Soliq huquqi
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
Soliq stavkasi. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining stavkalari har yili keyingi moliya yil uchun tasdiqlanadigan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida belgilanadi.
Jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyati uchun berilgan yer uchastkalaridan soliq yuridik shaxslar uchun tasdiqlangan stavkalar bo‘yicha undiriladi. Jamoaviy va shaxsiy garajlar band etgan yer uchastkalari uchun jismoniy shaxslardan soliq yakka tartibdagi uy-joy quriladigan yerlar uchun tasdiqlangan stavkalar bo‘yicha undiriladi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘ini hisoblab chiqarishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida belgilangan bazaviy stavkalar belgilangan normativlar doirasida yer uchastkalariga nisbatan qo‘llanadi, belgilangan normativlardan yuqori yer uchastkalari uchun bazaviy stavkalarga esa oshiruvchi koeffitsiyent - 1,5 qo‘llanadi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘ini hisoblab chiqarish maqsadida yer uchastkalarining quyidagi normativlari qo‘llanadi: Toshkent sh., Nukus sh. va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar - 0,06 ga; boshqa aholi punktlari (dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno) - 0,1 ga. Davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan yer uchastkalari maydoni yer berish to‘g‘risida davlat hokimiyati organlarining qarori, yerga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqi uchun davlat dalolatnomasi, yerni ijaraga olish shartnomasi, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan boshqa hujjatlarga ko‘ra belgilanadi. Soliq kodeksining 121-moddasiga muvofiq yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanish yer solig‘ining summasiga ekvivalent miqdorda: yuridik shaxslarga – ikki baravari miqdorida; jismoniy shaxslarga – bir yarim baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling