Sog’lom oila sog’lom avlod poydevori


Temir moddasi tanqisligidan kelib chiquvchi kamqonlikning oldini olish


Download 22.7 Kb.
bet3/3
Sana24.03.2023
Hajmi22.7 Kb.
#1293552
1   2   3
Bog'liq
Soglom avlod

Temir moddasi tanqisligidan kelib chiquvchi kamqonlikning oldini olish
Darsning raaqsadi. O’quvchilarda temir tanqisligining oldini olish haqida zarur bilim va ko’nikmalar shakllantirilishiga yordam berish.
Vazifalari:
- inson organizmi uchun temirning fiziologik ahamiyatini ko’rib chiqish;
anemiyaning klinik alomatlarini muhokama qilish;
- anemiya kasalida to’g’ri ovqatlanish ko’nikmalarini shakllantirishning ahamiyatini tushunishga yordam berish
Darsning borishi
Kirish.
Doska o’rtasiga «ANEMIYA» (kamqonlik) so’zini yozib, doiraga oling. O’quvchilarga savol bering:
- Bu so’z sizlarga tanishmi, u sizning yodingizga nimani tushiryapti?
Javoblarni doira atrqfiga yozib boring. Javoblarni o’qiyotganingizda izoh bermang. Mashg’ulot oxirida yozganlaringiz yoniga qaytib, ulami anemiya alomatlari bilan to’ldiring.
Asosiy qism.
Anemiya (kamqonlik) deganda gemoglobinning umumiy miqdori kamayishi, ko’pincha qon hajmi birligidagi quyuqligining pasayishi tushuniladi.
Qondagi umumiy gemoglobin darajasining normasi 110,0 - 130,0 g// bo’lgan holda gemoglobin miqdori 100,0 g// gacha bo’lsa, pasayib ketgan hisoblanadi.
Kichik guruhlarda ishlash.
Sinf 4-5 kishidan iborat kichik gumhlarga birlashtiriladi. O’qituvchi ularga ma’mzadan parchalar keltirilgan kartochkalar tarqatadi. Guruh ishtirokchilari axborot bilan tanishib chiqib, uning mazmunini suratlar yoki sahnalar namoyishi bilan boshqa gumhdagilarga so’zlab berishlari kerak.
O’qituvchi ma’ruzasi.
Anemiya butun dunyo bo’yicha keng tarqalgan, bolalar yoshida ko’p uchraydigan kasalliklardandir. BSST bergan ma’lumotga ko’ra, bu xil kasalliklar ichida temir yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan anemiya ko’pchilikni tashkil qiladi, shu sababli temir tanqisligi anemiyasini bolalar yoshida eng keng tarqalgan qon tizimining izdan chiqishi deb hisoblash mumkin.
Temir yetishmasligi butun dunyodagi global muamoolardan biri sanaladi.
Hozirgi paytda butun dunyoda 2 milliarddan ortiqroq kishi anemiyaga chalingan, ular asosan tug’ish yoshidagi ayollar, o’smirlar va ikki yoshgacha bo’lgan bolalardir.
BSST ma’lumotlariga ko’ra, bolalar va ayollar o’rtasida temir yetishmasligining tarqalganligi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda 10-20 %, rivojlanib kelayotgan mamlakatlarda 50-60 %, Osiyoning ayrim mamlakatlarida 90 %ni tashkil qiladi.
O’zbekistonda temir tanqisligi anemiyasi uchrashi borasidagi kuzatishlar 57 % bolalar va o’smirlar, 60 % tug’ish yoshidagi ayollar ushbu kasailikka chaiinganliklarini ko’rsatdi.
Qon yaratishda temir moddasi muhim unsur hisoblanadi. U moddalar almashinuvida qatnashuvchi ko’plab fermentlar tarkibida bo’ladi.
Qon ishlab chiqarishda ham temir asosiy element hisoblanadi. Katta yoshdagi odam organizmida hammasi bo’lib 4 gramm temir bor, uning 58 %i qon eritrotsitlarida (gemoglobin), 31 %i organizm zaxiralari sifatida jigar, shilliq qavat, ilikda, 9 %iimushak to’qimalarida, 3-4 %i teri to’qimalari va shilliq qavatidadir.
Organizmdagi ushbu mikroelement miqdorining 60 foizi eritrotsitlarning gemoglobinida to’plangan, gemoglobin o’pkadan to’qimalarga kislorod yetkazib beradi. Temirning organizmda yetarli emasligi qon tanachalaridagi gemoglobin tanqisligi va gipoksiya (to’qimalarga kislorodning yetarli darjada kelmasligi)ni keitirib chiqaradi.
Anemiya kasalligining dolzarbligi faqat uning keng tarqalganligida emas, eng avvalo, u bilan birga organlarning umumiy patologiyasi rivojlanishidadir, bunday buzilish natijasida deyarli butun a’zo va tizimlarning faoliyati izdan chiqadi. Temir yetishmasligi, odatda, sekin rivojlanadi va bir necha bosqichda davom etadi. Temir yetishmasligining oxirgi bosqichi temir tanqisligi anemiyasidir. Kishi o’rtacha 1 mg temir miqdorini ter, siydik, najas, tirnoq va soch bilan yo’qotadi. Ushbu mikroelementning organizmdagi muvozanati kishi ovqat bilan birga kuniga 1 mg dan temir moddasi olganda saqlanadi.
Go’daklarda va o’smirlarda temir tanqisligi rivojlanishining asosiy sababi shundaki, organizm jadai rivojlanib, tana hajmi kattalashgani sari aylanayotgan qon miqdori ham ortadi. Natijada, organizmning temir moddasiga bo’lgan ehtiyoji kuchayadi. Organizmdagi temir moddasi zaxirasi miqdori bilan uning ovqat tarkibidagi miqdori o’rtasidagi nomuvofiqlik kasallikni keitirib chiqaradi. MaTumki, temir moddasi bolalar va kattalarda so’rilgan temir hisobiga saqlanib turiladi. Bolalarda mikroelementga bo’lgan talab 30 % ozuqa temir moddasming so’nlishi hisobiga qondiriladi. Anemiyani vujudga keltiruvchi ko’plab sabablar mavjud, ular ichida eng asosiysi oziqlanishning buzilishidir, shu sababli bu kasallikda to’g’ri ovqatlanish alohida ahamiyatga ega. Anemiya (kamqonlik)ning alomatlari:
- teri qatlami va yuza shilliq qavatlarining rangsizligi;
- bosh aylanishi, kamquvvatlik;
- ishtahaning pasayishi;
- g’ayrioddiy ehtiyojlaming kuzatilishi (bolalarning bo’r, loy yegisi keladi);
- og’ir hollarda - nafas qisishi, yurakning yuqori qismida sistolik (yurak qisqarganda) shovqin sezilishi, jigar va qorataloqning kattalashishi;
- qon ko’rsatkichlarida gemoglobin darajasining pasayishi.
Anemiyaning asosiy asoratlari quyidagilar:
- immunitetning pasayishi, bu esa tez-tez kasalliklarga chalinishga olib kelishi mumkin;
- bolalar va yoshlarda aqliy hamda jismoniy rivojlanishning susayishi. Agar o’smir organizmida uzoq vaqt temir tanqisligi yuzaga kelsa, kelgusida uning maktabdagi o’zlashtirishi pasayib ketishi mumkin;
onalar va bolalar o’limining ko’pligi, umumiy kasalliklarga chalinishning yuqoriligi;
- katta yoshdagi aholida mehnat qobiliyatining pasayishi.
Bolalar, o’smirlar, homilador va emizikli ayollarda temir moddasiga bo’lgan ehtiyoj ’-4 baravar oshadi, ular temir tanqisligi anemiyasi rivojlanishi xavfi bo’lganlar guruhiga kiradi va oldini oluvchi ko’makka muhtoj.
Dunyoda temir tanqisligi anemiyasi (TTA) bilan kurash tajribasi shuni ko’rsatdiki, TTAning oldini olishning eng yaxshi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
saplementatsiya - muntazam ravishda tarkibida temir moddasi bo’lgan qo’shimcha mahsulotlar iste’mol qilish, bu, ayniqsa, kasallik xavfi bor gurahdagilar uchun muhim;
fortifikatsiya yoki oziq-oqat mahsulotlarini mamlakat darajasida temir va boshqa mikronutrientlar bilan to’yintirish;
inson organizmiga temirning ovqat orqali tabiiy holda kirishini ta’minlovchi to’g’ri ovqatlanish.
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasida profilaktik tadbirlar o’tkazilmoqda. Respublikaning ko’plab viloyatlarida aholiga (2 yosh­gacha bo’lgan barcha bolalarga, 12 yoshgacha bo’lgan o’smirlarga, 40 yoshgacha bo’lgan ayollarga) har kuni muntazam iste’mol qilishlari uchun ovqatlariga tarkibida temir, temir sulfati bo’lgan tabiiy qo’shimcba mahsulotlar tarqatiladi. Ularning ikki yil ichida har kuni iste’mol qilinishi Respublikada anemiya darajasining ikki baravar kamayishiga olib keladi.
O’zbekistonda temir tanqisligining oldini olish kuni - chorshanba. Oziq-ovqat mahsulotlari fortifikatsiyasi (to’yintirish) ommaviy temir tanqisligining oldini olishda eng arzon va oson usul hisoblanadi. Bu usul 1969- yildan boshlab hozirga qadar butun dunyoda qo’llanib kelinadi. Har bir mamlakatda aholining barcha vakillari iste’mol qiladigan mahsulotlar to’yintiriladi. Ularning narxi qimmat emas, saqlanganda ta’m sifati o’zgarmaydi. Masalan, Hindistonda bu - tuz va shakar, Norvegiyada jigarrang pishloq, Yaponiyada - guruch, Braziliyada -bug’doy uni.
Mamlakatimizda va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida bunday mahsulot - undir. Temirdan tashqari, bunday un tarkibida foliy kislotasi (homilador ayollarda foliy yetishmasligi homilaning tug’ma majrahliklarini keltirib chiqaradi), rax, V gurahi vitaminlari bo’ladi.
O’zbekistonda faqat 1- navli un to’yintiriladi (bunday unda «Sog’lom mahsulotlar» yorlig’i bo’ladi), shu bois bunday undan tayyorlangan non anemiyaning oldini olishda foydalidir. Har kuni 250-300 gramm to’yintirilgan un mahsulotlarini iste’mol qilish organizmning bir kunlik temir miqdoriga bo’lgan talabini qondiradi, bu esa haftasiga 30 mg temir iste’mol qilish bilan barobar. To’yintirilgan un iste’mol qilishning samarasi darhol sezilmaydi. Gemoglobin darajasi me’yoriga kelishi uchun to’yintirilgan un va nonni kamida 1-2 yil muntazam iste’mol qilish kerak.
Anemiya kasalligida ovqatlanish.
Anemiyaning oldini olishga qo’yilgan keyingi qadam to’g’ri ovqatlanishdir, chunki temir va boshqa mikroelementlarni organizm ovqat bilan qabul qiladi. •
Oziq-ovqat mahsulotlaridan temir o’zlashtirilishini askorbin kislotasi rag’batlantiruvchilari (u ko’kat, sabzavot, meva, rezavor mevalarda bo’ladi): sut kislotasi (sut-qatiq mahsulotlarida), musallas, sirka kislotalari, achitqi mahsulotlari kuchaytiradi. Ushbu mahsulotlardan birortasi iste’mol qilinganda, temirning so’rilishi bir necha marotaba ortadi.
Temir ingibitorlari temirning organizmga so’rilishiga to’sqinlik qiladi. Ular ichida eng diqqatga sazovorlari tanin (choy, kofe, kakaoda bo’ladi) va kalsiydir (sut, bo’r, loy). Shu sababli choyni ovqat paytida emas, bir oz o’tib ichish kerak (ovqatdan 30 daqiqa yoki 1 soat keyin, chunki choy temirning o’zlashtirilishiga to’sqinlik qiladi).

Shunday qilib, organizmining temirga bo’lgan ehtiyoji kuchli bo’lgan tug’ish yoshidagi ayollar, o’smirlar va bolalar ovqat paytida choy ichmasliklari kerak. Buning o’rniga kompot, sharbat, quraq meva qaynatamalari yoki qaynatilgan say ichgan ma’qui. Choyni ovqatlanish oraliqlarida ichish mumkin. To’g’ri ovqatlanish temir tanqisligining oldini olish samaradorligini oshiradi.


Temirning oziq manbalari xilma-xil. O’simlik mahsulotlaridan ko’proq no’xat, makkajo’xori, suli, grechixa yormalari, javdari non va boshqa don mahsulotlarida ko’p miqdorda bo’ladi. Jigar, go’sht, tuxum sarig’i ham temirga boy.
Kundalik ovqatlanish ratsioniga go’sht, baliq va oqsilga boy mahsulotlarni qo’shish foydali. Sabzavot, meva, ko’kat ‘ovqatlanishda muhim o’ringa ega, chunki organizmga temirning yaxshiroq so’rilishi va parchalanishi uchun C, A va boshqa vitaminlar zarurdir.
Choyni ovqatdan 30 daqiqa keyin ichgan ma’qul!

4- MASHG’ULOT


O’smir va uning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari
Darsning maqsadi. Oilaviy hayotga tayyorlash, unga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish. Vazifalari:
o’quvchilar bilan oila va oilaviy hayot tushunchalarini muhokama qilish;
oilaviy hayotning ba’zi muammolarini va ularni hal qilish uchun javobgarlik masalalarini ko’rib chiqish;
- oilada o’zaro munosabatlami to’g’ri yoiga qo’yish va
keiishmoychiliklarning oldini olish ko’nikmalarini mustahkamlash.
Darsning borishi
O’qituvchi bu mavzuni o’tishda sinf soatlaridan foydalanishi mumkin. Iloji bo’lsa, shu darsdan keyin bolalar tomonidan ko’tarilgan masalalarni hal qilishda yordam ko’rsatish uchun ota-onalar majlisi o’tkazish kerak.
Kirish.
O’quvchilardan oila deganda nimani tasavvur qilishlari so’raladi. Doskaga doira shaklida quyosh rasmini chizish va ichiga «oila» so’zini yozib qo’yish mumkin. Doiradan taralayotgan nurlar tasavvurdagi: iliqlik, shinamlik, madad, ota-ona muhabbati va h.k.ni anglatadi.
Asosiy qism.
O’qituvchi ma’ruzasi.
Oila - har bir inson hayotida muhim o’rin tutuvchi yuksak qadriyatlardandir. Oila - ijtimoiy institut, oila a’zolarining bir-biriga muhabbati, hurmati va g’amxo’rligiga asoslangan munosabatlar tizimidir.
Oila to’g’risida gap ketganida, ko’pincha «jamiyatning poydevori» degan ibora uchrab turadi. Bundan kelib chiqadiki, barqaror, baxtli oilalar qancha ko’p bo’lsa, jamiyat ham mustahkamroq va baxtliroq bo’ladi.
Aynan shuning uchun ham Prezidentimiz va hukumatimiz oila masalalariga katta ahamiyat beradi.
O’qituvchi o’quvchilar ushbu mavzu yuzasidan nimalarni bilishlarini so’raydi.
Javoblarni tinglab, zarar o’rinlarda ularni to’ldiradi.
O’zbekistonda oilaviy munosabatlar Oila Kodeksi asosida boshqariladi (1998- yil sentabrda kuchga kirgan).
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ijobiy va barqaror oilaviy munosabatlami rivojlantirishga yordam beradigan bilim va ko’nikmalardan xabardor qilish Davlat dasturi ishlab chiqildi.
O’zbekiston Respublikasi oilani har xil yo’llar bilan muhofaza qiladi va qo’llab-quvvatlaydi (masalan, yolg’iz onalar, kam ta’minlangan, boquvchisiz qolgan oilalarga va h.k. yordam).
Aqliy hujum.
- Oila jamiyat uchun qanday vazifalarni bajaradi?
O’qituvchi javoblarni doskaga yozadi (masalan, odamzod naslini davom ettiradi, ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadi va h.k.)
B. Sinf 7 guruhga birlashtiriladi, har bir gurah oilaning vazifalari to’g’risida axborot berijgan kartochkalarni oladi. Kartochka bilan tanishib chiqqach, guruhlar uning mazmunini sinfga so’zlab beradi.

O’qituvchi ma’ruzasi (davomi).


Oila bir necha ijtimoiy vazifalami ado etadi, ular sirasiga quyidagilar kiradi:
Reproduktiv vazifa ~ naslni davom ettirish va aholining o’zini o’zi yaratishini ta’miniash.
Iqtis&diy vazifa - ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etish, davlat iqtisodiyotiga hissa qo’shish.
Tarbiyaviy vazifa - naslni mustaqil hayotga tayyorlash, jamiyatning \ bar tomonlama rivojlangan, jismoniy, aqliy va rahiy jihatdan tayyorlangan a’zolarini tarbiyalash.
Komtnunikativ vazifa - jamiyat hayotida ishtirok etish, ijtimoiy faollik, boshqa kishilar va oilalar, ijtimoiy institutlar bilan o’zaro aioqadorlik.
Rekreativ vazifa - har bir oilada rahiy jihatdan qulay muhit yaratish va saqlash; barqaror va maqbul muhit mamlakat farovonligi demakdir.
Felitsitologik vazifa - italyancha «baxt» so’zidan olingan. Barcha a’zolari baxtiyor bo’lgan oilalar ko’p bo’lsa, jamiyatni baxtli deb hisoblash mumkin. Bunday jamiyatda taraqqiyot va rivojlanish, yuqori turmush darajasi uchun sharoitlar mavjud bo’ladi.
Nazorat qiluvchilik vdzifasi - ota-onalar tomonidan bolalarining nazorat qilinishi jamiyatni salbiy ijtimoiy harakatlar ko’rinishlari sodir etilishidan himoya qiladi.
Oilaviy hayot faqat ezgu tuyg’u va hissiyotlar bilan to’la turmushni anglatmaydi. Turmushda esa manfaatlar to’qnashgan, yoki anglashilmovcbiliklar kelib chiqqan vaziyatlar uchrab turadi. Oilada tinchlik va o’zaro hamjihatlik bo’lishi uchun murosa yo’lini tutish kerak.
Hayotda hal qilinishi mumkin bo’lmagan muammolar kam uchraydi. Har bir muammonmg yechimini topish yo’li bor, faqat uni izlab ko’rish kerak.
Agar ziddiyatli vaziyat yuzaga kelsa, tahlil qilib ko’rish va ziddiyatni bartaraf etish uchun uni keltirib chiqargan sabablarini axtarib topish lozim. Boshqalarga shikoyat qilishga va qarshilik ko’rsatishda qarindoshlar ichidan o’ziga «ittifoqchilar»ni izlashga urinish hech qanday yordam bermaydi. Oilaning tinchligi va xotirjamligi lining a’zolariga bog’liq.
«Hamkorlik» roll! o’yini.
Ushbu mashqni bitta narsaga (go’yoki bir butun va bo’lib bo’lmaydigan narsa) har ikki tomon ega bo’lishni istashi sahnasi namoyishi bilan boshlash lozim.

Apelsin bilan bog’liq sahna namunasini keltirish mumkin. Ota yoki ona uyga bir dona apelsin olib keladilar. Qiz yoki o’g’il uni o’ziga berishlarini talab qiladi, lekin nimaga kerakligini aytmaydi.


Ota yoki ona o’tirganlardan (go’yo qo’shnilariga murojaat qilayotgandek) so’raydi:
Nima qilish kerak?
Qanday yo’lni maslahat berasiz?
Yetakchi katta qog’oz varag’ida o’tirganlarnipg javoblarini yozib oladi, har bir javobdan so’ng farzandlardan javob ularni qoniqtirgan yoki qoniqtirmaganligini so’rab, munosabatlarini «+» yoki «-» belgilari bilan qayd etib boradi.
Download 22.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling