Soliq huquqi


Mavzu uchun tarqatma materiallar


Download 409.63 Kb.
bet14/106
Sana22.06.2023
Hajmi409.63 Kb.
#1649399
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106
Bog'liq
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.

Mavzu uchun tarqatma materiallar.
1. «Atlant» MCHJ «Chilonzor buyum bozori” hududida chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanadi. 2014-yil 20-mayida korxonaga davlat soliq xizmati organlari vakillari kelishdi va «Atlant» MCHJga nisbatan savdo qoidalariga rioya qilishni tekshirish bo‘yicha qisqa muddatli tekshiruv tayinlanganini e’lon qilishdi. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari qisqa muddatli tekshiruvni tayinlash bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarining qonun hujjatlarida vakolat berilgan bo‘linmasi boshlig‘ining buyrug‘ini taqdim etishdi. Ammo «Atlant» MCHJ xodimlari tekshiruvchilarni nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori mavjud.
bo‘lmaganligi sababli tekshiruv o‘tkazish uchun qo‘ymadilar.
Vaziyatga huquqiy jihatdan baho bering.
2. Chilonzor tuman davlat soliq inspeksiyasi “Lola” xususiy korxonasining xo‘jalik-moliya faoliyatini tekshirishdan o‘tkazdi. Tekshiruv davomida davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari firma buxgalteridan ayrim hisobot hujjatlari va shartnomalarning aslini talab qilishdi. Biroq direktorning yo‘qligi sababli tekshiruvchilar mazkur hujjatlarni olishmadi. Soliqchilar firma ofisida o‘tirib ishlashini va direktorni kutib turishini aytishdi. Direktor faqatgina 23.20 da kelishdi va shunda tekshiruvchilar o‘zlarining qarorlari asosida hisobot hujjatlari va shartnomalarning aslini olib qo‘yishdi. O‘sha joyning o‘zida tekshiruvchilar va firma direktori tomonidan imzolangan bayonnoma tuzishdi. 10 kundan keyin tekshiruvchi mansabdor shaxslar “Lola” XK direktoriga soliq tekshiruvi hujjatini topshirishdi. Ushbu hujjat asosida Chilonzor soliq inspeksiyasi 3 600 000 so‘m to‘lanmagan soliq va tovarlarni realizatsiya qilishni kamaytirib ko‘rsatganlik uchun 2 000 000 so‘m miqdorida jarima to‘lash to‘g‘risida qaror chiqaradi. “Lola” XK Toshkent shahar xo‘jalik sudiga Soliq inspeksiyasi tomonidan hujjatlarni olib qo‘yish tartibini buzganlik uchun qarorni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga murojaat qilgan.
Vaziyatga huquqiy tavsif bering.


Download 409.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling