Sohaning texnologik o`lchashlari va asboblari


 Metrik tizimning joriy etilishi


Download 237.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana07.04.2023
Hajmi237.84 Kb.
#1338592
1   2   3
Bog'liq
Sohaning texnologik o`lchashlari va asboblari

3. Metrik tizimning joriy etilishi. 
 
Vaqt o‘tishi bilan savdo-sotiq va o‘zaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi 
mobaynida o‘lchovlarga aniqlik kiritish, yangilarini hosil qilish, o‘zaro solishtirish 
va qiyoslash usullari shakllanib, o‘nlab yangi va mukammalroq o‘lchash birliklari
hosil bo‘la boshlagan. Bu birliklarning o‘zaro bog‘liqligi masalalari esa tobora 
muhim ahamiyat kasb eta boshlagan. SHu bois olimlar bir asosiy kattalikning 
o‘lchash birligini boshqa asosiy kattalikning o‘lchash birligi bilan bog‘liqligini 
ta’minlash ustida bosh qotira borganlar. Bunda yana bir talab - kattalikning turli 
o‘lchovlarining qiymatlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik muayyan qonuniyat asosida 
bo‘lishini ta’minlash lozim bo‘lgan. Uzoq tadqiqotlardan so‘ng olimlar qadimgi 
Bobil davlatida qo‘llanilgan «o‘nlik tizimi»ga qaytishgan. Aynan shu tizim asosida 
metrik tizim ta’sis etilgan. 
Texnik aspektda esa o‘lchashlarning ahamiyati texnologik jarayonlarni 
boshqarish, mahsulotning yuqori sifatliligini ta’minlash, ob’ektni boshqarish, 
nazorat qilish bo‘yicha informatsiya hosil qilinishi bilan belgilanadi. 
O‘lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. Xalq 
xo‘jaligida, ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan murakkab tizimlarning yaratilishi 
o‘z navbatida xususan texnologik o‘lchashlar va o‘lchashlar texnikasining har xil 
sohalarini rivojlanishi istiqbolini ochib bermoqda. O‘lchash haqidagi fanning, ya’ni 
texnologik o‘lchashlarning rivojlanishi o‘z navbatida universitetimizda informatsion 
o‘lchash texnikasi va texnologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini 
avtomatlashtirish bo‘yicha nazariy texnologik o‘lchashlar bo‘yicha yangi o‘quv 
mutaxassisliklari yo‘nalishlarini ochilishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa albatta, 


deyarli hamma yo‘nalish mutaxassislarning texnologik o‘lchashlar bo‘yicha bilim 
va ko‘nikmalarini yuqori bosqichga ko‘tarishni taqazo etadi. SHu sababli ilgaridan 
qo‘llanib kelayotgan kam quvvatli, inertli asboblar sekin-asta juda tezkor, yuqori 
unumdorli asboblar bilan almashtirilmoqdaki, bu o‘lchash amalini bajarayotgan 
shaxslarning faoliyatini va albatta tabiiyki ularga qo‘yiladigan talabni ham 
o‘zgartirmoqda. 
Hozirgi 
kunda 
o‘lchash 
jarayonlarini 
avtomatlashtirilishi, 
kompyuterlashtirilishi va zamonaviy texnologiyalarning ishlatilishiga faqat 
programmalashtirilgan tizimga tayangan holda erishish mumkin. Zamonaviy 
texnologik o‘lchashlarning rivojlanishida murakkab empirik (tanlash, ilg‘ash) 
metodlarini, ehtimollik nazariyasiga tayangan holda statistik metodlarini 
qo‘llanilishi katta o‘rin tutmoqdaki, bu texnologik o‘lchashlarning ilmiy asoslarini 
tashkil etadi. 
Ilmiy tadqiqot o‘tkazishda yoki ishlab chiqarishda biror o‘lchashni amalga 
oshirish uchun, avvalo: 1) nima o‘lchanishi kerak yoki o‘lchash ob’ekti aniqlanishi 
kerak va u ob’ekt qanday fizik kattaliklar orqali xarakterlanadi; 2) qanday vosita 
yordamida o‘lchanadi, ya’ni talab etiladigan natijaga erishish uchun eng optimal 
variantli o‘lchash vositasini ishlatish zarur va nihoyat; 3) o‘lchash qanday aniqlikda 
olib borilishi zarur. Boshqacha qilib aytganda, dastavval o‘lchash masalasi aniq 
belgilanib olinishi kerak. 
O‘lchashlar sanoatning qaysi sohasida elektro-energetikadami, mexanika 
sohasidami, tibbiyot sohasidami, ilmiy izlanishdami va xokazo kattaliklarni o‘lchash 
aniqligiga qo‘yiladigan talablarni umumlashgan holda ma’lumotlar orqali berilishi 
mumkin. 
O‘lchashlarni yuqoridagi majmui albatta yuqori darajada tashkil etilgan va 
zamonaviy asboblar infrastrukturasi bilan jihozlangan milliy o‘lchash tizimi 
yordamida hamda o‘lchashlar birliligini, ularni ishonchliligini aniqligini ta’minlash 
shartlari bajarilishi bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Nazorat uchun savollar. 
 
1. Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari fani nimani o‘rgatadi? 
2. Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari fanining vazifasi nimalardan 
iborat?
3. O‘lchashlar haqidagi fanning tarixi qanday tavsiflanadi? 
4. Antik rivojlanish davri haqida gapirib bering. 
5. Metrik tizimning joriy etilishi haqida qanday tushunchaga egasiz? 
 

Download 237.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling