Sohalarda kasbiy muloqot madaniyati va tildan foydalanish muhoratni oshirish bo’yicha ishlar qilish reja


Download 18.79 Kb.
bet1/5
Sana10.11.2023
Hajmi18.79 Kb.
#1761251
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sohalarda kasbiy muloqot madaniyati va tildan foydalanish muhora-fayllar.org


Sohalarda kasbiy muloqot madaniyati va tildan foydalanish muhoratni oshirish bo’yicha ishlar qilish reja

SOHALARDA KASBIY MULOQOT MADANIYATI VA TILDAN FOYDALANISH MUHORATNI OSHIRISH BO’YICHA ISHLAR QILISH

REJA:

1.Muloqotning kommunikativ tomoni - ma’lumotlar almashinuv jarayonidir.

2.Muloqotning verbal, noverbal, paralingvistik vositalari.

3.Muloqotning interaktiv tomoni.

4.Muloqotning perseptiv tomoni.

5.Muloqotda psixologik ta’sir masalalari.

6.Muloqotda nizoli xolatlar va shaxs toifalar
Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o`qish, o`yin, ijod qilish va boshqalar) o`zaro munosabat va o`zaro ta’sir shakllarini o`z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog`liqdir.
Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bo`lib, unga odam hayoti mobaynida o`rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi:
a) individlarning o`zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
ye) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni».


Download 18.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling