Sohada at fanidan oraliq nazorat testi savollari


Download 99.8 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi99.8 Kb.
#1416818
Bog'liq
Sohada AT fanidan oraliq nazorat testi savollari


Sohada AT fanidan oraliq nazorat testi savollari



  1. “Blokcheyn” so‘zi qaysi tilidan olingan va qanday ma’noni anglatadi?

  2. Markazlashtirilmagan ma’lumotlar bazasi bo‘lib, u o‘zida undan ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilar ma’lumotlari (o‘tkazmalari) haqida ma’lumotlarni alohida “zanjir” shaklida saqlash imkonini beradi bu nima?

  3. Uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma'lumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyasiya qilishni ta'minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui bu - …. Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  4. Telekommunikatsiyalar kanali bu-… Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  5. Telekommunikatsiya vositalari bu-… Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  6. Texnik vositalar va tarqalish muhiti majmui. U telekommunikatsiya signallarining o‘tish yo‘lini hosil qiladi. Uning nomi nima?

  7. Signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini o‘tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlash deganda nima tushuniladi?

  8. MiPasa – bu nima?

  9. Xitoyning SF Express kurer kompaniyasi COVID-19 pandemiyasi paytida dori-darmonlarni yetkazib berishni kuzatish uchun qaysi texnologiyadan foydalanadi.

  10. Blok – bu nima?

  11. 1991 yilda AQSH olimlaridan kimlar o‘sha davrda ko‘pchilik insonlar blokcheyn deb nomlagan tizimni yaratishadi.

  12. Blokcheyn texnologiyasining asoschisi kim?

  13. Satoshi Nakamoto blokcheyn texnologiya bo‘yicha birinchi texnik reglamentni nechanchi yilda yaratdi

  14. Bitkoin bu- nima?

  15. Kriptovalyuta bu- nima?

  16. MedVice platformasi qanday nomli blokcheyn tizimi hamda sun’iy intellekt yordamida bemorlarning tibbiy ma’lumotnomalari analiz qilish oqibatida ularni to‘playdi hamda samarali xizmat ko‘rsatish usullarini taklif etadi

  17. Kommunikatsiya yoki “telekommunikatsiya” bu - nima?

  18. Telekommunikatsiyaning yadrosini tashkil etuvchi – telefon tarmog‘i XX asrda interaktiv xizmatlarning asosiy ikki aloqa turi orqali amalga oshiradi va ular qaysilar?

  19. Nechanchi yillarda 3200 raqamli kvazi-elektron ATSlar Toshkent shahar telefon tarmog‘i hamda Toshkent viloyati Kalinin va Namangan viloyatining Toshbuloq tuman markazlarida bosqichma -bosqich modernizatsiya qilingan?

  20. Respublikamizning telekommunikatsiya tarmog‘ida 1987 yili birinchi dasturiy boshqaruvga asoslangan qaysi rusumdagi elektron telefon stansiyasini ekspluatatsiya qilish bilan raqamli tizimlarga o‘tila boshlangan?

  21. Respublikamizning telekommunikatsiya tarmog‘ida nechanchi yili birinchi dasturiy boshqaruvga asoslangan AXE-10 (ShATS) rusumdagi elektron telefon stansiyasini ekspluatatsiya qilish bilan raqamli tizimlarga o‘tila boshlangan?

  22. Manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘јrisidagi ma’lumotlar nima deyiladi ?

  23. … o‘z mablag'iga yoki boshqa qonuniy yo‘l bilan olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  24. ... axborot borasidagi xavfsizlikka taqdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora- tadbirlari. Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  25. ... alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to‘plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to‘plamlari. Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  26. ... axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holati. Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  27. …(lotin confedihta-ishonch) — inshonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi kafolati. Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  28. ... aniq bir axborotga faqat tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy hujjatlarga muvofiq cheklab qo‘yilib, hujjatlashtirilganligi kafolati. Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  29. …. axborot boshlang‘ich ko‘rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va uzatishda ruxsat etilmagan o‘zgarishlar qilinmaganligi kafolati. Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  30. Autentifikatsiya so`zining ma'nosi nima?

  31. …. uning egasi haqiqiyligini aniqlash jarayonida tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladigan belgilar ketma- ketligi. Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  32. Axborot xavfsizligi-bu?

  33. … bu ma’lumotlarni aniqligini, ma’lumotlarni va dasturlarni ruxsatsiz ishlatishdan, nusxalashdan va o‘zgartirilishidan himoyalangan ekanligini bildiradi. Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  34. ... bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga qo‘yilgan me’yor va talablarni bajarishidir. Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  35. ... himoyalash vositalariga parol, elektron kalit, elektron identifikatorlar, elektron imzo, kodlash vositalari, ma’lumotlarni dekodlashlar kiradi bular qanday vositalar. Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  36. Sirli (maxfiy) aloqalar sohasi bu?

  37. Kriptografiya qanday ma'noni bildiradi?

  38. Kriptotizimni nechta sinfga bo’lingan?

  39. Maxfiy xabarlarni yashirishdagi uslublar qadimdan ma’lum, inson faoliyatining bu sohasi … nima deb nom olgan?

  40. Maxfiylik deganda nimani tushunasiz?

  41. Kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmining ba’zi-bir parametrlarining maxfiy holati bo‘lib, barcha algoritmlardan yagona variantni tanlaydi bu nima?

  42. Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o‘zaro bir-birlari bilan hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga nima deyiladi?

  43. Kompyuterlarning bir – biriga har xil ma’lumotlar uzatish va qabul qilish maqsadida uzatish kanallari orqali bog’lanishi nima deyiladi?

  44. Kompyuter tarmoqlari hududiy taqsimlanishiga ko’ra nechta guruhga bo’linadi?

  45. …- bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi kompyuterlarni bir – biriga bog’lash uchun xizmat qiladi. Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  46. Alohida tugunlarni tarmoqda ulash usullari nima deyiladi?

  47. Odatda nechta tarmoq topologiyasi qo’llaniladi?

  48. …- bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chiziqiga parallel bog’lanadi. Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  49. …- bu holatda barcha kompyuterlar yopiq xalqasimon, ketma-ket bog’lanadilar. Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  50. …-topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega (kommutator yoki kontsentrator). Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  51. Uncha katta bo’lmagan mamlakat, shaharlar va viloyatlardagi foydalanuvchilarni birlashtiradigan tarmoq qaysi?

  52. Ishlashi uchun modem, telefon bo’lishi shart bo’lgan tarmoq?

  53. Global tarmoqlardan biri?

  54. Internet tarmog’I nechanchi yildan buyon dunyo bo’yicha o’z faoliyatini boshladi?

  55. Yagona standart asosida faoliyat ko’rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog’I qanday?

  56. Internetning tarkibiy qismi nechta?

  57. Dastlabki kompyuter tarmog’i?

  58. ARPANET qachon ishlab chiqilgan?

  59. Internetda manzillashda har bir tarmoqqa ulanuvchi interfeysga unikal … biriktiriladi?

  60. Internet tarmog’idagi elektron xatlarni jo’natish va qabul qilish xizmati va texnologiyasi nima?

  61. …- xabarlarni yaratadi, o’qiydi va javob qaytaradi. Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  62. …- bu foydalanuvchi uchun elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi kompyuterda qayd qilingan nomdir. Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni aniqlang.

  63. Xat yuboruvchi manzilni maxsus jurnalga kiritib bu manzildan boshqa xat olmaslik maqsadida ishlatiladi?

  64. Pochta qutisiga kelayotgan xatlarning mavzusi, kimdan kelgan manzili asosida saralash va tartiblash funktsiyasini nima bajaradi?

  65. Xabarlarni tezkor almashish (bir necha daqiqa), xabarlarga qo’shimcha ma’lumotlarni ilova qilish imkonini beruvchi xizmat turi?

  66. Elektron pochta serveri nimalarni ta’minlaydi?

  67. Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta’minlaydigan nechta asosiy tamoyil mavjud?

  68. Qachon 150 dan ortiq mamlakatdagi kompyuterlar WannaCry virusi bilan zararlandi?

  69. Qaysi virus sababli Nissan Motor va Renault avtomobil konsernlari bir nechta ishlab chiqarish maydonlarida ishlab chiqarishni vaqtincha toʻxtatib qoʻydi?

  70. «Kriptografiya» atamasi qaysi so’zdan olingan?

  71. Kriptologiyaning rivojlanishini nechta bosqichga ajratish mumkin?

  72. Axborot bilan tanishish huquqi bo‘lmagan shaxslardan bu axborotni himoyalash deganda nima tushuniladi?

  73. Axborotni ruxsatsiz o‘zgartirib bo‘lmasligining kafolati deganda nima tushuniladi?

  74. Axborotli o‘zaro munosabat jarayonida axborotning o‘zini va tomonlarning haqiqiyligini tasdiqlash usullarini ishlab chiqish nimani anglatadi?

  75. Subyektlar tomonidan amalga oshirilgan harakatlarni tan olmaslik holati mumkinligini oldini olish deganda nima tushuniladi?

  76. Shifrlashning asosiy elementi nima hisoblanadi?

  77. Kriptologiya rivojlanishining 2-bosqichi qaysi davrga to’g’ri keladi?

  78. Kriptologiya rivojlanishining 3-bosqichi qaysi davrga to’g’ri keladi?

  79. Kriptologiya rivojlanishining nechanchi bosqichi K.Shenonning «Maxfiy tizimlarda aloqa nazariyasi» nomli risolaning chop etilishi bilan bog’lanadi?

  80. «Kriptografiyaning yangi yo‘nalishlari» nomli asarining muallifi kim?

  81. Deshifrovka qilish nima?

  82. Hujum odatda nechta turga bo’linadi?

  83. Deshifrovka qilish qaysi hujum turiga kiradi?

  84. Shifrlab uzatilayotgan xabarni modifikatsiya qilish qaysi hujum turiga kiradi?

  85. Qalbaki xabarlar yuborish qaysi hujum turiga kiradi?

Download 99.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling