Soibjon begmatov bastakorlar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
bastakorlar ijodi
Jo‘raxon Sultonov
(1893–1965) O‘zbekiston xalq hofizi, xushovoz xonanda, mohir sozanda, yetuk bastakor, xalq hofizi Jo‘raxon Sultonov 1893-yil Marg‘ilonning «Podsho Iskandar» mahallasida Sultonboy oshpaz Xudoynazarov oilasida dunyoga keldi. Otasi musiqa shaydosi, turli cholg‘ularning ijrochisi bo‘libgina qolmay, yaxshigina xonanda ham edi. Jo‘raxon Sultonov yoshlik chog‘laridan zamonasining yetuk xonandalari, qiziqchilari, so‘z ustalari, sozandalar ijrolarini eshitishga, xonishlaridan bahramand bo‘lishga imkoni bor edi. Yetuk hofiz Mamatbuva Sattorovdan katta ashula, mumtoz musiqa ijrochilik sirlarini o‘rganish bilan birga ularning ilmiy jihatlarini ham qunt bilan o‘rganishga urindi. Musiqiy ohang va ayniqsa, mumtoz adabiyotni o‘zlashtirishga katta e’tibor qaratdi. Farg‘ona vodiysining Erka Qori, Hamroqul Qori, Sodirxon Hofiz, Madumar Hofiz, Zebo Pari, Mulla To‘ychi Hofiz, Hoji Abdulaziz Abdurasulov kabi ustoz san’atkorlar ijro uslublarini o‘zlashtirdi. Ularning an’analarini munosib idroklab, zamonasiga xos, vodiy an’anasiga mos o‘z ijro uslubini yaratishga muyassar bo‘ldi. 63 Jo‘raxon Sultonov ijro uslubining negizida, mumtoz ashulalarning yovvoyi uslubdagi (usul erkinligida) talqini yotadi. Uning xarakterli jihatlari bastakorlik ijodida ham o‘z ifodasini topgan. Ijodkor bastakorlik faoliyatida ko‘proq mumtoz musiqaning murakkab hisoblangan talqin, nasr va savt yo‘llarida erkin rivoj topadigan asarlar yaratgan. Mumtoz usullar asosida yaratgan asarlarining xarakterli tomonlari uning «Bo‘lmasa», «Guluzorim qani», «Bir kelsun», «Naylayin», «Oh kim», «O‘lmasun» kabi asarlarida mu- jassamdir. Qayd etish joizki, bastakor o‘z uslubini ifoda etishda maqom sho‘balarining tuzilish tarkibi qiyofasidan kelib chiqib, katta ashulaning tarkibiy tuzilishi hamda kuy rivoji xususiyatlariga aso- slanib shakllantirgan. Jo‘raxon Sultonovning ijro uslubiga xos bo‘lgan jihatlardan biri, bu aniqlik, shiddat va maqsadni tez belgilab olishdir. Shu bois mu- hammas shakli asosida tarkib topgan asarning birinchi misrasining talqinida kuyning barcha pog‘onalari (diapazoni) qamrab olinadi. Katta ashulaga xos bo‘lgan asar matnlarini kuylash, asosan, badiiy nutqqa yaqinroq tarzda amalga oshiriladi. Jo‘raxon Sultonov ijodidan o‘rin olgan asarlar, uch muhim aha- miyatga egadir. Birinchidan – erkin ijroga xosligi; ikkinchidan – badihaviylikka moyilligi va uchinchidan – ma’lum usul va vaznga asoslanganligidir. Jo‘raxon Sultonov ijodining yana bir muhim tomoni – erkin tal qinning cholg‘u bilan uyg‘unligini ta’minlab berishda namoyon bo‘ladi. Bunga yorqin misol bastakorning Muqimiy g‘azaliga bitgan «Ul mahliqo kelsun» ashulasidir. 12-misol: Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling