?SolidWorks dasturi bu
Axborot texnologiyalari bu
Download 1.74 Mb.
|
Informatika shpargalka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikrosxemalarda axborotni yozish va saqlash imkonini beruvchi energiyaga bog’liq bo’lmagan xotira turi
- Axborot kommunikatsion texnologiyasi nechta segmentga bo’linadi Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari
1.Axborot texnologiyalari bu -axborot texnologiyasining texnika – uskunaviy
vositalari orqali axborot bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi. Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning yeng muhim omillaridan biri bo’lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha bosqichlarni bosib o’tdi. 1 – bosqich. XIX asirning 2 – yarmigacha davom yetgan. Bu bosqichda «qo’llik» axborot texnologiyalari taraqqiy yetgan. Uning vositasi pero,siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya ya’ni aloqa odamdan – odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan. 2 - bosqich. XIX asirning oxiri, unda «mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat. 3 – bosqich. XX asirning boshlariga mansub bo’lib, «yelektromexanik» texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositasi sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o’zgardi. Unda asosiy urg’u axborotni tasvirlash shaklidan uning mazmunini shakllantirishga ko’chiliriladi. 4 – bosqich. XX asir o’rtalariga to’g’ri kelib, «yelektron» texnologiyalar qo’llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyaning asosiy vositasi YEXM lar va ularning asosida tashkil yetiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir. 5 – bosqich. XX asirning oxiriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda kompyuter texnologiyalari taraqqiy yetdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo’ljallangan turli dasturiy vositalarga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo’ljallangan texnik vositalarning o’zgarishi ro’y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi. 2. Mikrosxemalarda axborotni yozish va saqlash imkonini beruvchi energiyaga bog’liq bo’lmagan xotira turiKeyingi tashqi xotira qurilmasi bu – elektr saqlash qurilmasidir. Bu xotira qirilmasida ma'lumotlar, mikrosxemalar orqali yaratilgan va programmalashtirilgan xotirada saqlanadi. Bunga misol, flesh-xotiralardir(fleshka). Bu qurilmalar kompyuterga USBport orqali ulanadi. Qurilmaning o'lchamlari kichik va hajmi hozirgi kunda 64 Gb dan ham oshdi. Bu qurilmaning asosiy parametri hajmidan tashqari ma'lumotlarni o'qish va yozish tezligi hisoblanadi. Ma'lumotlarni yozish va o'qishda hech qanday dasturlarning keragi yo'q va ishlatish juda soddadir. Flesh xotiralarni sotib olishda pulingizni ayamasdan o'sha paytdagi eng katta hajmliligini sotib olavering, sababi bu xotira qurilmasi juda katta tezlikda o'z hajmini kattalashtirib yubormoqda. 3. Axborot kommunikatsion texnologiyasi nechta segmentga bo’linadi? Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari – ob’yektning (axborot mahsulotining) holati, jarayon yoki voqeaning Yangi xususiyati to’g’risida axborot olish uchun ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari majmuidan foydalaniladigan jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi – inson yoki tizimning ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish sanaladi. Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalarining maqsadi esa – axborot ishlab chiqarish bo’lib, uni tahlil etish va uning asosida biror ‒ bir harakatga qo’l urish uchun tegishli qaror qabul qilish. Ma’lumki, bitta va faqat o’sha moddiy resursga nisbatan har xil buyum yoki mahsulot olish mumkin. Axborotlarni qayta ishlash texnologiyasiga nisbatan ham Shunday bahoni bersa bo’ladi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling