Sog`lom turmush tarzi, uning evolyutsion asoslari va asosiy bosqichlari


Download 62.5 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1565947
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sog`lom turmush tarzi, uning evolyutsion asoslari va asosiy bosqichlari

Odam evolyutsiyasi.
Million yillik evolyutsion jarayonning eng noyob va bebaxo maxsuli — aql-idrokli odam bo`lib, keyinchalik u jamiyat taraqqiyotini belgilovchi hamda xarakatga keltiruvchi asosiy kuch bo`ldi. Bizning shu bugungi turmushimiz aslida o`tmish ajdodlar turmushining bevosita davomi hisoblanadi. Ma`lumki, organizmlar evolyutsiyasidagi asosiy omillardan biri vaqt hisoblanadi. Shuning uchun in­soniyatning taraqqiyot jarayoni davrini ko`z oldiga keltirish foydadan xoli bo`lmaydi. Ko`pgina arxeologik ma`lumotlarga qaraganda, Afrika odami bundan 4—4,5 million yil ilgari dunyoga kelgan. Indoneziya odamining dunyoga kelganiga 1,5—2 mln yil, bizning o`tmish avlodimiz — Turon odamining paydo bo`lganiga esa 700—800 ming yil bo`lgan. Lekin bu odam Afrikadan O`rta Osiyoga kelgan, deb taxmin qilinadi. Qanday bo`lganda ham bizning o`tmishdoshimiz bosib o`tgan taraqqiyot yo`li kamida 4.mln yilni tash­kil etadi. Aslida ibtidoiy odam ajdoddarining odamsimon maymunlar to`dasidan ajralib, mustaqil biologik tur xosil qilganiga 25 mln yil bo`lgan, deb taxmin qilinadi.
Xozirgi kunda bizga ma`lum bo`lgan tarixiy ma`lumotlarga qaraganda, madaniyatimiz tarixi va birinchi davlatning paydo bo`lganiga uzog`i bilan 7—8 ming yil bo`lgan. Kishilik jamiyatining birinchi ilg`or fikrli vakillari Muso, Zardusht, Lukmon, Gippokrat, Faleslarning o`ttaniga 3300—2500 yil bo`lgan. Bu muddat biz yuqorida solishtirganimiz 40000 metrlik xayot chizigini atiga 33—25 metrini tashkil etadi, xolos.
Ibtidoiy odam bilan xozirgi zamon odami badanining anatomik tuzilishi, fiziologik, biologik qonuniyatlarida deyarlik o`zgarish bo`lmagan. Chunonchi, nemis olimi Friyedxard Klike: «Tosh qurollar bilan yer kavlab, ov qilgan odamning miya tuzilishi va kattaligi bilan keyinchalik samolyot va machitlar loyixasini chizgan, matematika usullari bilan yer o`lchamlarini hisoblab, xozirgi moddiy va ma`naviy madaniyatni bunyod etgan odam miyasi o`rtasida hech qanday farq yuq», — deydi.
Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling