Sohadan tashkil topadi: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy
Badiiy obraz turlari.Ijodiy metod va adabiy oqimlar
Download 75.36 Kb.
|
Adabiyotshunoslikdan konspekt
4.Badiiy obraz turlari.Ijodiy metod va adabiy oqimlarUmumlashtirish darajasiga ko'ra ham badiiy obrazning qator ko'rinishlari — individual obraz, xarakter, tipik obraz kabilar ajratiladi. Biroq, aytish kerakki, ularning orasidagi farq doim ham yaqqol ko'zga tashlanavermaydi, ya’ni bu xil bo'linishda muayyan darajada shartlilik saqlanib qoladi. Individual obraz deyilganda o'zigagina xos bo'lgan fe’l-atvori, gap-so'zlari, betakror xarakter xususiyatlari bilan namoyon bo'luvchi obrazlar tushuniladi (mas.,»0'tmishdan ertaklar»dagi Babar, «Mening o'g'rigina bolam» hikoyasidagi Roqiyabibi). Xarakter deganda esa muayyan davr va muhit kishilariga xos eng muhim, xarakterli umumiy xususiyatlar bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni o'zida uyg'un mujassam etgan obraz nazarda tutiladi. Tipik obraz deyilganda, muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoit, davr va muhitga xos muhim xarakterli xususiyatlarni o'zida namoyon etgan obraz nazarda tutiladi. Umumlashtirish darajasiga ko'ra yana badiiy obrazning motiv, topos, arxetip deb yuritiluvchi ko'rinishlari ham ajratiladi. Yuqorida ko'rib o'tganimiz individual, xarakter va tipik obrazlar bir asar doirasi bilan cheklansa, keyingi uchalasi adabiy-madaniy an ’anaga ko'ra muayyan turg'un shaklga aylanib, asardan asarga ko'chib yurish xususiyatiga ega. Motiv (motiv obraz) shakliy va mazmuniy jihatlardan muayyan turg'unlik kasb etgan, bir yoki bir necha ijodkoming asarlarida qaytarilib turishi bilan ularning ijodiy intilishlarini namoyon etib turuvchi obrazdir. Masalan, Cho'lpon ijodi uchun «yo'l» obrazi motiv sanalishi mumkin. Ayni shu obraz uning ham she’riy, ham nasriy asarlarida tez-tez takrorlanadi. Yoki Cho'lpon ijodiga xos bo'lgan «yulduz», «yo'lchi» motivlari 20-30-yillar she’riyatida, xususan,A.Fitrat, Oybek va U.Nosir asarlarida ham uchraydi.Topos motivga nisbatan kengroq tushuncha bo'lib, u umuman milliy madaniyatda, katta bir adabiy davr mobaynida takrorlanuvchi obraz sanaladi. Shu jihatdan, o ‘zbek mumtoz she’riyatidagi payg‘ambarlar obrazlari, gul va bulbul, sham va parvona kabi qator takrorlanuvchi obrazlar topos sanalishi mumkin.Arxetip deyilganda, inson tafakkuri, ijodiy tasawuriga xos bo‘lgan turg‘un «sxema»lar, konstruksiyalar, qoliplar tushunilib, ulaming izlarini eng qadimgi davrlardan boshlab to hozirgi adabiyotgacha ko'rish mumkin bo‘ladi. Arxetip konstruksiya va sxemalardan o‘ziga xos «syujet va syujet holatlari» jamg‘armasi hosil bo‘ladiki, ular asardan asarga, davrdan davrga ko‘chib yuradi. Masalan,«bulbul -gul - chaqirtikanak”. H ay o tn i b ad iiy aks e ttir is h ta m o y illa ri 3 0 - 4 0 - y illa r adabiyotshunosligida «metod» deb yuritilib, unga ko‘ra badiiy adabiyotda ikkita - realistik va norealistik ijodiy metodlar mavjud deb sanalgan. Keyinroq metod atamasi ostida badiiy asarning g‘oyaviy mazmuni bilan bog‘liq b o ‘lgan hayot materialini tanlash, badiiy idrok etish va baholash prinsi plari tushunila boshlangan. Ya’ni metod endi badiiy tafakkur tarzi sanalib, u badiiy adabiyot e’tiborini voqelikning u yoki bu qirralariga qaratishi, tipiklashtirishi va baholashida namoyon b o ‘luvchi hodisa sanalgan. Anglashiladiki, atamadagi keyingi ma’no ko‘chishi adabiyotning mafkura quroliga aylanishini ilmiy asoslash jarayonida sodir b o ‘lgandir. Shunday bo‘lsa-da, atamaning keyingi ma’noda qo‘llanishi badiiy ijoddagi ikki lliulliili unsui - metud vu mlubni aloliidd kdtcgoiiyaldi bifatidd tushunish va tushuntirish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir. Badiiy tafakkur tarzini anglatuvchi metod gnoseologik (ya’ni badiiy bilish bilan bog‘liq) kategoriya b o ‘lsa, uslub antropologik (ya’ni ijodkor shaxsi bilan bogMiq) kategoriyadir. Bundan ko‘rinadiki, metod g‘oyaviylik hodisasi bo‘lsa, uslub badiiylik hodisasidir. Uslub ijodkoming ijodiy individualligini belgilaydi, ijodiy individuallik esa u yaratgan badiiy asarning barcha sathlarida (badiiy matnning tuzilishi - ritorika, badiiy voqelikni yaratish prinsi plari - poetika) namoyon boMadi. «Uslub - odam» degan qarashning vujudga kelishi bejiz emas: asar o ‘zida ijodkor shaxsini ifodalar ekan, buni uslubda namoyon etadi. Aytaylik, A.Qahhorga xos jumla tuzish, A.Qahhorga xos rivoya, A .Qahhorga xos badiiy detallar funksionalligi, A.Qahhorga xos syujet qurilishi deya olishimizning boisi shundaki, bularning bari A.Qahhor uslubi bilan, uning ijodiy o ‘ziga xosligi bilan izohlanadi. Adabiy yo‘nalish tushunchasi biz yuqorida to ‘xtalgan hayotni badiiy aks ettirish prinsi plari, metod va uslub tushunchalari bilan bevosita bog'liqdir. Adabiy yo‘nalish badiiy tafakkur tarzi, metod va uslub kesishgan nuqtada yuzaga keluvchi tushunchadir. Gap shundaki, muayyan davrda yashagan bir qator ijodkorlar yaratgan ko'plab asarlarda tipologik umumiylik mavjud. Tipologik umumiylik hayot materialini tanlash, uni badiiy idrok qilish va baholash prinsiplarida, asarlam ing badiiy shakl xususiyatlari, uslubiy jihatlarida o ‘zini namoyon etadi. Uzluksiz adabiy jarayonning muayyan bosqichlarida kuzatiluvchi badiiy ijodning g'oyaviy-estetik tamoyillari asosidagi umumiylik adabiy yo'nalish haqida gapirish imkonini beradi. Adabiy yo'nalish adabiy jarayonning, badiiy tafakkur tarraqqiyotining muayyan bosqichini nazariy jihatdan um um lashtirish orqali uning m ohiyatini anglash im konini beruvchi muhim adabiy-estetik kategoriyadir. Shuni ham unutmaslik kerakki, tipologik umumiylik bir yo'nalishga mansub ijodkoming ham g'oyaviy, ham estetik jihatdan o'ziga xosligini inkor qilmaydi. Ya’ni bir yo'nalish doirasidagi asarlarda turlicha ideallarning, dunyoqarashning aks etishi tabiiy hodisadir. Masalan, romantizm yo'nalishiga mansub bo'lmish Bayron bilan Gyote asarlarida aynan bir xillikni izlash xato, ulardagi yaqinlik chuqur qatlamlarda, katta o'lchovdagina namoyon bo'ladi. Demak, bir adabiy yo'nalish doirasida turli oqimlar kuzatilishi mumkin. Zero, adabiy oqim adabiy yo'nalishning bir ko'rinishi, o'ziga xos bir varianti sanaladi. Adabiy yo'nalish va oqimdan farq qilaroq, adabiy maktab deganda, nazariy jihatdan anglangan ijodiy dasturiga ega bo'lgan, tashkiliy tuzilma sifatida shakllangan ijodkorlar guruhi tushuniladi. Masalan, XX asr boshlari rus adabiyotidagi futuristlar, akm eistlar shu xil maktab sifatida k o ‘rsatilishi m um kin. A d ab iy o tsh u n o slik d a ad ab iy y o ‘n a lish lar n i a jr a tis h d a turlichalik bor. Jum ladan, ayrim adabiyotshunoslar adabiy yo'nalish deganda, anglangan g‘oyaviy-estetik tamoyillarga, turli darajada amal qilinuvchi ijodiy dasturga ega bo‘lishlikni shart qilib q o ‘yadilar. Biroq bu xil yondashuv chalkashliklar keltirib chiqarishi, m ohiyatan bir xil adabiy hodisalami turli atam alar bilan nomlashni keltirib chiqaradi. Masalan, bu holda klassisizmni adabiy yo'nalish, romantizmni adabiyot taraqqiyotidagi bosqich deb ataladiki, bu unchalik maqbul emas. Biz adabiy yo‘nalishlarni Y.Borev qarashlaridan kelib chiqqan holda ajratishni maqbul deb bilamiz. Unga ko‘ra, o‘tmish adabiyotidagi (mifologik realizm, o ‘rta asrlar simvolizmi, uyg'onish davri realizmi, barokko, k lassisizm , m a ’r if a tp a r v a r lik r e a liz m i, s e n tim e n ta liz m , romantizm, tanqidiy realizm) hamda XX asr adabiyotidagi (realizm, sotsialistik realizm, syurrealizm , ekzistensializm ) yo'nalishlar ajratilishi mumkin. Download 75.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling