Sohadan tashkil topadi: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy


Badiiy obraz turlari.Ijodiy metod va adabiy oqimlar


Download 75.36 Kb.
bet5/5
Sana14.05.2023
Hajmi75.36 Kb.
#1462244
1   2   3   4   5
Bog'liq
Adabiyotshunoslikdan konspekt

4.Badiiy obraz turlari.Ijodiy metod va adabiy oqimlar


Umumlashtirish darajasiga ko'ra ham badiiy obrazning qator
ko'rinishlari — individual obraz, xarakter, tipik obraz kabilar
ajratiladi. Biroq, aytish kerakki, ularning orasidagi farq doim ham
yaqqol ko'zga tashlanavermaydi, ya’ni bu xil bo'linishda muayyan
darajada shartlilik saqlanib qoladi. Individual obraz deyilganda o'zigagina xos bo'lgan fe’l-atvori, gap-so'zlari, betakror xarakter xususiyatlari bilan namoyon bo'luvchi obrazlar tushuniladi (mas.,»0'tmishdan ertaklar»dagi Babar, «Mening o'g'rigina bolam» hikoyasidagi Roqiyabibi). Xarakter deganda esa muayyan davr va muhit kishilariga xos eng muhim, xarakterli umumiy xususiyatlar bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni o'zida uyg'un mujassam etgan obraz nazarda tutiladi. Tipik obraz deyilganda, muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoit, davr va muhitga xos muhim xarakterli xususiyatlarni o'zida namoyon etgan obraz nazarda tutiladi.
Umumlashtirish darajasiga ko'ra yana badiiy obrazning motiv,
topos, arxetip deb yuritiluvchi ko'rinishlari ham ajratiladi. Yuqorida
ko'rib o'tganimiz individual, xarakter va tipik obrazlar bir asar
doirasi bilan cheklansa, keyingi uchalasi adabiy-madaniy an ’anaga
ko'ra muayyan turg'un shaklga aylanib, asardan asarga ko'chib yurish xususiyatiga ega.
Motiv (motiv obraz) shakliy va mazmuniy jihatlardan muayyan
turg'unlik kasb etgan, bir yoki bir necha ijodkoming asarlarida
qaytarilib turishi bilan ularning ijodiy intilishlarini namoyon etib
turuvchi obrazdir. Masalan, Cho'lpon ijodi uchun «yo'l» obrazi motiv sanalishi mumkin. Ayni shu obraz uning ham she’riy, ham nasriy asarlarida tez-tez takrorlanadi. Yoki Cho'lpon ijodiga xos bo'lgan «yulduz», «yo'lchi» motivlari 20-30-yillar she’riyatida, xususan,A.Fitrat, Oybek va U.Nosir asarlarida ham uchraydi.Topos motivga nisbatan kengroq tushuncha bo'lib, u umuman milliy madaniyatda, katta bir adabiy davr mobaynida takrorlanuvchi obraz sanaladi. Shu jihatdan, o ‘zbek mumtoz she’riyatidagi payg‘ambarlar obrazlari, gul va bulbul, sham va parvona kabi qator
takrorlanuvchi obrazlar topos sanalishi mumkin.Arxetip deyilganda, inson tafakkuri, ijodiy tasawuriga xos bo‘lgan turg‘un «sxema»lar, konstruksiyalar, qoliplar tushunilib, ulaming izlarini eng qadimgi davrlardan boshlab to hozirgi adabiyotgacha ko'rish mumkin bo‘ladi. Arxetip konstruksiya va sxemalardan o‘ziga xos «syujet va syujet holatlari» jamg‘armasi hosil bo‘ladiki, ular asardan asarga, davrdan davrga ko‘chib yuradi. Masalan,«bulbul -gul - chaqirtikanak”.

H ay o tn i b ad iiy aks e ttir is h ta m o y illa ri 3 0 - 4 0 - y illa r


adabiyotshunosligida «metod» deb yuritilib, unga ko‘ra badiiy
adabiyotda ikkita - realistik va norealistik ijodiy metodlar mavjud
deb sanalgan. Keyinroq metod atamasi ostida badiiy asarning g‘oyaviy
mazmuni bilan bog‘liq b o ‘lgan hayot materialini tanlash, badiiy
idrok etish va baholash prinsi plari tushunila boshlangan. Ya’ni
metod endi badiiy tafakkur tarzi sanalib, u badiiy adabiyot e’tiborini
voqelikning u yoki bu qirralariga qaratishi, tipiklashtirishi va
baholashida namoyon b o ‘luvchi hodisa sanalgan. Anglashiladiki,
atamadagi keyingi ma’no ko‘chishi adabiyotning mafkura quroliga
aylanishini ilmiy asoslash jarayonida sodir b o ‘lgandir. Shunday
bo‘lsa-da, atamaning keyingi ma’noda qo‘llanishi badiiy ijoddagi
ikki lliulliili unsui - metud vu mlubni aloliidd kdtcgoiiyaldi bifatidd
tushunish va tushuntirish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.
Badiiy tafakkur tarzini anglatuvchi metod gnoseologik (ya’ni badiiy
bilish bilan bog‘liq) kategoriya b o ‘lsa, uslub antropologik (ya’ni
ijodkor shaxsi bilan bogMiq) kategoriyadir. Bundan ko‘rinadiki,
metod g‘oyaviylik hodisasi bo‘lsa, uslub badiiylik hodisasidir. Uslub
ijodkoming ijodiy individualligini belgilaydi, ijodiy individuallik esa
u yaratgan badiiy asarning barcha sathlarida (badiiy matnning
tuzilishi - ritorika, badiiy voqelikni yaratish prinsi plari - poetika)
namoyon boMadi. «Uslub - odam» degan qarashning vujudga kelishi
bejiz emas: asar o ‘zida ijodkor shaxsini ifodalar ekan, buni uslubda
namoyon etadi. Aytaylik, A.Qahhorga xos jumla tuzish, A.Qahhorga
xos rivoya, A .Qahhorga xos badiiy detallar funksionalligi,
A.Qahhorga xos syujet qurilishi deya olishimizning boisi shundaki,
bularning bari A.Qahhor uslubi bilan, uning ijodiy o ‘ziga xosligi
bilan izohlanadi.
Adabiy yo‘nalish tushunchasi biz yuqorida to ‘xtalgan hayotni
badiiy aks ettirish prinsi plari, metod va uslub tushunchalari bilan
bevosita bog'liqdir. Adabiy yo‘nalish badiiy tafakkur tarzi, metod
va uslub kesishgan nuqtada yuzaga keluvchi tushunchadir. Gap
shundaki, muayyan davrda yashagan bir qator ijodkorlar yaratgan
ko'plab asarlarda tipologik umumiylik mavjud. Tipologik umumiylik
hayot materialini tanlash, uni badiiy idrok qilish va baholash
prinsiplarida, asarlam ing badiiy shakl xususiyatlari, uslubiy
jihatlarida o ‘zini namoyon etadi. Uzluksiz adabiy jarayonning
muayyan bosqichlarida kuzatiluvchi badiiy ijodning g'oyaviy-estetik
tamoyillari asosidagi umumiylik adabiy yo'nalish haqida gapirish
imkonini beradi. Adabiy yo'nalish adabiy jarayonning, badiiy
tafakkur tarraqqiyotining muayyan bosqichini nazariy jihatdan
um um lashtirish orqali uning m ohiyatini anglash im konini
beruvchi muhim adabiy-estetik kategoriyadir. Shuni ham unutmaslik
kerakki, tipologik umumiylik bir yo'nalishga mansub ijodkoming
ham g'oyaviy, ham estetik jihatdan o'ziga xosligini inkor qilmaydi.
Ya’ni bir yo'nalish doirasidagi asarlarda turlicha ideallarning,
dunyoqarashning aks etishi tabiiy hodisadir. Masalan, romantizm
yo'nalishiga mansub bo'lmish Bayron bilan Gyote asarlarida aynan
bir xillikni izlash xato, ulardagi yaqinlik chuqur qatlamlarda,
katta o'lchovdagina namoyon bo'ladi.
Demak, bir adabiy yo'nalish doirasida turli oqimlar kuzatilishi
mumkin. Zero, adabiy oqim adabiy yo'nalishning bir ko'rinishi,
o'ziga xos bir varianti sanaladi. Adabiy yo'nalish va oqimdan farq
qilaroq, adabiy maktab deganda, nazariy jihatdan anglangan ijodiy
dasturiga ega bo'lgan, tashkiliy tuzilma sifatida shakllangan ijodkorlar
guruhi tushuniladi. Masalan, XX asr boshlari rus adabiyotidagi
futuristlar, akm eistlar shu xil maktab sifatida k o ‘rsatilishi
m um kin.
A d ab iy o tsh u n o slik d a ad ab iy y o ‘n a lish lar n i a jr a tis h d a
turlichalik bor. Jum ladan, ayrim adabiyotshunoslar adabiy
yo'nalish deganda, anglangan g‘oyaviy-estetik tamoyillarga, turli
darajada amal qilinuvchi ijodiy dasturga ega bo‘lishlikni shart qilib
q o ‘yadilar. Biroq bu xil yondashuv chalkashliklar keltirib
chiqarishi, m ohiyatan bir xil adabiy hodisalami turli atam alar
bilan nomlashni keltirib chiqaradi. Masalan, bu holda klassisizmni
adabiy yo'nalish, romantizmni adabiyot taraqqiyotidagi bosqich
deb ataladiki, bu unchalik maqbul emas. Biz adabiy yo‘nalishlarni
Y.Borev qarashlaridan kelib chiqqan holda ajratishni maqbul
deb bilamiz. Unga ko‘ra, o‘tmish adabiyotidagi (mifologik realizm,
o ‘rta asrlar simvolizmi, uyg'onish davri realizmi, barokko,
k lassisizm , m a ’r if a tp a r v a r lik r e a liz m i, s e n tim e n ta liz m ,
romantizm, tanqidiy realizm) hamda XX asr adabiyotidagi
(realizm, sotsialistik realizm, syurrealizm , ekzistensializm )
yo'nalishlar ajratilishi mumkin.
Download 75.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling