Sohaviy xizmat yozishmalari


Davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so'zsiz rioya etilishi, bu borada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko'rilgan chora-tadbirlar bo'yicha


Download 1.36 Mb.
bet2/10
Sana06.02.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1169092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sohaviy xizmat yozishmalari

Davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so'zsiz rioya etilishi, bu borada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko'rilgan chora-tadbirlar bo'yicha:
Jamiyatda buyruqlar, tashkilotlar va idoralararo ichki hamda tashqi yozishmalar, hujjatlar, hisob-kitob, statistika, fuqarolar murojaatlariga javoblar, yig'ilish bayonlari, yarim yillik, to'qqiz oylik hisobotlar, har chorakda o'tkaziladigan Hay'at yig'ilishi qarorlari, xizmat xatlari to'liq o'zbek tilida tayyorlanishiga erishildi. Faqat qo'shni respublikalar, yaqin va uzoq xorij mamlakatlari, xalqaro moliya institutlari, elchixonalar bilan yozishmalar rus, ingliz yoki boshqa xorijiy tillarda amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Jamiyat tizimidagi filiallarda barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan, peshlavhalar va boshqa ko'rgazmali axborot matnlari davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tayyorlanmoqda. Joylarda o'tkazilgan malaka oshirish kurslari, o'quv-seminarlarda ham dasturlar, ma'ruza matnlari, slaydlar davlat tilida tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari, maslahatchi tomonidan joriy yilning may oyida jamiyat tasarrufidagi Toshkent tibbiy-sanitariya qismida maqsadli o'rganish ishlari o'tkazildi. Xususan, u yerdagi ko'rgazmali materiallarning ayrimlari kirill alifbosida, ayrimlari lotin yozuvi asosidagi o'zbek alifbosida ekanligi ko'zga tashlandi. Tashkilot mansabdor shaxslarining lavozimlari yozilgan maxsus kartonlarda uchrab turadigan rus tilidagi tanishtiruvlar tanqidiy ko'rsatib o'tilgan edi. Tashkilot rahbari mas'ulligida zudlik bilan bu kamchiliklar bartaraf etildi va kelgusidagi faoliyatda hammasini bir xilda davlat tili – o'zbek tilida, lotin yozuvida tayyorlash bo'yicha zarur topshiriqlar berildi.


Sohada davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo'llab-quvvatlash, ilmiy asoslangan yangi so'z va atamalarni iste'molga kiritish, zamonaviy atamalarning O'zbekona muqobillarini yaratish bo'yicha:
Jamiyat tizimida davlat tilini rivojlantirishga oid tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash maqsadida elektr energiyasi sohasiga oid xalqaro so'z va atamalar, termin va nomlarning O'zbekcha muqobillari yaratilgan Energetika vazirligi doirasidagi ikki tilli terminologik lug'at, qo'llanma yoki Energetika sohasi atamalarining izohli lug'ati"ni ishlab chiqish va undan vazirlik tasarrufidagi respublika va tizim tashkilotlari ish faoliyatida – buxgalteriya hisobotlari, buyruqlar ilovalari, qaror, farmon va farmoyish loyihalari hamda boshqa tegishli hujjatlarni tayyorlashda foydalanishlarini yo'lga qo'yish borasida harakatlar olib borilmoqda. Xususan, bu borada hozirgi kunga qadar mavjud bo'lgan sohaviy lug'atlar bir-biri bilan solishtirilib chiqilmoqda.
Davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo'llab-quvvatlash, ilmiy asoslangan yangi so'z va atamalarni iste'molga kiritish, zamonaviy atamalarning O'zbekona muqobillarini yaratish bo'yicha takliflar kiritish yo'nalishida ham birmuncha harakatlar qilinmoqda. Xususan, ijtimoiy tarmoq sohalarida bu mavzuda oid bahs-munozaralarda ishtirok etib, tegishli takliflar bildirib kelinmoqda.
Shuni alohida aytib o'tish kerakki, ushbu tizimda ko'p yillardan buyon aksariyat hollarda rus tilida faoliyat yuritib kelingan. Ayni paytda bosqichma-bosqich barcha xat va hujjatlar davlat tilida tashkillashtirilmoqda. Bevosita rahbar huzurida davlat tilini rivojlantirish masalalarini ko'rib chiqish hamda qarorlar qabul qilish, shuningdek, boshqaruv raisining ma'naviy-ma'rifiy sohani va davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan buyruq, qaror va ko'rsatmalari ijrosini nazorat qilishda ham jonbozlik ko'rsatilmoqda.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling