiy yo'qotishlar quyidagi formula orqali hisoblanishi mumkin
Us =(B-Pm) +1-Kf/ Kp B - kasalxonaning smetasi bo'yicha xarajatlar Pm – ovqatlanish va dori darmonlarga bo'lgan xarajatlar miqdori Kp – rejali o'rin- kunlar soni Kf – amaldagi o'rin-kunlar soni
Taxminiy soddalashtirilgan xisoblashlar uchun: Us =0,75 xB x1- Kf /Kl
Bu yerda – 0,75 –bo'sh qolayotgan o'ringa bo'lgan xarajatlarni band bo'lgan o'ringa bo'lgan xarajatlarga o'rtacha nisbatini aks ettiruvchi koeffitsiyent Ma'ruzaning ta'minoti Jadvallar bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari, tibbiyot marketingini turlari, marketing yo'nalishlarining moxiyati, narxlarning turlari
Talabalarning mustaqil ishlari Tibbiy yordamning asosiy turlarini qiymati kasallanishdan ko'rilgan zarar va uni xisoblash usullari Nazorat savollari 1. Tibbiyot muassasalarining moliyalashtirishning manbalariga nimalar kiradi 2. Bepul tibbiy xizmat ko'rsatish tizimlariga nimalar kiradi 3. Sog'liqni saqlashga qaratilgan moliyaviy sarf-xarajatlarni rejalashtirilganda qanday ko'rsatkichlar e'tiborga olinadi. 4. Byudjet tuzish boskichlari nimalardan iborat. Shifoxona smetasini tuzishda nimalarga e'tibor berish kerak 5. Bozor iqtisodiyoti deganda nima tushuniladi 6. Tibbiyot marketingi nimalardan tashkil topgan 7. Sog'liqni saqlash tizimida qanday marketing prinsiplari amal qiladi 8. Narxning turlariga nimalar kiradi 9. Sog'liqni saqlashni aniq iqtisodiyoti faoliyatining taxlilining qanday yo'nalishlari mavjuddir Download 290.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling