Sog'liqni saqlashni mablag' bilan ta'minlash asoslari va
Download 290.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu №17
Bozor munosabati, sog'liqni saqlashda qiymat va narx
navo xosil bo'lishining toifalari Bozor –bu ayir boshlash jarayoni bo'lib uni savdo bilan aralashtirmaslik kerak. Bozor –bu muhim iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Savdo esa iqtisodiyotning bir bo'lagi hisoblanadi. Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o'rtasida pul orqali ayir boshlash jarayonida sodir bo'ladigan munosabatlar yig'indisidir. Bunda bozorning asosini joy emas, balki tovar va pulning xarakati tashkil etadi.
Bozorda xech qanday boylik yaratilmaydi, ishlab chiqarilmaydi, kishilarga baxt, rizq-ro'z ham ulashilmaydi, lekin unda minglab korxonalarda ishlayotgan mexnatkashlar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlar, ko'chmas mulklar, iqtisodiy sarmoyalar, ishchi kuchi pulga sotiladi va sotib olinadi. Unda oldi soti jarayonidagi zarur bo'lgan xizmatlar bajariladi. Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi xarakati yotadi. Xozirgi davrda bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo'jaligi sub'yektlari iqtisodiy xatti xarakatlarning erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar pul mexanizmi orqali bir-biriga bog'lanib muvofiqlashuvi tushuniladi. Odatda bozor xo'jaligining barcha asosiy sub'yektlari 3 ta guruxga bo'linadi: • - uy xo'jaliklari • - korxonalar tadbirkorlik sektori) • - davlat
Uy xo'jaliklari – iqtisodiyotning iste'molchilik sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birligi. Uy xo'jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish soxalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste'mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo'jaliklari mulkdor va ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi.
Korxonalar (tejamkorlik sektori). Bu daromad olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo'g'inlaridir. U ish yuritish uchun o'z kapitalini yoki qarz olingan sudasini ishga solishni taqazo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi.
Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo'ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan xar xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo'ladi
Bozor iqtisodiyotining muxim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat: - turli shakillardagi mulkchilikning mavjud bo'lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi; - tadbirkorlik va tanlov ekanligi; - raqobat kurashining mavjudligi; - davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi - korxona va firmalarning ichki va tashqi shart- sharoitlar, o'zgaruvchanligiga moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyoti asosan quyidagi 2 ta afzalliklarga ega: 1. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi – bozor tizimi shaxsiy manfatni shunday boshqaradiki, u jamiyatda mavjud resurslardan zarur tovarlarni eng ko'p miqdorda ishlab chiqarishni ta'minlaydi. 2. Erkinlik- bozor tizimi foydasi xisobiga muhim noiqtisodiy dadil xizmat qiladiki, u shaxsiy erkinlik roliga ustivorlik beradi
Narx va narxning turlari Tovarlar qiymati va ularning iste'mol qiymati o'zlarining nomoyon bo'lishini narxda topadi Narx real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarni ijtimoiy istemol qiymatini puldagi ifodasidir. Narxlarning quyidagi turlari mavjuddir: 1. Ulgurji narxlar – tovarlar bir yo'la ko'tarasiga sotilganda ulgurchi narxlardan foydalaniladi. 2. Shartnoma narxlar - bu sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narxlardir. 3. Chakana narxlar – bu narxlarda tovarlar bevosita iste'molchiga sotiladi. Chakana narxga tovarning ulgurchi narxi, chakana savdo tashkilotining xarajati va undan oladigan foydasi kiradi. 4. Dotatsiyalangan narx – bu davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlardir. 5. Demping narx – bozorda o'z mavqeini mustaxkamlash va raqiblarni siqib chiqarish uchun firmalar maxsus narxdan foydalanadiki, ular demping narx yoki bozorga kirib olish narxi deb ataladi. Bozor iqtisodiyotida narxni belgilash Narx xosil bo'lishning 2 ta yetakchi prinsipi bozor bilan bog'langan:
- chakana - ulgurchi erkinlashtirish va balanslashgan xolda rivojlantirish. Erkinlashtirish deganda talab va taklif nisbatlari asosida narxning erkin xarakati tushuniladi. Bozor narxi – bu qiymatlar bozoriga tovar va uning pullik ko'rinishi orasidagi movzanat narxdir. Tovarning qiymati – xisob kitobli kattalik sifatida aniqlansa, narxlar esa raqobat bozorida talab va taklif ta'siri ostida shakillanadi. Bozor iqtisodiyotida bozor tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatini tartibga solsa, davlat bozor jarayonlarini va tarkibini faoliyat ko'rsatishni tartibga oladi. Xorijiy tajriba va tibbiyot amaliyoti xizmatiga tovar sifatida narx belgilashning 3 ta yondashuvini ajratib ko'rsatish mumkin. 1. Narx sarf-xarajat funksiyasi kurib chiqiladi; ushbu unversal xolatda narx tibbiy xizmatning tannarxi va me'yoriy daromati sifatida aniqlanadi 2. Talab va taklifning muvozanatini ta'minlovchi narx. Qoniqtirilmagan talab (defitsit) is'temolchini yanada yuqoriroq narxni to'lashiga majbur etishi mumkin 3. Monopol narx –u sarf xarajatlarni iloji boricha kamaytirishga va yuqori daromat olishga qaratilgan
Bundan tashqari, narx, ma'muriy yo'l orqali aniqlanishi, direktiv tarkibda o'rnatilishi mumkin. Sog'liqni saqlashni iqtisodiyoti bevosita xalq xo'jaligini va sog'liqni saqlashni rejalashtirishga aloqadordir. |
ma'muriyatiga murojaat qiling