Sog'liqni saqlashni mablag' bilan ta'minlash asoslari va


Download 79.58 Kb.
Pdf просмотр
Sana23.05.2017
Hajmi79.58 Kb.

Mavzu № 17 

Sog'liqni saqlashni mablag' 

bilan ta'minlash asoslari va 

sog'liqni saqlashning 

iqtisodiyoti  


Tibbiyot muassasalarining 

moliyalashtirishning asoslari  

Sog'liqni saqlash sektorini moliyalashning asosiy 

manbasi  davlat byudjeti xisoblanadi. Davlat 

byudjetidan sog'liqni saqlashga ajratilgan  

xarajatlar xajmi o'rtacha ichki yalpi 

maxsulotning 3,5 –4,5 % tashkil etadi. 



Vazirlar Maxkamasining 3 sentyabr 1999 yil 414 sonli 

«Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini 

takomillashtirish to'g'risida» qaroriga muvofiq davlat 

tibbiyot muassasalarining moliyalashtirishning asosiy 

manbasi bo'lib quyidagilar hisoblanadi.  

- Davlat byudjeti; 

- Davlat tibbiyot muassasalarining pullik tibbiy xizmat 

ko'rsatishidan tushadigan daromadlari. 

 - Boshqa tashkilotlar uchun vaqtincha foydalanilmayotgan 

binolar va boshqa davlat mulkini arendaga berilishidan 

tushadigan daromadlar 

- Xomiylik va gumanitar yordam; 

- Qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar 


Davlat byudjeti xisobidan moliyalashtirish bepul 

tibbiy xizmat ko'rsatish tizimi 



Davlat quyidagi xollarda aholini kafolatlangan, bepul 

birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati bilan ta'minlaydi: 

- Shoshilinch, tez tibbiy yordam ko'rsatish; 

- Sog'liqni saqlash birlamchi zvenosida va bir qator davlat 

davolash profilaktika muassasalarida, birinchi navbatda 

qishloq joylarida xizmat ko'rsatish 

- Bir qator yuqumli kasalliklarga qarshi aholini emlash va 

immunlash 

- Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar va atrofdagilarga xavf 

tug'diruvchi kasalliklar 

- Bolalarni tekshirish va davolash 

- 15-17 yoshli o'smirlarni, 18-27 chaqiriq yoshdagi shaxslarni 

tekshirish va davolash 

- Tug'riq xizmatini ko'rsatish 

-  Imtiyozga ega bo'lgan shaxslarni (nogironlar urush 

qatnashchilari yetimlar) davolash. 



O'zbekiston Respublikasida byudjet tizimi va uning 

tarkibi  

Mamlakatimizning xalq xo'jaligini barcha soxalarini reja  

asosida rivojlantirish uchun tegishli byudjetlar orqali 

ularga moliyaviy resurslar belgilanadi 

O'zbekistonda byudjet tizimi mamlakatning ma'muriy 

territorial strukturasiga mos holda tashkil etilgan 

Davlat byudjeti o'z navbatida respublika viloyat, shaxar 

tuman qishloqlar va posyolka maxalla byudjetlaridan 

tashkil topgan 


Jamiyat sog'lig'ini saqlashga qaratilgan moliyaviy sarf-xarajatlarni 

rejalashtirganda quyidagi ko'rsatkichlarni e'tiborga olish lozim 

• - Davlat byudjetining xarajat qismida sog'liqni 

saqlashga ajratilgan xarajatlarning ulushi; 

• - Ushbu xarajatlar aholi jon boshiga xisoblangan 

ko'rsatkichlarni o'zgarishi; 

• - Yangi davolash-profilaktika muassasalarini 

rivojlantirish uchun ajratilgan mablag'ning o'sishi 

tibbiyot xodimlarini tayyorlash va  tibbiyot ilm fani 

va boshqalarni rivojlantirish uchun ajratilgan 

xarajatlarning kattaligi 


Byudjet xarajatlari klassifikassiyasi. Smetalarni tuzishni tashkil 

etish.  

 Byudjet klassifikatsiyasi byudjetni rejalashtirishda muxim 

axamiyatga ega  

Aniq bir turdagi belgilar bo'yicha (qism, paragraf, statya) 

byudjetning xarajat qismini qat'iy tartibda taqsimlanish 

byudjet klassifikatsiyasi deb ataladi. 

«Sog'liqni saqlash» sohasi byudjet klassifikatsiyasining 203-

qismiga, «Xalq ta'limi» – 200 qismiga mos.  

203- qism bo'yicha   moliyalashtirilayotgan sog'liqni saqlash 

muassasalari: davolash profilaktika, sud tibbiyoti 

ekspertizasi, sanitariya-profilaktika hamda dorixona 

muassasalariga bo'linadi. Byudjet klassifikatsiyasi 

paragrafga ular esa o'z navbatida xarajat statyalariga 

bo'linadi. 



Byudjet – bu daromatlar va xarajatlarni 

ma'lum davr uchun pul so'mlarda 

ifodalangan qiymatlari (yiliga, kvartal, 

oyiga) 


Byudjetni tuzish bosqichlari quyidagilardan 

iborat: 


1. O'tgan moliyaviy yil bo'yicha xisobot 

ma'lumotlarining taxlili 

2. Joriy yilda moliyaviy xarajatlarning bajarilishini 

baxolash 

3. Rejalashtirilayotgan moliyaviy yil uchun 

byudjet loixasini tuzish 



Shifoxona smetasi – 

 

bu 1 ta moliyaviy yilda shifoxona 



faoliyatini ta'minlashga qaratilgan 

xarajatlarni yozib chiqish  



Shifoxona smetasini tuzishda quyidagilarga 

aloxida e'tibor berish kerak:  

•  a) iqtisod rejimiga qat'iy rioya  qilish 

• b) Byudjet mablag'laridan tejamkorlik bilan 

foydalanish 

• v) Muassasa rezervlaridan maksimal 

foydalanish 


Tarifikatsiya –  

bu   tibbiyot xodimlarining ma'lumot 

darajasi, ish staji ish joyi egallab turgan 

lavozimga qarab belgilanadigan lavozim 

maoshi. Bundan tashqari malakaviy 

kategoriyasi, ilmiy darajasi va ish 

sharoitining o'ziga xos tomonlari va  

boshqalar inobatga olinadi.  



Bozor munosabati, sog'liqni saqlashda qiymat va narx 

navo xosil bo'lishining toifalari  

Bozor –bu ayir boshlash jarayoni bo'lib uni savdo bilan 

aralashtirmaslik kerak. 

Bozor –bu muhim iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. 

Savdo esa iqtisodiyotning bir bo'lagi hisoblanadi. Bozor 

ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o'rtasida pul orqali 

ayir boshlash jarayonida sodir bo'ladigan munosabatlar 

yig'indisidir. Bunda bozorning asosini joy emas, balki 

tovar va pulning xarakati tashkil etadi. 


Bozorda xech qanday boylik yaratilmaydi, ishlab 

chiqarilmaydi, kishilarga baxt, rizq-ro'z ham 

ulashilmaydi, lekin unda minglab korxonalarda 

ishlayotgan mexnatkashlar tomonidan yaratilgan 

tovar va xizmatlar, ko'chmas mulklar, iqtisodiy 

sarmoyalar, ishchi kuchi pulga sotiladi va sotib 

olinadi. Unda oldi soti jarayonidagi zarur bo'lgan 

xizmatlar bajariladi. 



Bozor iqtisodiyoti –  

bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi 

qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan 

iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul 

munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning 

turli shakllardagi xarakati yotadi. Xozirgi davrda bozor 

iqtisodiyoti deganda bozor xo'jaligi  sub'yektlari iqtisodiy xatti 

xarakatlarning erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning 

tovar pul mexanizmi orqali bir-biriga bog'lanib muvofiqlashuvi 

tushuniladi. 



Odatda bozor xo'jaligining barcha asosiy 

sub'yektlari 3 ta guruxga bo'linadi: 

• - uy xo'jaliklari 

• - korxonalar tadbirkorlik sektori) 

• - davlat  


Uy xo'jaliklari –  

iqtisodiyotning iste'molchilik sohasida faoliyat 

qiluvchi asosiy tarkibiy birligi. Uy xo'jaliklari 

doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat 

ko'rsatish soxalarida yaratilgan tovar va 

xizmatlar iste'mol qilinadi. 

Bozor iqtisodiyotida uy xo'jaliklari mulkdor va 

ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar 

hisoblanadi. 


Korxonalar (tejamkorlik sektori). 

Bu daromad olish maqsadida amal qiluvchi 

iqtisodiyotning birlamchi bo'g'inlaridir. 

U ish yuritish uchun o'z kapitalini yoki qarz olingan 

sudasini ishga solishni taqazo etadi, bu kapitaldan 

olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini 

kengaytirish uchun sarflanadi. 

 

Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo'ymagan, 



asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga 

oshiradigan xar xil byudjet tashkilotlari va 

muassasalari sifatida namoyon bo'ladi 


Bozor iqtisodiyotining muxim va umumiy belgilari 

quyidagilardan iborat: 

- turli shakillardagi mulkchilikning mavjud bo'lishi va 

unda xususiy mulkchilikning ustun turishi; 

- tadbirkorlik va tanlov ekanligi; 

- raqobat kurashining mavjudligi; 

- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi 

- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-

sharoitlar, o'zgaruvchanligiga moslashuvchanligi. 


Bozor iqtisodiyoti asosan quyidagi 2 ta 

afzalliklarga ega: 

1. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi – bozor 

tizimi shaxsiy manfatni shunday boshqaradiki, u 

jamiyatda mavjud resurslardan zarur tovarlarni eng 

ko'p miqdorda ishlab chiqarishni ta'minlaydi. 

2.  Erkinlik- bozor tizimi foydasi xisobiga muhim 

noiqtisodiy dadil xizmat qiladiki, u shaxsiy erkinlik 

roliga ustivorlik beradi 


Narx va narxning turlari  

Tovarlar qiymati va ularning iste'mol qiymati 

o'zlarining nomoyon bo'lishini narxda topadi 

Narx real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va 

xizmatlarni ijtimoiy istemol qiymatini puldagi 

ifodasidir. 



Narxlarning quyidagi turlari mavjuddir: 

1. Ulgurji narxlar – tovarlar bir yo'la ko'tarasiga sotilganda ulgurchi 

narxlardan foydalaniladi. 

2. Shartnoma narxlar -  bu sotuvchi va xaridorning roziligi bilan 

belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd 

qilingan narxlardir. 

3. Chakana narxlar – bu narxlarda tovarlar bevosita iste'molchiga 

sotiladi. 

Chakana narxga tovarning ulgurchi narxi, chakana savdo 

tashkilotining xarajati va undan oladigan foydasi kiradi. 

4. Dotatsiyalangan narx – bu davlat byudjeti hisobidan maxsus 

arzonlashtirilgan narxlardir. 

5. Demping narx – bozorda o'z mavqeini mustaxkamlash va  

raqiblarni siqib chiqarish uchun firmalar maxsus narxdan 

foydalanadiki, ular demping narx yoki bozorga kirib olish narxi deb 

ataladi.  



Bozor iqtisodiyotida narxni belgilash  

Narx xosil bo'lishning 2 ta yetakchi prinsipi 

bozor bilan bog'langan: 

 

- chakana 



- ulgurchi erkinlashtirish va  balanslashgan xolda 

rivojlantirish. Erkinlashtirish deganda talab va 

taklif nisbatlari asosida narxning erkin xarakati 

tushuniladi. 



Bozor narxi – bu qiymatlar bozoriga  tovar va uning pullik 

ko'rinishi orasidagi movzanat narxdir. Tovarning qiymati 

– xisob kitobli kattalik sifatida aniqlansa, narxlar esa 

raqobat bozorida talab va  taklif ta'siri ostida 

shakillanadi. 

Bozor iqtisodiyotida bozor tovar ishlab chiqaruvchilar 

faoliyatini tartibga solsa, davlat bozor jarayonlarini va 

tarkibini faoliyat ko'rsatishni tartibga oladi. 



Xorijiy tajriba va  tibbiyot amaliyoti xizmatiga 

tovar sifatida narx belgilashning 3 ta 

yondashuvini ajratib ko'rsatish mumkin. 

1. Narx sarf-xarajat funksiyasi kurib chiqiladi; ushbu unversal 

xolatda narx tibbiy xizmatning tannarxi va me'yoriy daromati 

sifatida aniqlanadi 

2. Talab va taklifning muvozanatini ta'minlovchi narx.  

Qoniqtirilmagan talab (defitsit) is'temolchini yanada 

yuqoriroq narxni to'lashiga majbur etishi mumkin 

3. Monopol narx –u sarf xarajatlarni iloji boricha kamaytirishga 

va yuqori daromat olishga qaratilgan 


Bundan tashqari, narx,  ma'muriy yo'l 

orqali aniqlanishi, direktiv tarkibda 

o'rnatilishi mumkin. 

Sog'liqni saqlashni iqtisodiyoti bevosita 

xalq xo'jaligini va sog'liqni saqlashni 

rejalashtirishga aloqadordir. 



Sog'liqni saqlashni aniq iqtisodiyoti faoliyatining taxlilining 8 

ta asosiy yo'nalishi quyidagicha. 

Sog'liqni saqlashning tarmoqdan tashqari iqtisodiy samarasini asoslash 



(tibbiy xizmatni ko'rsatishga qaratilgan xarajatlarning xalq xo'jaligidagi 

samarasi) 

 Tarmoqni samaradorligi va sog'liqni saqlashdagi mavjud resurslarning 



taxlili 

Sog'liqni saqlashda mexnatni me'yorlashtirishning nazariy va  amaliy 



masalalari 

Aholini davolash-profilaktika xizmatiga bo'lgan extiyojini qondirish 



imkoniyatlarini iqtisodiy asoslash 

Sog'liqni saqlashni boshqarishning xo'jalik mexanizimi takomillashtirish 



Sog'liqni saqlash muassasalari rahbarlarini xuquqlarini kengaytirilishi 

tufayli sog'liqni saqlashni mablag' bilan ta'minlash masalalarini 

optimallashtirish. 

Kriteriyalarni (mezonlarni) ishlab chiqish va sog'liqni saqlashdagi qiymatli 



ko'rsatkichlardan foydalanish. 

Eksperimental yo'nalish – sog'liqni saqlashda iqtisodiy tadqiqotlar  



Sog'liqni saqlashni iqtisodiyoti, uning ilmiy va amaliy faoliyatini 

hisobga olgan holda quyidagi muammolar bilan shug'ullanadi: 

- Aholining salomatlik ko'rsatkichlari dinamikasini aniq sanoat ishlab chiqarish 

hajmiga ta'siri, xususan alohida kasalliklarni oldini olishning iqtisodiy samarasi; 

- Profilaktik tadbirlarning iqtisodiy samarasi, aholining tibbiy xizmatga bo'lgan 

extiyoji va uni iqtisodiy, ijtimoiy axamiyatini hisobga olgan holda qondirish 

darajasi: 

- Mehnat xarajatlarini hisobga olgan holda sog'liqni saqlash uchun zarur bo'lgan 

mexnat resurslarini xajmini aniqlash 

- Sog'liqni saqlash tizimidagi asosiy jamg'armalarni ortishini ta'minlovchi kapital 

sarmoyalarning samaradorligi sog'liqni saqlashga kapital sarmoyalar 

dinamikasini belgilovchi omillarni taxlilini baholash 

- Sog'liqni saqlashning normal faoliya ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan material 

xarajatlarning xajmini aniqlash: 

- Aholiga tibbiy xizmatni taklif etish va tibbiy muassasalar tarmog'ini joylashtirish, 

tibbiy xizmatning eng samarador shakillarini tanlash 

- Alohida diagnostik va davolash choralarining qiymatini aniqlash 

- Sog'liqni saqlashning ichki rezrevlari va ularning ishlatilishini taxlil etish. 



Sog'liqni saqlashda tibbiy ijtimoiy dokturlar 

samaradorligini baxolashning uslublari  

O'tkazilgan tadqiqotlarning umumiy tomoni shu bo'ldiki, 

davolash- profilaktika muassasalari faoliyati turli qirralarining 

qiymatli ko'rsatkichlarini aniqlash, shuningdek aniq nozologik 

shakillardagi kasalliklar tufayli aholining kasallanishi va  

o'limini kamaytirishdagi iqtisodiy samaradorlikni hisoblash 

bo'ldi. 


Bunda iqtisodiy samaradorlikning formulasi quyidagicha bo'ldi 

Iqtisodiy samaradorlik = iqtisodiy samara kattalik xarajatlar 



Mavjud o'rin fondida foydalanish samaradorligini taxlil 

etish uslubi quyida keltiriladi 

Kasalxonalarda o'rinlarni turib qolishi nafaqat aholiga 

ko'rsatilayotgan statsionar yordamning xajmini 

qisqartiradi va umuman tibbiy xizmat ko'rsatishni 

yomonlashtiradi. 

Bu xolat shu bilan bog'liqki  o'rinlarini ta'minlashga 

bo'lgan xarajatlar bemorlarni ovaqatlanishi va  dori-

darmonlarni xarid qilishga ketgan xarajatlardan tashqari 

o'rinlar faoliyat ko'rsatayotgan vaqtlarda ham olib  

boriladi. 


Bitta o'rin-kunning hisobdagi va amldagi 

qiymatlari orasidagi farq o'rinlarni turib qolishi 

natijasida kelib chiqadigan iqtisodiy  

yo'qotishlarning kattaligi hakida fikr yuritish 

imkonini beradi. Bunda o'rin kunlarning hisobli 

raqami (soni) yil davomida o'rinning optimal 

bandligi asosida olingan bo'ladi. 


Masalan, N-tumanidagi markaziy tuman shifoxonasida o'rinning 

optimal o'rtacha bandlik vaqti hisoblanganda 325 kunni tashkil 

etgan, amalda esa o'rin o'rtacha 320 kun band bo'lgan, shunday 

qilib yil davomida xar bir o'rin 5 kun turib qolgan. Bitta o'rinning 

turib qolish kunlari sonini o'rinlarning yillik o'rtacha soniga 

ko'paytirib butun kasalxona bo'yicha  o'rinlar turib qolishining 

umumiy o'rinlar sonini aniqlaymiz   

5 kun x300 o'rin =1500 o'rin kun 

Faraz qilaylik, ushbu kasalxona statsionarini ta'minlash uchun bir 

yilda amaldagi xarajatlar 95. 944 bajarilgan o'rin –kunlari bo'lgani 

xolda 41.316.000 so'mni tashkil etdi. Hisoblaganda ushbu 

kasalxona 97.500 o'rin kun bajarishi kerak (300 ta yillik o'rtacha 

o'rinlarning 325 kuni)  


Ushbu ma'lumotlar bo'yicha N-tumandagi kasalxonadagi 

o'rinlarni turib qolishi natijasida kelib chiqadigan 

iqtisodiy yo'qotishlar quyidagicha hisoblanadi 

Bitta o'rin-kunga ketgan xarajatlar (amaldagi) =41. 316. 

000 944 kun =400  so'm 31 tiyin 

Hisoblash ma'lumotlari bo'yicha bitta o'rin kunga =41. 

316. 000 97. 500 = 400 so'm 24 tiyin 

Bitta o'rin-kunning hisobdagi va amaldagi qiymatlari 

orasidagi farq quyidagini tashkil etadi. 

400 so'm 31 tiyin –400 so'm 24 tiyin = 0 so'm 07 tiyin 



Xozirgi davrda vaqtincha mexnatga 

layoqotsizlik yoki nogironlikni 

kamaytirish yoki oldini olishga 

qaratilgan davolash-profilaktika chora-

tadbirlarning samaradorligini 

o'rganishga qaratilgan ishlar aloxida 

axamiyat kasb etmoqda. 


Vaqtincha mexnatga layoqotsizlikning iqtisodiy 

samarasi tejalgan mehnat xajmi orqali o'rganiladi: 

 

R=Q xP 


 

Bu yerda: 

R- boshlang'ich iqtisodiy natija 

Q- yil xajmida tejalgan mexnat 

P- bitta ishchi hisobiga nisbatan olingan yillik 

milliy daromad 



Inson umrini saqlab qolishning iqtisodiy 

samarasini baholash uslubi  

Bevaqt o'lim tufayli xalq xo'jaligining yo'qotishlari (Usm) nafaqa 

yoshigacha yashay olmagan yillari uchun ishlab chiqarilmagan 

milliy daromatning kattaligi bo'yicha aniqlanadi, ya'ni 

 

Usm=D xNg xUum 



  

D- yil davomida bitta ishchi tomonidan ishlab chiqariladigan 

milliy daromad, so'm; 

Ng –bitta o'lgan odamga nisbatan nafaqa yoshgacha yashay 

olmagan yillarni o'rtacha soni 

Uum –nafaqa yoshga yetmay o'lgan shaxslar soni 



Xisoblashning bu usulda bevaqt o'limni 

kamaytirishdagi samara bazis yiliga 

nisbatan xisobot yilidagi milliy 

daromadning oldi olingan 

yo'qotishlarning yig'indisi ko'rinishida 

namoyon bo'ladi. 



Nogironlikning kamaytirishning iqtisodiy 

samarasini baholash 

 Mexnat qobiliyatini to'liq yo'qotish bilan bog'liq nogironlikda 

xalq xo'jaligidagi yo'qotishlar quyidagi asosiy elementlardan 

tashkil topadi: 

 

• nogironlik natijasida ishlab chiqarilmagan milliy daromad (sof 



maxsulot) 

• ijtimoiy ta'minot bo'yicha nafaqalar 

• nogironlarga ko'shimcha tibbiy xizmat ko'rsatish bo'yicha 

qo'shimcha xarajatlar 

• nogironlarni malakasini o'zgartirish bo'yicha o'qitishdagi 

xarajatlar 



Nogironlikdan iqtisodiy yo'qotishlarni (Un) 

hisoblashda quyidagi formulani qo'llash mumkin: 

Un =(Dp +Pso +Lp) +N xn 

 

Dp-nogironlik natijasida 1 ta ishchi  tomonidan ishlab 



chiqarilmaydigan milliy daromadni qiymati 

Pso –nogironlik bo'yicha nafaqalarning yillik o'rtacha miqdori 

Ln – bitta nogironga tibbiy xizmat ko'rsatish uchun yil davomida 

ketgan qo'shimcha xarajatlar, so'm 

N –nogironlar soni 

P- bitta nogiron tomonidan nogironlik bo'yicha yo'qotilgan 

o'rtacha mexnat yillari 


Davolash muddatlarining qisqarishi natijasida kasalxonalarning 

byudjet vositalarini shartli ravishda samaradorligini aniqlash  

Kasalxona muassasalari faoliyatiga iqtisodiy 

tasnif berishda o'rinning yil davomidagi 

ishlashining rejali ko'rsatkichlarining 

bajarilishini taxlil etish muhimdir. 



Statsionarning o'rin-kunlar bo'yicha rejani (Us) bajara olmaganligi bilan bog'liq 

iqtisodiy yo'qotishlar quyidagi formula orqali hisoblanishi mumkin 

 

Us =(B-Pm) +1-Kf/ Kp 



 

B - kasalxonaning smetasi bo'yicha xarajatlar 

Pm – ovqatlanish va dori darmonlarga bo'lgan xarajatlar miqdori  

Kp – rejali o'rin- kunlar soni 

Kf – amaldagi o'rin-kunlar soni 

 

Taxminiy soddalashtirilgan xisoblashlar uchun: 



 

Us =0,75 xB x1- Kf /Kl 

 

Bu yerda – 



0,75 –bo'sh qolayotgan o'ringa bo'lgan xarajatlarni band  bo'lgan o'ringa 

bo'lgan xarajatlarga o'rtacha nisbatini aks ettiruvchi koeffitsiyent 



Ma'ruzaning ta'minoti  

Jadvallar bozor iqtisodiyotining muhim va 

umumiy belgilari, tibbiyot marketingini turlari, 

marketing yo'nalishlarining moxiyati,  

narxlarning turlari 


Talabalarning mustaqil ishlari 

Tibbiy yordamning asosiy turlarini qiymati 

kasallanishdan ko'rilgan zarar va uni xisoblash 

usullari 



Nazorat savollari  

1. Tibbiyot muassasalarining moliyalashtirishning manbalariga nimalar 

kiradi 

2. Bepul tibbiy xizmat ko'rsatish tizimlariga nimalar kiradi 



3. Sog'liqni saqlashga qaratilgan moliyaviy sarf-xarajatlarni 

rejalashtirilganda qanday ko'rsatkichlar e'tiborga olinadi. 

4. Byudjet tuzish boskichlari nimalardan iborat. Shifoxona smetasini 

tuzishda nimalarga e'tibor berish kerak 

5. Bozor iqtisodiyoti deganda nima tushuniladi 

6. Tibbiyot marketingi nimalardan tashkil topgan 

7. Sog'liqni saqlash tizimida qanday  marketing  prinsiplari amal qiladi 

8. Narxning turlariga nimalar kiradi 

9. Sog'liqni saqlashni aniq iqtisodiyoti faoliyatining taxlilining qanday 

yo'nalishlari mavjuddir 





Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling