Nominal ish haqi – xodimning ma’lum bir vaqt mobaynida bajargan mehnati uchun hisoblangan va to‘langan ish haqidir.
Real ish haqi - nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori: real ish haqi - nominal ish haqining “iste’mol qobiliyati”dir.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay va vaqtbay usullari mavjud.
Mehnatga ishbay haq to‘lash ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)
uchun to‘lanadigan haqni anglatadi. Korxonalarda faqat ishbay emas, balki ishbay – mukofotli
haq to‘lashdan foydalaniladi.
Mehnatga vaqtbay haq to‘lash tarif tizimida ko‘zda tutiluvchi ishlab berilgan vaqt - kalendar vaqt emas, balki me’yoriy vaqt uchun to‘lanadigan haqni anglatadi.
Vaqtbay - mukofotli haq to‘lashda ishchi ishlab bergan vaqtiga haq olishdan tashqari, ushbu ish haqiga ma’lum bir foiz hisobida mukofot ham oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |