Soha lug‘atlari filologik (lingvistik) lug‘atlar


Download 23 Kb.
bet1/3
Sana17.12.2022
Hajmi23 Kb.
#1026139
  1   2   3
Bog'liq
filologik lug‘atlar


Reja:

  1. Soha lug‘atlari

  2. filologik (lingvistik) lug‘atlar

  3. Sohaviy lug’at tuzish bo’yicha

Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi.
Leksikografiya lot. lexikos — so‘z, grapho — chizmoq, yozmoq so‘zlaridan olingan bo‘lib, lug‘at tuzish amaliyoti va nazaryasi bilan shug‘ulanuvchinning til shinoslikni bo‘limidir.
Leksikografiya nazariyasining predmeti lug‘at tuzish tamoyillari va usullaridir.
Leksikografiya amaliyoti esa lug‘at tuzuvchilarning ishini tashkil etish, so'zlarni kartochkalarga tushirish, sistemaga solish va saqlash singarilarni o‘z ichiga oladi. Leksikografiya nazariyasida lug‘at turlari, so‘zlik tarkibi va so‘z maqolasining tuzilishi asosiy o‘rinni egallaydi.lug‘atlar ikki turli boladi:
1) ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar;

2) filologik (lingvistik) lug‘atlar.



Bu ikki turdagi lug‘atlar lug‘at birliklarining nimaga qaratilgani bilan farqlanadi. Lug‘atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni o‘z ichiga olsa, ensiklopedik (qomusiy) lug‘at ma’lum bir tildagi so‘zlarni o‘z ichiga olsa, filologik (lingvistik) lug‘at hisoblanadi.
Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy tushunchalar va boshqalar o‘z ifodasini topadi. Umuman, ensiklopedik lug‘atlar ma’lum bir xalqning madaniy-ma’naviy, ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir barcha tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda o‘z izohini topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” ni yaratish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qildi. Ana shu qaror asosida 2000—2006-yillarda 12 jildli “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” yaratildi.
Toshkent shahrida ensiklopedik lug‘atlar va kitoblarni nashr etish bilan shug‘ullanayotgan alohida muassasa — “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tildagi so‘zlarni izohlashga qaratilgan lug‘atlar izohli lug‘at, muayyan tildagi so‘zlarning ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan lug‘atlar esa tarjima lug‘at sanaladi.
1981-yili Moskvadagi «Pyccкий язык» nashriyotida nashr qilingan 2 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2006—2008-yillarda «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr qilingan va 80 ming so‘z hamda so‘z birikmasini o‘z ichiga olgan 5 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2001-yili Toshkentdagi «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati tomonidan nashr etilgan «O‘zbek tili faol so'zlarining izohli lug‘ati» yoki o‘zbekcha-ruscha, inglizcha-ruscha-o‘zbekcha lug‘atlar bunga misol bo‘la oladi.
Izohli lug‘atlar so'zlikning tanlanishiga ko‘ra umumiy va tarmoq lug‘atlarga bo‘linadi. Tilning barcha so‘zlarini izohlashga qaratilgan lug‘atlar umumiy izohli lug‘atlar, ma’lum bir tarmoqqa doir so‘zlarnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug‘atlar tarmoq lug‘at hisoblanadi. (Masalan, kasb-hunarga doir lug‘atlar, ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalar lug‘ati va boshqalar.)
Har qanday lug‘at shu lug‘atning egasi bo‘lgan xalqning katta madaniy va ma’naviy boyligi sanaladi.Hozirgi zamon hujjatchiligida xizmat yozishmalari alohida o'rin egallaydi va juda keng miqyosda qo‘llanadigan hujjatlar oqimini o‘ziga qamrab olgan.Ilm-fan rivoji va zamonaviy texnologiyalarning taraqqiy etishi natijasida turli sohalarda yangi atama va leksemalar ko’lami kengayib paydo bo’ldi. Buning natijasi o’laroq, zamonaviy lug’atshunoslikda sohaviy lug’atlar tuzish samaradorligiga ehti-yoj ortib, zamonaviy tilshunoslikda ushbu yo’nalishdagi ilmiy tadqiqotlarga bo’lgan talab sezilarli darajada ortdi.Sohaviy lug’at tuzish bo’yicha mamlakatimizning ko’plab tilshunoslari tomonidan keng ko’lamli ishlar olib borilib, bir necha sohalarda qo’llab keli-nalayotgan lug’atlar tuzildi. Bularga misol tariqasida J.Hasanboyev, X.To’-raqulov, M.Haydarov va O.Hasanboyeva tomonidan tuzilgan ’’Pedagogika fanidan izohli lug’at’’ va E.Nazirov va D.Nazirov tomonidan tuzilgan ’’Yarim o’tkazgichlar fizikasi lug’ati’’ni keltirishimiz mumkin.Shu o’rinda, sohaviy lug’atlar tushunchasiga to’xtalib, uning lingvistik va en-siklopedik lug’atlar bilan o’xshash va farqli jihatlarini tahlil qilamiz. Sohaviy lu-g’atlar ’’maxsus lug’atlar’’ va ’’atamalar lug’ati’’ kabi nomlar bilan ham ishla-tiladi. Xususan, M.Irisqulov o’zining ’’Tilshunoslikka kirish’’ kitobida ularni ’’maxsus lu-g’atlar’’ deb atab, ularga shunday ta’rif beradi:’’Bu lug’atlar fan va texnikaning ma’lum bir yo’nalishiga, tarmog’iga bag’ishlangan bo’lib, u ham izohli ham tarjima lug’ati bo’lishi mumkin.1’’ Ushbu izohdan ko’rinib turibdiki, sohaviy lug’atlar o’z o’rnida ikki xil turga bo’linadi. Biri bir til ichidagi ma’lum bir tarmoqqa doir so’z-larga berilgan ta’riflarni o’z ichiga olsa, ikkinchi turiga bir tildagi sohaviy ata-malarning boshqa bir yoki bir necha tillardagi tarjimasidan tashkil topgan lug’at-lar-dir. Yuqorida keltirilgan sohaviy lug’atlar birinchi turga misol bo’lsa, sohaviy tar-jima lug’atlariga B.Alixonov va S. Samolyovning ’’O’zbekcha-ruscha-inglizcha ekologik izohli lug’ati’’ misol bo’la oladi.
Lug‘atchilik. Hozirgi o‘zbek lug‘atchiligi va lug‘at turlari. Leksikografiya yunoncha: so`zlarni yozaman, demak.
Ma’lum bir til yoki ikki va undan ortiq til so`zlarini yig`ib, sistemalashtirilgan holda lug`at tarzida chiqarish leksikografiya deyiladi.
Leksikografiya lug`at va lug`atchilik to`g`risida bahs etadi. Leksikografiyaning ikki tarmog`i bor:

  1. Lug`atchilik

  2. Lug`at tuzish bilan bog`liq nazariy masalalarni o`rganuvchi tarmoq,

Lug`atlar o`z mohiyati e’tibori bilan ikki tipga bo`linadi

  1. Ensiklopedik, ya’ni qomus lug`atlari; 2. Lingvistik lug`atlar,

Bu lug`aglar o`zaro ikki jihatdan farq qiladi 1. Ob’yekti jihatidan

  1. So`zligi jihatidan.

Lingvistik lug`atlarning ob’yekti so`zdir. Bunday lug`atlar so`zlarning semantikasi, grammatik xususiyatlari, imlosi, talaffuzi, etimologiyasi va h.k. haqida ma’lumot beradi.
Ensiklopedik lug`atlarning ob’yekti so`zlarda ifada topgan narsa, hodisa, tushuncha, shaxs kabilardir. Bunday lig`atlarda narsa, hodisa, tushuncha, shaxs haqida ma’lumotlar qayd etiladi.
Lingvistik lug`atlarning so`zligida barcha mustakil va yordamchi so`zlar qayd etiladi.
Ensiklopedik lug`atlar o`z xarakteriga ko`ra ikki xil: 1. Umumxarakterdagi ensiklopediya;

  1. Maxsus ensiklolediya.

Umumxarakterdagi ensiklopediya ilmning barcha sohalari bo`yicha; mashhur shaxslar, olimlar, shoirlar haqida ancha keng ma’lumot beradi,
Maxsus xarakterdagi ensiklopediyalarga meditsina ensiklopediyasi, adabiyotshunoslik ensiklopediyasi va h.k. kiradi.
Filologik lug`atlarda malum bir tildagi so`zlar va iboralar ma’nosi izohlanadi yoki ikki, uch tildagi so`zlar tarjima qilib beriladi, til xususiyatiga ko`ra bunday lug`atlar uchga bo`linadi:

  1. Bir tilli lug`atlar.

  2. Ikki tilli tarjima lug`atlar.

  3. Ko`p tilli tarjima lug`atlari,


Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling