Sog‘lom turmush tarzi
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturidan
Download 28.87 Kb.
|
Mavzu Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish Reja “Sog‘lom tur-fayllar.org
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturidan ko‘zlangan maqsadlarimiz ko‘p, deydi Prezidentimiz.”Ishonchim komil: agar bu islohatni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada biz hayotimizda ijobiy ma’nodagi “portlash effekti” ga ya’ni uning samarasiga erishamiz”.
Milliy dasturdan ko‘zlangan maqsadlar juda ko‘p, deya uqtiradi Yurtboshimiz I. Karimov. Avvalo bu maqsad va vazifalarning to‘la amalga oshishi mamlakatimizdagi ijtimoiy siyosiy muhitning yanada yaxshilanishiga olib keladi, jamiyatda yangi shaxs komil insonlar vujudga keladi. Ular hayotga tamomila boshqacha nigoh bilan qaraydilar. Milliy dasturning amalga oshirilishi jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsning shakllanishiga olib keladi. Bunday shaxslarning ko‘payishi jamiyatda omil hayot kechirish tizimini vujudga keltiradi, deya uqtiradi Yurtboshimiz I. Karimov. Odamlar olomon bo‘lib yashashdan bosh tortadilar, har bir kishi o‘z aqli, o‘z mehnati, o‘z xulosasi bilan yashay boshlaydi. Eng asosiysi bunday kishilarga chetdan hech qanday nopok kuch, buzuq g‘oyalar, quruq shiorlar, chaqiriqlar bilan ta’sir etib bo‘lmaydi. Bunday odamlarni o‘z tanlagan yo‘llari maqsadlaridan hech qanday kuch toydira olmaydi. Barkamol insonlarni shakllantirishda tarbiya hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tarbiya ijtimoiy tarixiy tajribalarni egallash uchun kishilar faoliyatini tashkil etishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasida ham tarbiyaning maqsadi bayon qilib berilgan. Unda bunday deyiladi: Tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma’naviy tarixiy an’analariga, urf odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir. Mustaqillik yillarida taraqqiyotimizning har bir bosqichida, amalga oshirilayotgan islohatlarning zaminida ana shu inson omili, barkamol avlod tarbiyasi turibdi. “Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishining eng muhim tarkibiy qismi ma’naviyat va ma’rifat sohasida shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borish” ni talab etadi deb ta’kidlagan edi. Yurtboshimiz. Yillarga berilgan nomlarda ham milliy yuksalishimizning tayanchi, maqsadi va omili bo‘lgan barkamol avlod orzusi, tarbiyasi muammosi o‘z ifodasini topgan. 1997 yil – “inson manfaatlari yili”, 1998 yil – “Oila yili”, 1999 – “Ayollar yili”, 2000 yil – “Sog‘lom avlod yili”, 2001 yil – “Onalar va bolalar yili”, 2002 yil – “Qadriyatlarni qadrlash yili”, 2003 yil – “Obod maxalla yili”, 2004 yil – “Mehr-muruvvat yili”, 2005 yili – “Sihat-salomatlik yili”, 2006 yil – “Homiylar va shifokorlar yili”, 2008 yil – “Yoshlar yili”. Ijtimoiy pedagogika fani bundan 200 ming yil oldin ham mavjud bo‘lgan. Faqat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo‘lgan. Pedagogik sotsiologiya fanniing ilk kurtaklari Yevropa va Osiyoda yozilgan. Bu fan asosan 820-829 yillardan boshlab rivojlangan, albatta fan bo‘lib emas. Xozirda pededagogik sotsiologiya fan sifatida kiritilgan. Pedagogik sotsiologiya fanining tarmogi sifatida. Har bir fan aniq bir haqiqatdan “o‘sib chikadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatidan uzilgan xolda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbayi hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm fan yutuqlariga asoslangan bo‘lsa yanada samarali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Amaliy faoliyat - bu ijtimoiy pedagogikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir. Ijtimoiy–pedagogik ish O‘zbekistonda davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatida alohida o‘rinni egallaydi. «Milliy g‘oya–bizning g‘oya», «Istikbolimiz–istiqlolimiz», «Tafakkurimizni o‘zgartirgan o‘n yil» mavzularidagi tadbirlar bunga misol bo‘la oladi. Jamoat tashkilotlari, madaniyat, maorif, san’at muassasalari faoliyatiga tegishli bo‘lgan ma’naviy –ma’rifiy shakldagi ishlar ham shular jumlasiga kiradi. Ularning faoliyati targ‘ibot va tashviqot ishlarining ko‘lamini kengaytiradi, o‘sayotgan avlod tarbiyasida yangi imkoniyatlar ochadi. Ma’naviy muassasalar yana bir muhim vazifa bajaradi. Gap odamlarning jamoa bo‘lib ma’naviy hayot kechirishni tashkil etish ustida bormokda. Bu vazifa inson va jamiyatning bilish extiyojini qondirish, ularning faoliyatida uchraydigan hodisalarni, mehnatini, turmushini, bo‘sh vaqtini chuqur mushoxada qilish bilan uzviy bog‘liqdir. Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O‘quv fani - bu umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalalarida o‘rganiladigan predmetdir. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega - fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani sifatida. qadim antik davrlardayoq bolani himoya qilish maqsadida o‘z ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolarni oldinga surganlar. Eramizdan avvalgi 7-6 asrlar Markaziy Osiyo xududida jahon dinlari orasida eng kadimgi din zardushtiylik dini xukumronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta’sir qildi, ya’ni insonni birinchi o‘ringa olib chikdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi “Avesto” (olovga siginish) o‘z erasining o‘ziga xos komusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardusht dinda axloqiy me’yorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. “Avesto”da - inson yaxshi fikrlarga ega bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlar va savob ishlar qilishi lozim deb yozilgan (xulk atvor). “Avesto”ning katta qismi bo‘lgan “ Yasna’larda inson kamolini ko‘rsatuvchi axloq–odob mezoni ana shu uchlikda xumata (gumata)–yaxshi fikr, xukta (gukta) –yaxshi soz va xvarsha (gvarshta)–yaxshi ishlarda ifodalanadi. “Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon- shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat qonunga shon shavkat baxsh etaman” (“yasna”, 14), deyiladi. “Avesto” tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson fikri, so‘zlari va ishlariga ikki qarama-qarshi kuch: Voxu Mana (“Ezgu fikr”) va Apo Mana (“Yovuz fikr”) ta’sir ko‘rsatadi deydi. Barcha fikrlar, so‘zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va yovuzlik yotadi. “Yaxshi fikr” deganda iloxiy-qonun ruxidagi kishisiga mexribon bo‘lish, maqsadlarga ko‘maklashishga, yovuzlikka qarshi kurashishga tayyor turish, kishilarni baxt-saodati uchun harakat qilish, ahillik va do‘stlik, totuvlikda yashashga intilish ruxidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushunilgan. Inson o‘z fikri xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jixatlarga berilmaydi. Chunki bunday xolatda inson yaxshi niyatni yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojuya harakatlar qiladi. Pedagogika fani tarixi qadimgi davrlariga borib taqaladi. Ko‘p ming asrlar mobaynida pedagogika falsafaning ichida rivojlandi, kadimgi zamonlardan buyon olamda insonning o‘rni va roli, shaxsning axloqiy shaklllanishida madaniyat va dinning ahamiyati barkamol shaxs rivojlanishi masalalari va shu kabilar. Shark uyg‘onish davri (9 –11asrlar) komusiy olimlari Abu Nasr al Forobiy (873 –1037) shunday ijtimoiy pedagogik g‘oyalarni aytib o‘tganlarki, bolani ayni go‘daklik chog‘idanok tarbiyalay boshlashning zarurati, shuningdek, bolaning tarbiyasiga tabiat atrof-muhitning ta’siri va boshqa fikrlar kabidir. 15 –16 asrlarda Markaziy Osiyoda tabiatshunos-faylasuflari, tarixchi, shoir va rassom-musavvirlari o‘z ijodlarida ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor bilan karab, tabiat sirlarini o‘rganishga intilganlar. Bular qatorida Nuriddin Abduraxmon Jomiy (1414 –1492), Jaloliddin Davoniy( 1427 –1502), Alisher Navoiy (1441 –1501), xusayn Boiz Koshifiy (1440 –1505) o‘z asarlarida inson akli tafakkuri, uning qobiliyati, insonning alohida hislatlari, insoniylik g‘oyalari, bolalar tarbiyasida umuminsoniy kadriyat hisoblanadi. Shu jumladan, o‘zbek tilining asoschisi buyuk alloma, musiqachi, davlat arbobi Alisher Navoiyning ijtimoiy pedagogik g‘oyalari, yuksak darajada insonparvarligi bilan ajralib turadi. U insonni butun koinotda, bu olamda eng oliy mavjudot deb hisoblagan. Bolani esa oilaga kuvonch, ham baxt keltiruvchi mukaddas inom sifatida uyni yoritib yuboradi deb hisoblaydi. Inson o‘z farzandigina emas, balki kelajak avlod bo‘lgan barcha bolalarni sevmog‘i shart deb yozadi shoir. Ijtimoiy pedagogikaga oid fikrlarni bizning olim va allomalarimiz, ma’rifatparvarlarimiz, jadidchilik harakati yetakchilari, XX asr boshlarida yashab, ijod qilgan allomalar Maxmudxuja Bexbudiy (1874 –1919), Munavvar kori Abdurashidxonov (1878 –1931), Abdulla Avloniy (1878 – 1934), Abduqodir Shakuriy (1875 –1943), X.X.Niyoziy (1839 –1929) va boshqalarning asarlarida ham ko‘plab keltirish mumkin. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida vujudga kelishi XX asrning 20-30 yillari alohida o‘rin tutadi. Bu davrda A.Avloniy, A.Shakuriy, M.Qori Abdurashidxonov, X.X.Niyoziy, V.F.Lubensov, N.P.Arxongelskiy, O.Sharofiddinov kabi pedagoglarning faoliyati muhim ahamiyatga molik. Ular avvalo ijtimoiy izdan chiqib ketayotgan bolalarga yordam ko‘rsatish, ya’ni bu allomalar ijtimoiy pedagoglar bo‘lib, ular tashkil etgan maktablar shuningdek, boshqa pedagoglar tajribalariga tayanganlar. A.Avloniy nomidagi Chernishevskiy nomidagi bolalar tajriba maktablari va boshqa muassasalar ijtimoiy pedagogikaning amaliy manbai bo‘lib hisoblanadilar. Birok O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivoji amalga oshmadi. Bunda avvalgi yangi ittifok sovet pedagogikasi va o‘sha davr pedagogikasi o‘rtasida ajralish yuzaga keldi. Uzoq yillar mobaynida o‘zbek marifatparvarlari-pedagoglari tomonidan to‘plangan barcha bilimlar inkor etilgandi. Pedagogikada shunday shior tarqalgandi “Olam zo‘ravonlikdir, biz uni ildizi bilan ko‘paramiz”. 1991-yil O‘zbekiston Respublikasi e’lon qilinishi bilan pedagogikaning ko‘pgina sohalarini, shu jumladan ijtimoiy pedagogikani ham rivojlantirish vazifasi qo‘yildi. 1997-yil “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risida Qonun” 1997yil) qabul qilinishi bilan ma’naviy-axloqiy tarbiya’ning samarali yo‘llarini topish, manaviy madaniyatni rivojlantirish, shaxsni fuqaro sifatida, erkin tafakkurli shaxsni shakllantirishning eng samarali yo‘llarini yaratish maqsadida pedagogik fan oldiga ta’lim tizimini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish kabi vazifalari ko‘yildi. Respublikamizda ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va amaliy sohasi endigina shakllanmokda. Mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ishlari shunchalik dolzarbki, bu fan bo‘yicha mamlakatimizda: “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”, “Oila” markazi, nodavlat xukumatga karashli bo‘lmagan xayriya jamgarmasi “Sog‘lom avlod uchun” O‘zbekiston Respublikasi halk ta’limi qoshidagi TDPU (mafkura) g‘oyaviy-siyosiy kafedralar va boshqalar Respublikamizning har bir navbatdagi yilni ijtimoiy muammolardan biriga bag‘ishlashi an’ana tusiga kirgan. Masalan: 2001 yil–“Onalar va bolalar” yili deb e’lon qilingandi. Shu munosabati bilan “O‘smir va sog‘lom turmush tarzi” deb nomlangan Respublika metodik seminari o‘tkazilib, maktablarda “Sog‘lom avlod tarzi” predmeti kiritilib, sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi ijtimoiy muammolar masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonda keyingi vaktlarda bir katta muammoga butun bir yilni bag‘ishlash an’anaga aylandi. Masalan; 1998 “Oila yili”, 1999 “Ayollar yili”, 2000 “Sog‘lom avlod yili”, 2001 “Onalar va bolalar yili”, 2002 “Qariyalar yili”, 2003 “Obod va sog‘lom mahalla”, 2004 Mexr va muruvvat yili deb belgilab, ijtimoiy pedagogik muammoni amaliyotda hal etish yo‘llari izlanmokda. Bugungi kunda ko‘plab empirik nazariy bilimlar to‘plangan. Ularni to‘la anglamoq va tizimlashtirishni talab etadi. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikani kelgusi rivojlanishi yetarli darajada emas. O‘tmish allomalarimiz, olim-pedagoglarimiz asarlarni yangi nuktai nazardan turib o‘rganish, chet el tajribalarini o‘zlashtirib, Respublikamizga moslashtirilgan holda maqsadga muvofik qo‘llash lozim. Chet el ijtimoiy pedagogikasi esa ko‘p yillardan buyon rivojlanib kelmokda, hozirgi vaqtda bu sohada juda ko‘p ilmiy salohiyatli bilimlar jamlangan. Shu sababli ham O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi va rivojlanishida boshqa mamlakatlarning tajribalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohadagi pivojlanish jarayonida vujudga kelgan muammolarni tahlili, ilmiy bilimlar va chet eldagi amaliy faoliyatni o‘rganishning o‘rni beqiyos. Zamonaviy sharoitlarda ijtimoiy siyosatni o‘tkazish, hayotning barcha sohalarini ijtimoiylashtiruvi ijtimoiy ishlarning aniq belgilangan yangi shakllarini joriy qilish zaruratini tug‘diradi. Bu borada quyidagi ishlar amalga oshirildi: 1996 yil 23 fevralda Vazirlar Mahtsamasining "O‘zbekistonda tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimini tuzish haqida"gi Qarori chiqdi. Bu qarorda, "Sog‘lom avlod uchun" fondining taklifi bilan vmoyatlarda, Toshkent shahrida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 15 ta tez tibbiy yordam guruhlariningtuzilishiga mablag‘ ajratilganligi ta’kidlanadi. Bu qaror tibbiy-ijtimoiy yordamning ko‘chma guruhlarini mutaxassislar bilan ta’minlash vazifasini amalga oshirshiga qaratilgan bo‘lib, unda tibbiy-ijtimoiy patronaj xodimlarini tayyorlashni tashkil qilish zarurligi ham aytilgan. O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirligiga, Respublika markaziga yangi kasb — "tibbiy-ijtimoiy xodim" mutaxasisligini kiritish vazifasi yuklatildi. Tibbiy-ijtimoiy patronaj funksiyalari tarkibiga quyidagilar kiradi: 1. Тиббий-ижтимоий патронаж ижтимоий соҳада иш юритувчи турли ташкилот, муассасалар фаолиятларини интеграциялайди. 2. Тиббий-ижтимоий патронаж ўз фаолиятида Ўзбекистонда яшовчи халқларнинг асрий аиъаналарига, фан ва мадания] соҳасидаги ютуқларига асосланади ҳамда Ўзбскистонда юритилаётган самарали ижтимоий сиёсатни ҳар бир оилага етказади. 3. Tibbiy-ijtimoiy patronaj har bir oilaning tibbiy ijtimoiy holati monitoringini o‘tkazadi. 4. Tibbiy-ijtimoiy patronajning maqsadlari quyidagilardan iborat: 5. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Aholini ijtimoiy ta’minoti vazirligi va "Sog‘lom avlod uchun" fondidan olinadigan ma’lumotlarga tayangan holda, mahalliy organlar bilan yaqin aloqada bo‘lib yashashning sanitar-gigiyenik sharoitlarini, oilaning psixologik iqlimini, oila a’zolarining salomatligi holatini aniqlash; - tibbiy, ijtimoiy va psixologik yordamga muhtoj ayollar va bolalarni o‘z vaqtida aniqlash; - oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish. - Ko‘rsatilgan maqsadlarga muvofiq tibbiy-ijtimoiy patronajga quyidagi vazifalar yuklatiladi: - oilalarga tibbiy, ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatish; - ayol va bolalarni sog‘lomlashtirishda yordam ko‘rsatish, oilani rivojlantirish bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini olib borish. 1998 yil 1 aprelda Vazirlar Mahkamasining "Ona va bola skiringi dasturini tasdikdash to‘g‘risida"gi Farmoyishi chiqdi. Bu dastur homilador ayollarda nogiron bolalarning tug‘ilishini oldini olish uchun tug‘ma va boshqa patalogiyasini aniqlashga qaratilgan. Bu farmoyishga binoan "Ona va bola skiringi" dasturini qo‘llab-quvvatlash mas’uliyati "Sog‘lom avlod uchun", "Mahalla" fondi hamda O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasiga yuklatildi. 1998 — 2001 yillardagi davrda, "Sog‘lom avlod uchun" fondining "Villak" (Finlandiya) va "Bristol Monteds Skvibb" (AQSH) kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalariga muvofiq, skrining markazlari agrotexnika va boshqa texnik jihozlari bilan ta’minlandilar. 1997 yil 31 dekabrda Vazirlar Mahkamasining "808 — O‘zbekiston bolalar mahallasi assotsiatsiyasini ta’sis etish to‘g‘risida"gi farmoyishi chop qilindi. Bu assotsiatsiya — 808 — Kinderford xalqaro jamiyati (Avstriya) tomonidan ta’sis etildi. Assosatsiya faoliyatining asosiy maqsad va yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: — jamoatchilik va davlat tuzilmalari tomonidan yetim bolalarning jismoniy, aqliy va axloqiy jihatdan rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishdagi harakatlarini tartibga solish; — yetim bolalarga yordam berishga qaratilgan loyiha va dasturlarni amalga oshirishda moliyaviy yordam ko‘rsatish; falokatga uchragan barcha bolalarga yordam berish; O‘zbekiston Respublikasida 808 — O‘zbekiston bolalar mahallaarini tashkil qilish va ularni jihozlar bilan ta’minlash; 808 — Kinderford interneyshnl bilan hamkorlikqilish; — assotsiatsiya faoliyatiga davlat, jamoat va xususiy tashkilotlarni jalb qilish; — yetim bolalar uchun insonparvarlik dasturlarini tarqatish: va qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘rgazmalar, seminarlar uyushtirish, axborot materiallarini chop etish va OAVlari bilan hamkorlik qilish. Yuqorida keltirilgan hujjatlardan ko‘rinib turibdiki, 1996 yildan boshlab ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor qaratilgan. 1995 yil O‘zbekistonda shaxsni shakllantirishning ijtimoiy pedagogik konsepsiyasi ishlab chiqilgan edi. Uning tuzilishi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta’lim tizimini to‘g‘ri isloh qilish bilan izohlanadi. Konsepsiyaning asosiy qoidalari: — madaniy-axloqiy tarbiyaning ta’limdan ustuvorligi; — insonda ijtimoiy faollik, o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalari, muomala va axloqmadaniyati, yuqori intizomga ega demokratik jamiyat fuqarosini tarbiyalash; — ijtimoiy faol shaxsni jamiyat ishlab chiqarishning asosiy sharti sifatida shakllantirish, har bir fuqaroni hayotning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy sohalarida ishtirok etishi; — shaxsni ijtimoiylashtirish vositalari sifatida demokratiyalashtirish, insonparvarlik tamoyillarini amalga oshirish. Ta’limni demokratiyalashtirish — faollik va tashabbusni, hamkorlik, birlik vositalarini rivojlantirishni nazarda tutsa, insoniylashtirish yosh avlodni milliy va ijtimoiy-madaniy qadriyatlar orqali umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarga, inson huquqlarini ta’minlashga ko‘nikishlari ma’nosini beradi. Bu konsepsiya boy tarixiy, madaniy, ma’naviy, pedagogik, ijtimoiy an’analar bilan birgalikda, ijtimoiy pedagogika fanining amaliy faoliyati sohasi sifatidagi rivojida poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Milliy dasturning amalga oshirilishi jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsning shakllanishiga olib keladi. Bunday shaxslarning ko‘payishi jamiyatda omil hayot kechirish tizimini vujudga keltiradi, deya uqtiradi Yurtboshimiz I. Karimov. Odamlar olomon bo‘lib yashashdan bosh tortadilar, har bir kishi o‘z aqli, o‘z mehnati, o‘z xulosasi bilan yashay boshlaydi. Eng asosiysi bunday kishilarga chetdan hech qanday nopok kuch, buzuq g‘oyalar, quruq shiorlar, chaqiriqlar bilan ta’sir etib bo‘lmaydi. Bunday odamlarni o‘z tanlagan yo‘llari maqsadlaridan hech qanday kuch toydira olmaydi. Barkamol insonlarni shakllantirishda tarbiya hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tarbiya ijtimoiy tarixiy tajribalarni egallash uchun kishilar faoliyatini tashkil etishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasida ham tarbiyaning maqsadi bayon qilib berilgan. Unda bunday deyiladi: Tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma’naviy tarixiy an’analariga, urf odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir va bunda har birimiz ma’sul bo`lishimiz kerakdir. Download 28.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling