Sohasi va funktsional holatlari psixodiagnostikasi
Download 39 Kb.
|
3-MAVZU SHAXSNING EMOTSIONAL - MOTIVATSION
3-MAVZU: SHAXSNING EMOTSIONAL - MOTIVATSION SOHASI VA FUNKTSIONAL HOLATLARI PSIXODIAGNOSTIKASI Reja
1 .Shaxsning emotsional sohasi diagnostikasi. 2. Motiv va motivatsiya haqida tushuncha. 3.Motiv predmetining umumlashganlik mohiyati. 4. Shaxs motivatsiya sohasining psixodiagnostika metodlari. Tayanch tushunchalar: Motiv, motivatsiya, shaxsiy dispozitsiyalar, ehtiyoj, fiziologik ehtiyojlar, xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyojlar, munosabatda bo‘lish ehtiyoji, hurmatga sazovor bo‘lish ehtiyoji, bilish ehtiyojlari, estetik ehtiyojlar, o‘z imkoniyatlarini namoyon etish ehtiyojlari
Motiv - lotin tilidagi “movere” so‘zidan olingan bo‘lib, harakatga keltirish, harakatlantirish ma’nosini anglatadi. Motiv - subyekt ehtiyojlarining qondirilishi bilan bo‘g‘liq bo‘lgan faoliyatga undovchi turtki. Motiv muammosi D.N.Uznadze tomonidan o'rganilgan bo‘lib, uning mohiyatini tushuntirish, ustanovka nazariyasiga asoslangan. Shuning uchun motivni muallif subyekt faolligining manbai, deb tushuntiradi, motivatsiyani esa irodaviy aktga olib keluvchi bosqich deb hisoblaydi. ≪Motivatsiya≫ tushunchasi ≪motiv≫ tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya - inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: ≪nega?≫, ≪nima uchun?≫, ≪nima maqsadda?≫, ≪qanday manfaat yo'lida?≫ degan savollarga javob qidirish - motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi. Motivatsiya: Demak, “motivatsiya” deganda o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq psixologik holatlaming 3ta turi tushuniladi. 0 Birinchidan, motivatsiya faoliyatga undovchi turtki, deb qaralishi mumkin. Bu holda motivatsiya umuman faollik holati nima uchun vujudga kelishi, qanday ehtiyojIar subyektni faoliyatga undashini aniqlab beradi. В Ikkinchidan, motivatsiya xulq-atvor yonalishini tanlash sababi bo‘lib,inson shaxsi yo‘nalishini tashkil qiladi. 0 Uchinchidan, motivatsiya faoliyatni boshqarish vositasi hisoblanadi. Bu vositalarga - emotsiya, istak, mayllami kiritish mumkin.
Insonning xatti -harakatlarini belgilovchi barcha psixologik omillar
shaxsiy dispozitsiyalar deb ataladi. Barcha mavjud dispozitsiyalarning eng muhimi ehtiyoj hisoblanadi. Ehtiyoj - odam va hayvonlarning normal yashashi hamda rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarga muhtojlik holatidir. A.MASLOU tomonidan odam ehtiyojlarining shaxsiy rivojlanish davomida paydo bo'ladigan ehtiyoj lari ierarxiyasi taklif etilgan. Munosabatda bo’lish ehtiyoji Xavfsizlikka bo’lgan ehtiyoj Fiziologik extiyojlar •Fiziologik ehtiyojlar - Ochlik, tashnalik, jinsiy mayllar va boshqalar. •Xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyojlar - 0 ‘zini xavfsiz sezish, qo‘rquv va agressivlikdan xalos bo‘Iish. •Munosabatda boyish ehtiyoji - jamiyatda bo‘lish, odamlar orasida bo‘lish, ular tomonidan qabul qilinish. •Hurmatga sazovor bo‘lish ehtiyoji - kompitentlik, muvaffaqiyatga erishish, ma’qullash, tan olish. •Bilish ehtiyojlari - bilish, qila olish, tushunish, o‘rganish. •Estetik ehtiyojlar - garmoniya, simmetriya, tartib, go‘zallik. • 0 ‘z imkoniyatlarini namoyon etish ehtiyojlari - o‘z maqsadlari, qobiliyatlarini r’o‘yobga chiqarish. Motivatsiya turlari: Psixologiyada har xil faoliyat turlarida muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi nazariyasi ishlab chiqilgan. Uning asoschilari amerikalik olimlar -D.Makklelland, D.Atkinson va nemis olimi X.Xekxauzendir. Bu nazariyaga ko‘ra odamning muvatlaqiyatga yo nahiriigan faoliyat bilan bog'liq ikki motivi farqlanadi. • Muvaffaqiyatga motivlashgan odamlarga xos xususiyatlar: Oldilariga ijobiy maqsad qo'yadilar; muvaffaqiyatga ishonadilar; barcha imkoniyatlarini ishga soladilar, qat’iyatli bo‘ladilar, o‘zlarini adekvat baholaydilar, internallar. • MuvaffaqiytsizJikdan qochish motivatsiyasi ustun odamlarga xos xususiyatlar: Ular faoliyatidagi asosiy maqsad muvaffaqiyatsizlikka uchrab qolmaslik, boshidanoq ishonchsizlikni namoyon qiladilar, tanqiddan qo‘rqadilar, salbiy emotsiyalami boshdan kechiradilar, o‘zlarini noadekvat baholaydilar, eksternallar. Glossariy Motiv - subyekt ehtiyojlarining qondirilishi bilan bogiiq boigan faoliyatga undovchi turtki. Motivatsiya - Insonning ehtiyojlari qondirilishi bilan bog'liq bo‘lgan faoliyatga undovchi turtki Motivatsiya - Faollik nimaga yonaltirilganligini, nima uchun aynan mana shu xulq-atvor tanlanganligi sababi. Motivatsiya - Insonning o‘z xulq-atvori va faoliyatini boshqarishi vositasi sifatida qaralishi mumkin. Shaxsiy dispozitsiyalar - Insonning hatti-harakatlarini belgilovchi barcha psixologik omillar. Ehtiyoj - odam va hayvonlarning normal yashashi hamda rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarga muhtojlik holatidir. Fiziologik ehtiyojlar - ochlik, tashnalik, jinsiy may liar va boshqalar. Xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyojlar - o‘zini xavfsiz sezish, qo‘rquv va agressivlikdan xalos bo‘lish. Munosabatda bo‘lish ehtiyoji - jamiyatda bo‘lish, odamlar orasida boMish, ular tomonidan qabul qilinish Hurmatga sazovor bo‘lish ehtiyoji - kompitentlik, muvaffaqiyatga erishish, ma’qullash, tan olish. Bilish ehtiyojlari - bilish, qila olish, tushunish, o'rganish. Estetik ehtiyojlar - garmoniya, simmetriya, tartib, go'zallik. 0 ‘z imkoniyatlarini namoyon etish ehtiyojlari - o‘z maqsadlari, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish. Adabiyotlar: 1.Z.T.Nishonova va boshqalar. Psixodiagnostika. 0 ‘quv qo‘llanma. Т.: 2008 . 2.Z.T.Nishonova, Z.Qurbonova, S.Abdiyeva. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. 0 ‘quv qoMlanma. Т.: “Tafakkur bo'stoni” -2011.. 3.R.Y.Toshimov, E.G‘.G‘oziyev. Psixodiagnostika va amaliy psixologiya. 0 ‘quv qo‘llanma. Т.: TDPU - 2004. 4.hamohang . Psixodiagnostika. Т.: 2010. 5.E.G‘oziyev. Umumiy psixologiya. T.:2012. 6. Бодалев A.A., Столин В.В. Общая психодиагностика. М.: 2001
7. Немов Р.С. Психология. 3-книга. М.: 2003. 8. Романова Э.С. Психологическая диагностика, Спб.: 2005. Download 39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling