Sog'lom ovqatlanish murakkabfiziologik va biokimyoviy jarayon Ovqatlanish prinsipi
Download 16.15 Kb.
|
Sog\'lom ovqatlanish haqida tushuncha2
Sog'lom ovqatlanish haqida tushuncha Reja: Sog'lom ovqatlanish Ovqatlanish murakkabfiziologik va biokimyoviy jarayon Ovqatlanish prinsipi Inson hayotida ovqatlanish nafas olish va suv iste`molidan keyin hal qiluvchi o`rinda turgan omillardan biridir,chunki ovqatlanish orqali kundalik talab qilinadigan energiya hamda organizmning o`sib ulg`ayishiga sarf bo`ladigan oziq moddalar organizmning barcha funksional jarayonlarini bajarish tashqi muhitdan qabul qilinadi. Ovqatlanish masalalari juda qadim zamonlardan buyon olim va mutaffakkirlarning diqqatini o`ziga jalb qilib kelgan. Sababikiovqatlanish tufayli hayot davom etgan. Uning yetishmasligi, taqchilligi birinchidan hayotiy jarayonlarning normal borishiga to`sqinlik qilgan. Ikinchidan har bir organizm o`sib-ulg`ayishi va rivojlanishi uchun zarur moddalarni ham tashqi muhitdan oziq moddalar orqali oladi. Ovqatlanish murakkabfiziologik va biokimyoviy jarayon bo`lib, uning har bir organizmda kechishi ham umumiy xusususiyatlari va o`ziga xos tomonlariga qarab kechadi. Qolaversa, har bir organizmning yuqorida qayd qilingan asosiy hayotiy funksiyalarini ta`minlashdan tashqari uning sihat-salomatligini ham belgilashda ovqatlanish omili muhim ahamiyat kasb etadi. To`g`ri ovqatlanish 75% salomatlik garovidir, shu bois ham hozirgi vaqtda sog`lom turmush tarzini yaratishdagi birinchi qadamlardan biri to`g`ri ovqatlanishdir. To`g`ri ovqatlanish prinsipi inson hayotida paydo bo`lgandan beri mavjud bo`lib, hozirga qadar ham yangilanib kelmoqda. Oldin ibtidoiy jamoa davrida ovqatlanish deyilganida, kundalik yeyilgan o`simlik va hayvon mahsulotlari tusunilgan bo`lsa, hozirda uning ta`rifi kengayib turli hastaliklarning kelib chiqishiga sabab bo`lib borayotgan omillardan biriga aylanmoqda. Kishilik jamiyatining tashkil topishi bilan insonning yashash sharoitlari turli-tuman tashqi muhit omillariga talabi tegishli ravishda o`zgarib boradi. Agar yangi eragacha va uning boshlang`ich davrlarida ovqatlanish deyilganida, kishining mehnat qilish imkoniyatlari, umumiy sarf qilgan energiyasiga muvofiq ovqatlanishi tushinilgan bo`lsa( anti ovqatlanish nazariyasi), keyinchalik kasalliklarning kelib chiqishi va ularni davolashda qaysi oziq moddalar asosiy ahamiyatga ega ekanligini aniqlash ustuvor vazifa hisoblangan (balanslashtirilgan ovqatlanish nazariyasi ). Abu Ali Ibn Sino davriga kelib ovqatlanish masalalari boshqa fanlarning yutuqlaridan foydalangan holda ancha keng rivojlandi va ularga ilk bor ilmiy asoslangan zamonasiga ko`ra to`g`ri ta`rif berildi. Uning fikricha kasallik ovqatlanish qonuniyatlarining buzilishi hisobiga kelib chiqadi va bularning ko`pchiligini parhez qilish orqali davolasa bo`ladi deb ta`kidlagan va bu xususida o`zining “ Tib qonunlari” asarining 2- bobida to`xtalgan. XIX asrning oxiri XXasrning boshlarida bu haqidagi bilimlar chuqurlashdi,jumladan akademik I.P.Pavlov va akademik A.M. Ugolevning ishlari maqsadga muvofiqdir. Agar I.P.Pavlov zamonida ovqatning hazm bo`lishi asosan oshqozon-ichak bo`shlig`I, me`daosti bezidan ajraluvchi va o`t suyuqligi ta`sirida amalga oshiriladi degan tushuncha mavjud bo`lsa, akademik A.M.Ugolev ning fikricha bo`shliqdagi hazm unining boshlang`ich qismi bo`lib, uning hal qiluvchi va asosiy qismi ichak membranalarida kechar ekan. Bu esa u bilan bog`liq bo`lgan muammolarning yechilishiga turtki bo`ldi. Download 16.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling