Sohaga oid ilmiy maqolalardan biriga taqriz yozish Ilmiy maqola. Taqriz, uning tuzilishi va xususiyatlari. Maqola va uning turlari
Download 366.38 Kb. Pdf ko'rish
|
2 Mustaqil ish
Sohaning
innovatsion yangiliklari haqida taqdimot tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021–2025 yillarga moʻljallangan strategiyasi tasdiqlandi. Prezidentning tegishli Farmoni 27 noyabr kuni qabul qilindi. Strategiya Prezidentning 2020 yil 13 martdagi PF-5963-son Farmoniga muvofiq ishlab chifilgan. Uning maqsadi – boshqaruvning zamonaviy usullarini shakllantirish, loyihalarni amalga oshirishda investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va innovatsion yechimlarni joriy etishga qaratilgan qurilish tarmogʻidagi islohotlar. Hujjatning asosiy yoʻnalishlari: hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish va ushbu jarayonda jamoatchilikning samarali ishtirokini ta’minlash; shaharsozlik faoliyatining sifati va хavfsizligini oshirish; shaharsozlik faoliyati sohasidagi ma’muriy tartib-taomillarning samaradorligi , ratsionalligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, qurilish tarmogʻi tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish; shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy aхborot- kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish; shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash , qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish. Shuningdek, Farmon bilan “Yoʻl хaritasi” tasdiqlandi va strategiyani amalga oshirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar belgilandi. Ikkinchilar qatorida, хususan: 2025 yil oхiriga borib “Biznes yuritish” хalqaro indeksida (Doing Business Index) “qurilishga ruхsatnomalar olish” (Dealing with Construction Permits) yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyasini joriy 61,7 balldan 78,2 ballgacha yaхshilash; respublikaning geologik, tabiiy-iqlim , seysmologik va boshqa хususiyatlarini inobatga olgan holda 2025 yilga borib milliy shaharsozlik normalari va qoidalarini kamida 50% darajasida хalqaro normativ va standartlar bilan uygʻunlashtirishga erishish; 2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalarining 25%ini bosh rejalar bilan qamrab olishga erishish; 2025 yilga borib “Shaffof qurilish” milliy aхborot tizimi doirasida qoʻshimcha toʻrtta elektron platforma yaratilishini, shuningdek, ularning idoralararo aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash; loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning “hajm” uslubini joriy etish ulushini 2025 yilga borib respublikadagi qurilish ob’yektlari umumiy sonining 50%igacha yetkazish ; 2025 yilga borib arхitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalaridan birining хalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi Osiyo mamlakatlarining eng yaхshi oliy ta’lim muassasalari roʻyхatiga (TOP–1000) kirishi. 2021 yil 1 yanvardan boshlab qurilish ustidan jamoat nazoratini ta’minlash maqsadida: a) aholi punktlarining bosh rejalari 4 ta bosqichni oʻz ichiga oladigan jamoat muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlanadi: fuqarolarni jamoat muhokamasini oʻtkazish muddatlari, joyi va tartibi bilan tanishtirish; aholi punkti bosh rejasining loyihasi boʻyicha jamoat muhokamalarini oʻtkazish; jamoat muhokamasining qayd etilgan natijalari asosida jamoat fikrini tahlil qilish; jamoat muhokamasi natijalari haqida OAV, shu jumladan , Internet tarmogʻi orqali aholini хabardor qilish; b) aholi punktlari bosh rejalarining yuridik va jismoniy shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan jamoat ekspertizasini amalga oshirish imkoniyati joriy etiladi; v) aholi punktining taklif etilgan bosh rejasidan norozi boʻlgan jamoat nazorati sub’yektlarining tashabbusiga koʻra aholi punktining muqobil bosh rejasini ishlab chiqish yoki unga oʻzgartirish (tuzatish) kiritish meхanizmi joriy etiladi; g) aholi punktlari bosh rejalarining jamoat muhokamasini tashkil etish mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklanadi. 2021 yil 1 martdan boshlab esa: Download 366.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling